2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja
muhofaza qilish faoliyatiga imtiyozli kredit ajratish; tabiatni muhofaza kilish
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik soliqlar
muhofaza qilish faoliyatiga imtiyozli kredit ajratish; tabiatni muhofaza kilish
fondlarini tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilish; ekologik jihatdan toza bo‘lgan mahsulotlarga rag‘batlantiruvchi baholar belgilash, qo‘shish va boshqa tadbirlar. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlaridan biri ekologik soliqlar hisoblanadi. Soliqning bu turi dunyo mamlakatlarida o‗zining ekologik samaradorligini ko‘rsatib kelmoqda. Uni ―yashil soliq‖ ham, deb atashadi. Istiqbolda bu soliqning yanada keng miqyosda rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjud. Ekologik soliqlar asosan ikki vazifani hal qilishga layoqatlidir: a) mahsulotlar narxini ularning ishlab chiqarish sarflariga nisbatan bir xilda bo‘lishini ta’minlash, atrof-muhitga etkazilgan zararlarni qoplash va boshq; b) atrof-muhitga etkazilgan ekologik zararlarning o‘rnini qoplash maqsadida ifloslantiruvchilar hisobidan ularni undirib olish. Ekologik soliqlar ekologik jihatdan muvozanatli ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‗batlantirishga ham xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchilardan olingan pul mablag‗lari tabiiy muhitni muhofaza qilish, ayniqsa, atmosfera havosi va suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydigan turli samarador moslamalarni korxonalarga o‗rnatish va ularning muntazam faoliyat ko‗rsatishitsi ta‘minlashga xizmat qiladi. Korxona, transport, qurilish ob‘ektlari, shaxslarga soliq tayinlashda ularning tabiatni muhofaza qilish yunalishida olib borayotgan amaliy ishlari xarakterini e‘tiborga olish maqsadga muvofiq. Yuridik shaxslar korxona, transport va qurilish ob‘ektlarida tabiiy muhit ifloslanishining oldini oluvchi tadbirlarni muntazam qo‗llab kelayotgan bo‗lsa, ulardan imtiyozli soliq undirish lozim. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot ekologik jihatdan tozaligi bilan ajralib tursa, bunday vaziyatda yengilroq soliq tayinlash maqsadga muvofiq, bu xol ularni iqtisodiy va ekologik jihatdan rag‘batlantiradi, demak, ishlab chiqaruvchilarni atrof-muhit musaffoligini yanada barqarorlashtirish va ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. Ammo korxona hududida to‗planib borayotgan ikkilamchi resurslardan ularni qayta ishlash jarayonida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish to‗g‗risida qayg‗urmayotgan, sexlarda gaz, g‗ubor, changlarni tutib qoluvchi turli moslamalarni o‗rnatish va mavjudlarining samaradorligini oshirish, oqava suvlarni daryo, suv ombori, kanallarga muttasil tashlab kelayotgan sanoat va qurilish korxonalariga nisbatan soliq solish hajmini oshirilgan miqdorda tayinlash jiddiy samara beradi. Uzbekistonda bu borada muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Buni O‗zbekiston Respublikasi ―Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi‖ning har yilgi tadbirlaridan ham bilish mumkin. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling