2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja
Soliq imtiyozlari, umuman, soliq hajmini belgilashda korxonalarni ikki guruhga
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bunda uch xil to‘lov tayinlangan
Soliq imtiyozlari, umuman, soliq hajmini belgilashda korxonalarni ikki guruhga
ajratish maqsadga muvofiq: a) tabiatni muhofaza qiluvchi, ekologik jihozlar, materiallar ishlab chiqaruvchi hamda ekologik xizmat ko‘rsatuvchi davlat, davlat aktsionerlik korxonalari, xususiy korxonalar; b) ekologik jihatdan juda xavfli hisoblangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, havo va suvni muntazam zaharli moddalar bilan bulg‘ab keluvchi, pestitsidlar, sifatsiz yoqilta tayyorlovchi, energiyani ko‘p miq-dorda talab qiluvchi korxonalar. Birinchi guruhga mansub bo‗lgan korxonalarga imtiyozli ekologik soliqlar belgilash haqiqatga to‗g‗ri keladi, ikkinchi guruhga kiruvchi korxonalarga nisbatan oshirilgan soliq hajmini tayinlash ayni muddao. Boshqa jihatdan bu guruhdagi korxonalarning yillik daromadlari ham ishlab chiqilgan mahsulot turlariga qarab ancha yuqori. Xorijiy mamlakatlarda ekologik soliqlar ko‗pincha maqsadga yo‗naltirilgan tarzda amalga oshiriladi. Bu jihatdan AQSHda ―yashil soliq‖ larga alohida ahamiyat beriladi. 1989 yilda freonlarni ishlab chiqarishni kamaytirish maqsadida (freon ozon qatlamini buzishda faol ta‘sir etuvchi kimyoviy birikma) ularni sotishga qarshi korxonalarga soliq solish ta‘sis etildi. Sanoatda freonni o‗rniga boshqa kimyoviy vositani ishlab chiqarish bilan almashtirishni tezlatish uchun soliq vaqt mobaynida progressiv - o‗sib boruvchi shaklda tayinlandi. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi tizimida tabiiy muhitni ifloslantirgani uchun to‗lov muhim aha-miyat kasb etadi. Bu to‗lovlar korxona va tashkilotlarning o‗z ishlab chiqarish faoliyatida atrof-muhitga yetkazayotgan zararlari o‗rnini qoplash uchun sarf qilinishi nazarda tutiladi. Lekin aslida tabiatni buzuvchilardan kelayotgan to‗lovlar hajmi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun sarf qilinayotgan barcha xa-rajatlarning faqat bir qismini qoplaydi, xolos. Atrof-muhitni ifloslantirgani uchun to‗lanadigan to‗lovlar ifloslan-tiruvchi-korxonalarga jazo vositasi bo‗lib ―ifloslantiruvchi to‗laydi‖ tamoyilini amalga oshirish yo‗lidir. Rossiyada dunyo mamlakatlari orasida birinchilardan bo‗lib ―tabiiy muhitni ifloslantirgani uchun to‗lovlar‖ rasmiy ravishda belgilandi (1993 yil yanvardan). Bunda uch xil to‘lov tayinlangan: 1) atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqargani uchun; 2) suv ob’ektlari yoki joy relefiga ifloslantiruvchi chiqindilarni chiqargani uchun; 3) chiqindilarni joylashtirgani uchun. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling