18 – 03 Транспорт воситаларини ишлатиш ва таoмирлаш


-Ma’ruza Мavzu: Qattiq jismning tekislikka parallel harakati


Download 419 Kb.
bet7/11
Sana06.05.2023
Hajmi419 Kb.
#1435027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Маъруза. Текис параллел харакат

9-Ma’ruza
Мavzu: Qattiq jismning tekislikka parallel harakati.

  1. Tekis shakl nuqtalarining tezlanishlarini aniqlash. Tezlanishlarning oniy markazi.

Reja:

  1. Tekis shakl nuqtalarining tezlanishlarini aniqlash.

  2. Tezlanishlarning oniy markazi.

ga "Tekislikka parallel harakat: chiziqli tezlanishlar:"
14.1 § Tekis shakl nuqtalarining tezlanishlarini aniqlashga "Tekislikka parallel harakat: chiziqli tezlanishlar:"
Tekislikka parallel harakatdagi qattiq jismning ixtiyoriy nuqtalarining tezlanishlari (tezliklari kabi), jismning qutb bilan birgalikdagi ilgarilanma harakatdagi va qutb atrofidagi aylanma harakatida oladigan tezlanishlarning vektor yig’indilaridan iborat bo’lishligini ko’rib o’tamiz.
Tekislikdagi harakatdagi jismning M nuqtasini Oxy o’qlardagi holati (132-shakl) radius vektor orqali ifodalanadi. Bu erda , u holda M nuqtaning tezlanishi,

Ushbu tenglamaning o’ng tarafidagi birinchi yig’indi A nuqta (qutb)ning tezlanishi, ikkinchi yig’indi esa M nuqtaning A qutb atrofidagi aylanishidan oladigan tezlanishdan iborat . Demak,
(14.1)
-tezlanishning son qiymati, qattiq jismning qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakatida oladigan tezlanishidan iborat bo’lib,12.3§-dagi (12.13) va (12.14) formulalar orqali aniqlanadi:
aMA=MA , tgm=e/w2 (14.2)
bu erda w va e - jismning burchakli tezligi va burchakli tezlanishi[5], m -esa vektor bilan MA kesma orasidagi burchak (132- shakl).


132- shakl
Shunday qilib, tekislikdagi harakatdagi jismning ixtiyoriy M nuqtasining tezlanishi, qutb deb tanlab olingan birorta A nuqtaning tezlanishi va jismning shu A - qutb atrofidagi aylanishidan hosil bo’ladigan tezlanishlarning geometrik yig’indisidan iborat bo’lar ekan. - vektorning moduli va yo’nalishini tegishli parallelogramm qurish orqali aniqlaniladi (132-shakl).
Ammo aM -tezlanishni parallelogramm qurish orqali 132-shakldagi kabi aniqlashda, ancha murakkab amallarni bajarishga olib keladi, masalan, m -burchakni oldindan hisoblash, so’ngra va -vektorlar orasidagi burchakni aniqlash kerak bo’ladi. Shu sababli -vektorni ikkita tashkil etuvchilarga ajratib yuboriladi, ya’ni -urinma va -normal tezlanishlari, ya’ni (13.5) tenglik quyidagi ko’rinishga keladi,
(14.3)


133- shakl
Vektor -AM kesmaga perpendikulyar bo’lib, tezlanuvchan harakatda aylanish tomoniga, sekinlanuvchan harakatda esa, aylanishga teskari tomonga yo’naladi, - vektori har doim M nuqtadan A nuqtaga qarab yo’nalgan bo’ladi (133- shakl). Ushbu tezlanishlarning modullari esa,
=AM×e, =AM×w2 (14.4)
Agar qutb A egri chiziqli harakatda bo’lib, uning traektoriyasi ma’lum bo’lsa, u nuqtaning tezlanishini urinma - va normal - tashkil etuvchilarga ajratib yuborgan mahqul bo’ladi, u holda
(14.5)
Va nihoyat, agar M nuqta egri chiziq bo’ylab harakatlanib, uning traektoriyasi ma’lum bo’lsa, u holda (14.3) -(14.5) tenglamalarning chap tarafdagi -vektorni ham ikkita tashkil etuvchi vektorlarning yig’indisi + -dan iborat deb hisoblash mumkin bo’ladi. Masalalarni echishda amalda (14.3)-(14.5) formulalardan ko’proq foydalaniladi.
Masalalar echish. Agar: 1) shaklning shu ondagi A nuqtasining tezligi- va tezlanishi- ma’lum bo’lsa; 2) shaklning boshqa birorta B nuqtasining traektoriyasi ma’lum bo’lsa, bu shaklning ixtiyoriy nuqtasining shu ondagi tezlanishini aniqlash mumkin. Bahzi hollarda ikkinchi nuqtaning traektoriyasi o’rniga jismning oniy tezliklar markazining joylashgan nuqtasi (o’rni) berilishi ham mumkin.
Jism (yoki mexanizm)ning qaysi holati uchun uning nuqtalarining tezlanishlarini aniqlash lozim bo’lsa, uni xuddi o’sha holatda tasvirlash kerak. Hisoblashni qutb deb tanlab olingan nuqtaning tezlik va tezlanishlarini aniqlashdan boshlash lozim. Keyingi hisoblash ishlarini quyidagi masalalarni echish orqali tushuntirib boramiz. Qo’shimcha ko’rsatmalar kerakli, joylarda berib boriladi.


134-shakl
1- masala. To’g’ri chiziqli rels ustida dumalab ketayotgan (134- shakl) g’ildirakning O markazining shu ondagi tezligi vO=1m/s, tezlanishi esa aO=2m/c2. G’ildirakning radiusi R=0,2 m. OP -ga perpendikulyar bo’lgan AB diametrning oxiridagi B nuqtaning tezlanishini va oniy tezliklar markazi bo’lgan P-nuqtaning tezlanishi aniqlansin.
Echish. 1) O nuqtaning tezligi - vO va tezlanishi- aO ma’lum bo’lganligi sababli, bu nuqtani qutb deb tanlab olamiz.
2) w-n i a n i q l a sh. G’ildirak bilan relsning tutashgan nuqtasi oniy tezliklar markazi bo’ladi; shu sababli g’ildirakning burchakli tezligi,
w=vO/PO= vO/R, (a)
w -ning yo’nalishi -ning yo’nalishiga bog’liq holda aniqlanadi, uning yo’nalishi chizmada yo’g’on strelka orqali ifodalangan.
3) e -n i a n i q l a s h. (a) tenglikdagi PO=R qiymat g’ildirakning ixtiyoriy holatida ham har doim o’zgarmas bo’lganligini e’tiborga olib, undan vaqt bo’yicha bir marta hosila olsak,
yoki (b)
w va e -larning ishoralari bir xil ekanligidan, harakat tezlanuvchan ekanligi aniqlandi.
Burchakli tezlanishga "Qattiq jism harakati: qо’zg’almas о’q atrоfida: burchakli tezlanish:" e -ni aniqlashda faqat (a) formuladagi RO=const bo’lgan hollardagina (b) formula orqali aniqlanadi.
E s l a t m a l a r:.
a) masalaning shartida vO=1m/s bo’lganligi uchungina vO=const deb hisoblash noto’g’ri bo’ladi. vO -ning qiymati faqat shu on uchun berilgan, keyingi daqiqada uning qiymati o’zgarishi mumkin, chunki aO¹0.
b) hozirgi holatda dvO/dt=aO, chunki O nuqta to’g’ri chiziqli traektoriya bo’yicha harkatlanmoqda. Umumiy holda bo’ladi.
4) va -larni aniqlash. O nuqtani qutb deb tanlab olganligimiz sababli, (14.3) formulaga asosan,
(c)
(a) va (b) -lardan foydalanib, BO=R ekanligi
=BO×e=aO=2m/s2 va =BO×w2= /R=5 m/s2 (g)
Shaklda B nuqtani alohida ko’rsatamiz (masshtabni inkor qilgan holda) va -vektorni tashkil etuvchi vektorlarni, nomma-nom: -vektorni (O nuqtadan parallel ravishda ko’chiramiz), -vektorni (harakat tezlanuvchan bo’lgani uchun, harakat tomonga yo’naltiramiz) va -vektorni (har doim B nuqtadan O qutbga yo’naltiramiz).
5) aB - n i h i s o b l a s h. Bx va By o’qlarini o’tkazib, quyidagilarni aniqlaymiz,

Download 419 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling