13-Amaliy mashg`ulot: Quruvchi bakalavrlar tayyorlashda tanlov fanlarning roli va ahamiyati


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1043461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-amaliy mashg`ulot (3)

Gidroizolyatsiya o’rama materiallardan yoki mastikalardan hosil qilinadi. 
Suv tez oqib ketishi uchun tomga ma’lum nishablik beriladi. Tom nishabligiga 
bog’liq ravishda tom materiallari, qatlamlarning zaruriy soni tanlanadi (1.3-rasm). 
Grafikdan har bir turdagi tom materiali uchun maqbul nishablikni aniqlash mumkin. 
1.3- rasm Tom nishabligining tom qoplamasi materialiga bog’liqlik grafigi 
1-taxtachalar; 2-cherepitsa, asbesttsement varaqlar; 3-to’rt qatlamli o’rama materialli 
tom qoplamasi; 4-uch qatlamli o’rama materialli tom qoplamasi; 5-himoya qatlamisiz 
tom qoplamasi; 6-ikki qatlamli o’rama materialli tom qoplamasi; 7-unifikatsiyalangan 
to’lqinsimon asbesttsement varaqlar; 8-cherepitsa; 9-kuchaytirilgan profilli 
asbesttsement varaqlar; 10-po’lat varaq; 11-oddiy profilli asbesttsement varaqlar. 
Tom nishabligi 2,5% gacha bo’lganda o’rama materiallar to’rt qatlam qilib
foydalaniladigan tomlarda besh qatlam qilib olinadi. Tom to’shamasi sirtida 20mm 
qalinlikda antiseptik mastikali himoya qatlami hosil qilinadi. 
Nishablik, grad 
N
is
h
ab
lik,
%


 Tom nishabligi 2,5...10% bo’lganda o’rama materiallar uch qatlam qilib 
to’shaladi. Tom qiyaligiga bog’liq ravishda tom qoplamasi ikki qatlamli va xatto bir 
qatlamli ham bo’lishi mumkin. 
Eriydigan qatlamli o’rama materiallar tom nishabligi 0...1,5% bo’lganda uch 
qatlam, nishablik 2% bo’lganda ikki qatlam qilib olinadi. Bunda ostki qatlam uchun 
changsimon sochma qatlamli material, ustki qatlam uchun yirik donador sochma 
qatlamli material ishlatiladi.
Nishablik katta bo’lgan hollarda tom qoplamasini yirik donador sochma 
qatlamli materialdan bir qatlam qilib olishga ruxsat etiladi. 
SHisha mato bilan simlanadigan mastikali tom qoplamasi nishablik 2,5% gacha 
bo’lganda to’rt qatlamli, 2,5...10% bo’lganda uch qatlamli qilib olinadi. Tom 
nishabligi 10...25% bo’lganda ikki qatlam qilib olishga ruxsat etiladi. Bunda tom 
qoplamasi sirtida bitumli yoki bitum-rezinali mastikaga mayda toshlarni sochish yo’li 
bilan himoya qatlami hosil qilinadi. 
To’lqinsimon asbesttsement listlar (shifer) nishabligi katta bo’lgan (28% gacha) 
chordoqli tomlarda qo’llaniladi. 
CHerepitsalar qo’llanilganda tomning nishabligi kamida 33% bo’lishi kerak. 
Keyingi paytlarda tom qoplamasi sifatida metall cherepitsalar ham qo’llanila 
boshlandi. 
 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling