2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja


Atrof-muhitga bo‘lgan ta’sir darajasiga ko‘ra, mutaxas-sislar to‘lovlarning ikki


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana18.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1283407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза-3

Atrof-muhitga bo‘lgan ta’sir darajasiga ko‘ra, mutaxas-sislar to‘lovlarning ikki 
me’yordagi turini ajratdilar:
a) ruxsat etilgan hajmdagi chiqindilar uchun;
 
b) ruxsat etilgan miqdordan oshirilgan chiqindilar uchun.
Birinchi turdagi to‗lov hajmi me‘yordaligi bilan tavsiflanadi, ikkinchi turdagi 
to‗lov bir necha marta ko‗pligi bilan xarakterlanadi. Birinchi turga oid chiqindilar garchi 
kam miqdorda bo‗lsa-da, lekin chiqarib turilganligi tufayli atrof-muhit potensial iflosla-
nib boradi. Me‘yordagi to‗lovlar korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot qiymatiga 
qo‗shilishi mumkin, demak uni iste‘molchi to‗laydi, lekin me‘yordan ortiq chiqindi uchun 
to‗lanadigan to‗-lovlar korxonalar hisobidan to‗lanishi kerak. 
To‗lovlarning bu shaklda tashkil qilinishi ishlab chiqaruvchilarni atrof-muhitga 
chiqarayotgan chiqindi hajmini kamaytirishga undaydi, demak, kam chiqindili 
texnologiyani tatbiq etishga harakat qilina boshlaydi. Bu yo‗l ham tabiiy muhitni 
ifloslantirishni kamaytirish yo‗nalishidagi urinishlardan biri, uning samarasi etarli darajada 
katta. Chunki korxonalar chiqindi chiqarishni qanday qilib kamaytirish to‗rri-sida 
harakatda bo‗ladilar.
Tabiat muhofazasini moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqaridagi ekologik 
fondlar (pul mablag‗lari) muhim ahamiyatga ega. Bunday fondlarni tashkil qilish 
tegashli mablag‗larni tabiiy muhit eng orir ekologik vaziyatdagi ob‘ektlar, suv va havo 
havzalari jiddiy darajada ifloslangan hududlar, aholi salomatligi tang bo‗lgan joylarning 
ahvolini tubdan yaxshilash ishlariga sarflashda asqotadi.
Umuman olganda, ekologik fondlarning vazifasi quyidagi ustuvor dolzarb 
muammolar yechimiga qaratiladi:
1) atrof-muhit holatini yaxshi-lash va aholining ekologik xavfsizligini ta‘minlashga 
qara-tilgan dasturlar va ilmiy-texnik loyixalarni moliyalashtirish va kreditlash;
2) tabiatni muhofaza qilish tadbirlari va dasturlari uchun moliyaviy resurslarni safarbar 
etish;
3) oqilona tashkil qilingan tabiatni muhofaza qilishni iqti-sodiy rag‗batlantirish, ekologik 


jihatdan toza texnologiyani tatbiq etish;
4) ekologik tarbiya va ta‘limni taraqqiy qildi-rish uchun ko‗maklashish. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling