2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja
Endi hozirgi kunda mineral xom ashyo inqirozidan chiqish yoʹllari bilan
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energetik resurslar
Endi hozirgi kunda mineral xom ashyo inqirozidan chiqish yoʹllari bilan
tanishib chiqamiz: 1.Foydali qazilmalarning yangi konlarini izlab topish. Masalan, okean tubida juda boy konlar mavjud boʹlib, kelajakda ulardan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqish zarur. 2. Ikkilamchi xom ashyodan foydalanishni tashkil qilish. Mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish asosiy roʹl oʹynaydi. Masalan, hozir rivojlangan koʹpgina mamlakatlarda 30-40% mis ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash xisobiga ajratib olinmoqda. Yana biometallurgiyani rivojlantirish xisobiga qoldiq togʹ jinslari tarkibidan arzon yoʹl bian bir qancha metallarni ajratib olish mumkin. Ushbu usul tarkibida turli bakteriyalar uchun zarur boʹlgan moddalari bor boʹlgan suyuqlik bilan rudani yuvishga asoslangandir. Bakteriyalar minerallarni parchalab kerakli metallni eritmaga oʹtkazadi va u keyin ajratib olinadi. Bu usul bilan Cu, Zn, Ni, Mo, Al va xatto oltinni ham ajratib olish mumkin. 3. Metallarni plastmassalar bilan almashtirish xisobira ularni tejash. Masalan, 1 t plastmassa, 3 t bronza, qalay va boshqa rangli metallarni almashtiradi. Energetik resurslar: Oxirgi yillarda insoniyat jamiyati energiyaga boʹlgan extiyojlarini keskin ortib borishi tufayli energiya inqiroziga duch kelmoqda. Energiya inqirozi kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri neft va gazdan beayov foydalanilayotganligidir. Oʹtgan asrlarda D.I.Mendeleev –―neftni yoqish, pulni yoqish demakdir‖ –deb ogoxlantirgan edi. Neft-kimyo sanoatining eng asosiy xom ashyosidir va uning miqdori cheklangandir. Uzoq vaqt davomida Yaqin Sharq mamlakatlarida katta neft konlarini topilganligi arzon ishchi kuchining borligi tufayli undan arzon xom ashyo sifatida foydalanib kelindi. Energiyaning arzonligi tufayli neftdan foydalanish surʹati juda keskin ortib bordi. Chorak asr davomida yenergiyaga boʹlgan extiyoj 3 barobar ortdi. Xar oʹn yilda energiyadan foydalanish 2 barobar ortib bordi: 54,2 mln.t - neft; 67,4 mln.t.- kondensat bor boʹlib, uni ishga tushirsak chetdan keltirilayotgan neftni miqdorini 3-4 barobar kamaytirish imkonini beradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling