2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja
Energiya va mineral xom-ashyo resurslari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xomashyo manbalari.
Energiya va mineral xom-ashyo resurslari. Tabiiy resurslar va ulardan oqilona
foydalanish asoslari. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asoslari – resurs- larning aylanma xarakatini ilmiy jixatdan tashkil qilishdan iboratdir. Jamiyatning resurslarga boʹlgan talablarini va aholini sonini oshib borishini xisobiga olgan holda kengaytirilgan ishlab chiqarishni tashkil qilish zarurdir. Demak, resurslarni sarflash emas, balki qaytadan aylanma xarakatini tashkil yetish kerakdir. Shu vaqtga qadar inson tabiiy resurslardan tugamaydigan manba sifatida foydalanib kelgan. Lekin qayta tiklanmaydigan resurslar (ruda, neft, gaz, koʹmir) tugay boshladi va insoniyat oldida xom ashyo va energetik resurslar etishmovchiligi muammosi paydo boʹla boshladi. Hozirgi kunda insoniyat oldida quyidagi muammolar mavjuddir: 1. Xom- ashyo yetishmasligi muammosi; 2. Energiya bilan taʹminlash muammosi; 3. Oziq-ovqat muammosi. Yuqoridagi muammolarni hammasi birgalikda ekologik inqirozni vujudga keltiradi. Endi ushbu inqirozdan chiqishi yoʹllari bormikan? - degan savolni koʹrib chiqamiz. Xomashyo manbalari. II-jaxon urushdan keyingi davrda butun insoniyat jamiyati paydo boʹlgan davirdan beri qancha xom ashyodan fadalanilgan, boʹlsa shuncha miqdorda xom ashyo ishlatiladi. Yiliga 100 mlrd t. gacha togʹ jinslari qayta ishlanadi. Inson oʹz faoliyati davomida mavjud boʹlgan 88 elementning 85 taisdan foydalanadi. Eng boy ruda konlari tez ishlatilishi xisobiga kamayib bormoqda. Quyida insoniyatning zaxiralaridagi metallar bilan taʹminlanish miqdorini (5.1.1-jadval) koʹrib chiqamiz. 5.1.1-jadval. Insoniyatning zaxiralaridagi metallar bilan taʹminlanish miqdori. Metal yilga etadi Metal yilga etadi Al 570 Rb 19 Fe 250 Sn 35 Zn 23 Ag, Rt 20 Su 29 Au 17 Oʹzbekiston Resʹublikasi kelajakda togʹ-kon sanoatini rivojlantirish uchun mustaxkam xomashyo bazasiga egadir. Uning xududiga 50 ta kon boʹlib unda 94 tur mineral xom ashyo bordir. Hozirgi kunda 33 ta konda nodir metallar va 32 ta konda rangli metallar qazib olinmoqda. 27 ta oltin va kumush konlardan 19 tasi ishlab turibdi, undan 7 tasida faqat oltin qazib olinmoqda. Oʹrta Osiyodagi eng yirik Olmaliq togʹ-kon kombinatini, mis-molibdenli va qalay-ruxli konlar taʹminlab turibdi. Ushbu konlar rudalari tarkibida misdan tashqari oltin, kumush, molibden, selen va boshqa elementlar ham mavjud. Respublikamizda yana 7 ta volfram konlari, 2 ta qoʹrgʹoshin konlari bor, fosforit zaxiralari yesa, 100 mln t. fosfor angidridi xisobiga taʹminlangandir. Lekin mavjud mineral xom ashyodan yetarli darajada ratsional, tejamli foydalanilayotgani yoʹq. Ularni qazib olish va foydalanish jarayonlarida koʹpgina qismi bekorga yoʹqotilmoqda. Yiliga respublikamizda 100 mln t. turli xil chiqindilar hosil boʹladi, va ularning yarmidan koʹpi zaharli moddalardan tashkil topgandir. Ularning maʹlum qismi ikkilamchi xom ashyo sifatida xalq xoʹjaligida fodalanilmoqda, lekin asosiy qismi esa, (umumiy miqdori 2 mlrd.t.) ishlatilmaydi va bir yerga toʹplab qoʹyiladi. Chiqindilarning koʹp qismi (1.3 mlrd.t.) togʹ-kon va qayta ishlovchi korxonalarida hosil boʹladi. Qora va rangli metallarni qayta ishlash jarayonida 350 ming t. shlak hosil boʹladi. Shunday qilib, kam takomillashgan texnologiya bilan togʹ jinslarini qayta ishlash jarayonida juda koʹp miqdorda chiqindilar hosil boʹladi. Ular esa koʹp yer maydonini egallashi, nafaqat u yerlarni band qiladi, balki yerning unumdorligini ham yomon- lashtiradi. Respublikamizda zaharli qattiq chiqindilarni zarasizlantirish, ulardan foydalanishni tashkil qilish kabi ishlar ham yoʹlga qoʹyilgan emas. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling