1.1- rasm. Tom qoplamalarining turi va
elementlari
a - po’lat varaqli; b,v - tekis
asbesttsement varaqlardan; g - o’rama materialli; d -
cherepitsali; ye - to’lqinsimon asbesttsement varaqlardan; 1 - suv qabul qiluvchi
voronka; 2- tarnov; 3 - tarnov o’stirmasini tutib turuvchi po’lat element (kostil); 4 -
devorli tarnov; 5 - kartina; 6
- tik faltslar; 7 - yotiq faltslar; 8 - yog’och panjara
(obreshetka); 9 - chordoq to’sini (stropila); 10
- mauerlat; 11 - ilmoq; 12 - qo’sh tik
falts; 13, 16 - asbesttsement varaqlar; 14 - o’rama materialli tom qoplamasi; 15 -
cherepitsa
Tom ishlari texnologiyasida quyidagi atamalar ishlatiladi:
Tom yopmasi – xonalarni tashqi iqlim ta’siridan
himoyalovchi, binoning yuqorisida
joylashgan to’siq (o’rovchi konstruktsiya).
Tom qoplamasi – binoni atmosfera yog’ingarchiliklaridan himoyalovchi, tom
yopmasining ustki elementi.
Tom qoplamasi osti asosi – suvdan himoyalovchi
qatlam yopishtiriladigan, issiqlik
izolyatsiyasi ustida hosil qilingan tekislovchi qatlam sirti. Donador materialli tomlarda
bu vazifani shu materiallarni mahkamlash uchun tayanch bo’lib xizmat qiladigan
progonlar va obreshetkalar bajaradi.
Gidroizolyatsiyalovchi asosiy to’shama – mastika bilan yopishtiriladigan o’rama
materiallar qatlami yoki shisha materiallar bilan
simlanadigan mastika qatlami; bu
qatlamlar tom qoplamasi osti asosiga ma’lum ketma-ketlikda bajarish yo’li bilan hosil
qilinadi.
Gidroizolyatsiyalovchi qo’shimcha to’shama – asosiy to’shamani kuchaytirish
maqsadida tom yendovasi, karnizi va devorlarga tutash qismlarida
hosil qilinadigan
o’rama materiallar yoki mastika qatlamlari.
Himoya
Do'stlaringiz bilan baham: