18 – 03 Транспорт воситаларини ишлатиш ва таoмирлаш


Download 419 Kb.
bet11/11
Sana06.05.2023
Hajmi419 Kb.
#1435027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Маъруза. Текис параллел харакат

4- masala. To’g’ri chiziqli rels ustida dumalab harakatlanayotgan g’ildirakning markazi C nuqtaning tezligi o’zgarmasdan qolsa, shu g’ildirak gardishidagi nuqtaning tezlanishi topilsin (170 shakl).
Echish. Masalaning shartiga ko’ra vC=const bo’lgani uchun aC=0 bo’ladi, shu sababli C nuqta g’ildirakning oniy tezlanishlar markazi hisoblanadi. Oniy tezliklar markazi g’ildirakning rels bilan tutashgan P nuqtasida bo’ladi. Demak, g’ildirak uchun:
w=vC/PC=vC/R=const, e=dw/dt=0, tgm=e/w2=0, m=0,
natijada (66) formulaga asosan,
aM=MC×w2=(vC)2/R,
Shunday qilib, g’ildirakning gardishida joylashgan ixtiyoriy (shu jumladan oniy tezliklar markazi P) nuqtaning tezlanishi /R -ga teng bo’lib, o’sha nuqtadan boshlanib g’ildirakning markaziga qarab yo’naladi, chunki m=0 ga teng. Shuni eslatib o’tish lozimki bu tezlanish M nuqtaning normal tezlanishi bo’lmaydi. Haqiqatdan ham, M nuqtaning tezligi RM chiziqqa perpendikulyar ravishda yo’nalgan bo’ladi (61 masalaga qarang). U holda M nuqtaning traektoriyasiga o’tkazilgan urinma - Mt, MD chiziq bo’ylab yo’nalgan bo’ladi va bosh normal -Mn o’q esa MR - chiziq bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Shuning uchun va bo’ladi.


140- shakl.
5- masala. Krivoship OA qo’zg’almas O o’q atrofida o’zgarmas wOA - burchakli tezlik bilan aylanma harakat qilmoqda (140- shakl). Agar OA=r va AB=l bo’lsa shu mexanizmning Ð BOA=90° bo’lgan holatidagi polzunning tezlanishi va AB shatunning burchakli tezlanishi aniqlansin.
Echish. Shakldagi holatda shatunning barcha nuqtalarining tezliklari bir xil bo’lib, vA-ga teng bo’ladi. Shu sababli oniy tezliklar markazi cheksizlikda yotadi va wAB=0 bo’ladi. U holda tgm=eAB/(wAB)2 va m=90° (eAB¹0) bo’ladi. [Aks holda (60) va(9.6) formulalar orqali va bo’ladi, bu esa mumkin emas chunki bu vektorlar o’zaro perpendikulyar yo’nalganlar].
A nuqtaning tezlanishi aA= =r×(wOA)2 ga teng bo’lib, AO chiziq bo’ylab yo’naladi. B nuqta to’g’ri chiziq bo’ylab harakat qilgani uchun, uning tezlanishi OB chiziq bo’ylab yo’naladi. 139- shakldan ko’rinib turibdiki, AB shatundagi ixtiyoriy M nuqtaning tezlanishi MQ chizig’iga m burchak ostida yo’naladi. Hozirgi holda m=90°; demak, AQ va BQ chiziqlar va -vektorlarga perpendikulyar bo’lishi kerak. A va B nuqtalardan shu perpendikulyar chiziqlarni o’tkazib Q nuqtaning o’rnini aniqlaymiz. So’ngra (9.14) formulaga asosan proportsiyalar tuzamiz, ya’ni aB/BQ=aA/AQ, bu erda BQ=r, AQ= natijada,

AB shatunning ixtiyoriy boshqa M nuqtasining tezlanish vektori - , MQ chiziqqa perpendikulyar yo’nalgan bo’ladi (m=90°). Modul aM - esa (14.9) formuladan aniqlanadi.
Shatunning eAB -burchakli tezlanishi esa, aB=BQ×eAB formula orqali aniqlanadi, u esa (13.5) formulaga wAB=0 ni qo’yish orqali aniqlanadi. Natijada,






Download 419 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling