13-mavzu: hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar reja
Download 103.81 Kb.
|
Hujayraga signal transduktsiya tizimlari haqida asosiy ma’lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adenilattsiklaza va sAMP
Effektor molekulalar
Hujayra signal sistemasida hujayra ichi signal uzatuvchilari (tashuvchi)ni hosil bo’lishiga olib keluvchi molekulalar effektor molekulalar deyiladi. Retseptorlar G – oqsil bilan bog’lanib, bir qancha effektor molekulalari masalan, adenilattsiklaza (ATs), fofolipaza S (PL C), fofolipaza A2 (PLA2), cGMP-spetsifik fosfodiesteraza va bir qancha ion kanallari kabilarga signalni uzatadi. Adenilattsiklaza va sAMP sAMP birinchi marta 1957 yilda Sazerlend tomonidan aniqlangan. U yangi tug’ilgan kalamush gepatotsitlariga noradrenalin va glyukagon ta’siri qizdirishga chidamli bo’lgan past molekulyar birikmalar orqali amalga oshishini amalda tasdiqlab berdi. Keyinchalik aniqlanishicha kalamushlarning 6 kundan 60 kungacha bo’lgan o’sish va rivojlanishida jigarda β retseptorlar ekspressiyasi kamayib, α1-retseptorlar ortadi. Biroq, jarayonning molekulyar asoslari faqatgina 1990 yillarda ma’lum bo’ldi. Hozirda bizga ma’lumki, voyaga etgan kalamushlarda glyukagon yoki adrenalin signali fosfolipaza S bilan bog’langan retseptorlar orqali amalga oshadi. Gormonlar tomonidan boshqariluvchi adenilattsiklazalar plazmatik membranada joylashgan integral oqsillar hisoblanadi. ATs fermentining shuningdek, eruvchan turlari ham ma’lum. Bunga, sutemizuvchilar sperma hujayralari va bakteriyalarni keltirish mumkin. ATs – mol.massasi 110 dan 180 kD gacha bo’lgan, 1064 tadan 1248 tagacha aminokislotadan tashkil topgan glikoprotein hisoblanadi. Polipeptid zanjiri 12 ta gidrofob transmembranaviy domenlardan iborat (6x2, 20 – 22 tadan aminokislota qoldig’i) bo’lib, membranada kanalga o’xshash struktura hosid qiladi. Biroq ATs hech qanday kanal faoliyati kuzatilmagan. Gidrofob domenlari 2 ta guruhga birlashgan (har birida 6 tadan). Bu guruhlar oralig’ida tsitoplazma tomonidan polipeptid zanjiri fragmenti (43 kD) birikkan. Tashqi tomondan bu uchastkalar uncha katta bo’lmay N-glikozilirlanish uchun mo’ljallangan joylarga ega. N va C uchi tsitoplazmatik tomonda joylashgan. Katta domen (38 kD) S-uchi tomonida joylashgan. ATs ning ATF-bog’lovchi qismi R-saytdagi mutatsiyalarni modellashtirish va analiz qilish metodi yordamida aniqlangan. Ma’lum bo’lishicha, S2-domendagi Lys-923 va Asp-1000 ATR adenin halqasining N1 va N6 uchlari bilan , S1-domendagi Gln-417 esa Lys-923 ning orientatsiyasida ishtirok etar ekan. Mg2Q-bog’lovchi qismi ikkita Asr qoldig’ini tutadi. Gs-oqsilning α-subbirligi va SaKM ATs aktivatorlari hisoblanadi. Gs-oqsilning α-subbirligi bilan kompleks hosil bo’lishi natijasida ATs faollashadi. β-adrenergik retseptorlar ATs faollashtirsa, α2-adrenergik retseptorlar uni ingibirlaydi.β-retseptorlar stimullovchi Gs oqsil orqali ta’sir etsa, α2-retseptorlar Gi-ingibirlovchi oqsili orqali ta’sir ko’rsatadi. Gs va Gi oqsillari bir xil βγ-kompleks tutadi, lekin α-subbirliklari jihatdan farq qiladi. Faollangan α2-adrenergik retseptor Gi oqsil bilan ta’sirlashadi va α-subbirlikdagi guanil nukleotidlarini bog’lovchi markazdagi GDP ni GTPga almashinishiga olib keladi. Bunda, α-subbirlik βγ-kompleksdan ajralib ketadi va har ikkala subbirliklar ATsni ingibirlashda ishtirok etadi. Ya’ni α-subbirlik bevosita ATs faolligini to’xtatsa, βγ-subbirlik erkin holdagi α-subbirliklarini o’ziga bog’lab olish orqali ularning ATsni faollashtiruvchi ta’sirini kamaytiradi. Download 103.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling