2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja
O‘zbekistonda mineral resurslardan foydalanishning hozirgi holati yuzasidan yangi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- “yuqori darajada takomillashgan
O‘zbekistonda mineral resurslardan foydalanishning hozirgi holati yuzasidan yangi
pedogogik texnologiyalardan foydalanib suhbat uyushtiring). 2.1.4 Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari. Dunyodagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ekologik jarayonlar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Ekologiyasiz iqtisodiyot va iqtisodiyotsiz ekologiya bo‘lmaydi. Ma‘lumki, hozirgi kunda har qanday sanoat tarmog‘iga tegishli bo‘lgan korxonalar ularning qanday ishlashlaridan qat‘iy nazar, albatta turli agregat holatdagi – gazsimon, suyuq va qattiq chiqindiiarni atrof-muhitga tashlanishiga sababchi bo‘ladilar. Lekin har qanday mukammal texnologiyada ham chiqindilarni ajralishi muqarrardir. Shuning uchun shunday texnologiyani vujudga keltirish lozimki, bunda ishlab chiqarish jarayonida ajralgan chiqindilar ekologik jihatdan olganda bezarar bo‘lib, atrof-muhitga jiddiy xavf solmasligi kerak, ya‘ni hosil bo‘lgan chiqindilar tabiatda o‘z-o‘zidan oson biologik parchalanib, atrofga zarar keltirmasin. Lekin ming afsuski, hozirgi kunda ishlab chiqarish tarmoqlarida va maishiy turmushimizda buning iloji bo‘lmay qolmoqda. Ko‘plab chiqindilarning deyarli barchasi zararsizlantirilmasdan, tozalanmasdan atrof- muhitga tashlanishi va to‘planishi sodir bo‘lmoqda. Buning natijasida esa chiqindilarning salbiy ta‘siri tabiatda turli noxush holatlarni yuzaga keltirmoqda. Jamiyat taraqqiyotining tabiat bilan jamiyat o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar keskinlashgan hozirgi bosqichida, tabiat va uning resurslaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Shu boisdan ham hozirgi davrda tabiatni muhofaza qilish va tabitdan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini yaratishga ayniqsa katta e‘tibor qaratilmoqda. Chunki iqtisodiyotning barqaror rivoj- lanishi aholining sog‗lomligi, atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning holati bilan chambarchas bog‗liqdir. Tabiatda yuz berayotgan ijobiy va salbiy o‗zgarishlar turli jihatdan o‗rganiladi. Ular orasida iqtisodiy jihatdan o‗rganish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Chunki iqtisodiy nuqtai nazardan o‗rganish natijalari insonning xo‗jalik faoliyatiga miqdoriy ko‗rsatkichlar asosida aniq baho beradi. Atrof-muhitda sodir bo‗layotgan antropogen o‗zgarishlarni turli hisob-kitob yo‗llari bilan tahlil qilish natijasida ishlab chiqarishning rentabellik darajasi, daromad miqdori aniqlanadi, shuningdek, tabiiy muhit buzilishi va ifloslanishi oqibatida korxonaning havo, suv, tuproq, umuman, landshaftlar, aholi sog‗lig‗iga etkazayotgan zarar hajmi to‗g‗risida ma‘lumotga ega bo‗linadi. Aslida inson xo‗jalik faoliyati oqibatlarni iqtisodiy tahlil qilish natijalari korxonalar rentabellik darajasining mezoni bo‗lishi lozim. Korxona ko‗plab yuqori sifatli tayyor mahsulot berayotgan bo‗lishi mumkin. Bu kerak, chunki sifatli mahsulot korxona egalariga mo‗may daromad keltiradi. Lekin faqat daromad ko‗rsatkichlarining o‗zigina korxona faoliyatining samaraliligini aniqlash uchun asos bo‗la olmaydi. Buning uchun korxona atrof-muhitga yetkazayotgan zararli oqibatlarning hisob-kitob yo‗li bilan so‗ngra aniqlangan ko‗rstkichlarini olinayotgan daromad bilan solishtirish va bu jarayonda olingan natijalarga tayanish lozim. Ular korxonalarning qanchalik samara bilan ishlayotganligi to‗g‗risida majmuali xulosa chiqarish imkonini beradi. Tabiat boyliklaridan foydalanishni optimallashtirish, ulardan ilmiy asosda foydalanishni takomillashtirish borasida keng qamrovda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Natijada qator ilmiy yo‗nalishlar, fan sohalari paydo bo‗lmoqda. Tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash, atrof-muxitning ifloslanishi, buning oqibatida ko‗rilayotgan zararlarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli usullarni izlash ia asoslash muammolarini hal qilishda «Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti» fani muhim o‗rin egallaydi. ―Tabiatdan foydalanish‖ deganda tabiiy resurs salohiyatini ekspluatatsiya qilishning barcha shakllari hamda uni muhofaza qilish bo‗yicha tadbirlar majmuasi tushuniladi. Shuningdek, qayta tiklanadigan resurslarni muntazam tiklab borish, miqdorini ko‗paytirish, sifatini yaxshilash, tabiatni maqsadga muvofiq holda o‗zgartirish, uning ayrim hududlarini foydalanishdan chiqarib, alohida muxrfaza qilinadigan ob‘ektlar - qo‗riqxonalarga aylantirish kabilarni ham shu ma‘noda tushunmoq kerak. Tabiatni maqsadga muvofiq holda o‗zgartirish — tabiatning biologik tizimlari mahsuldorligani oshirish maqsadida rejali va ilmiy jihatdan asoslangan negizda barqaror ravishda o‗zgartirish demakdir. Tabiiy resurslardan foydalanish va bu jara- yonda atrof-muhitni muhofaza qilishning o‗ziga xos iqtisodiy mexanizmi tarkib topgan. U ko‗plab turli elementlardan iborat, lekin hozircha “yuqori darajada takomillashgan‖- deb bo‗lmaydi, bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu mexanizm borgan sari yaxshilanib boradi. Tabiiy-resurslarni iqtisodiy baholash va baholar negizida tabiatdan foydalanishda pullilik yo‗lga qo‘yilgan sari reallashib boradi. Bozor iqtisodiyoti davrida iqtisodiy mexanizmning ayrim elementlarini qo‗llash tabiatdan foydalanishni takomillashtirib borishda dastlabki qadam bo‗ladi. Tabiatdan foydalanishda pullik yo‗lga utish ekologik omilni iqtisodyotda yanada kengroq qo‗llashga, boyliklardan oqilona foydalanishda ko‗maklashadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling