Tabiiy resurslardan foydalanganligi uchun to‘lanadigan to‘lovlar ikki turda
bo‘lishi mumkin:
a) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi uchun;
b) takror ishlab chiqarish va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish uchun.
Tabiiy boyliklardan foydalanish huquqi uchun to‗lanadigan haq ushbu resurslar
egasiga oldindan belgilab qo‗yiladi. Bu hol mutloq rentaning bekor qilinishi bilan
bog‗liq.
Tabiatdan foydalanishda haq to‗lashning yo‗lga qo‗yilishi borasida jarimalar
undirish jiddiy samara beradi, turli resurslardan to‗liq foydalanmaslik, suv va havoni
ifloslantirganligi uchun sanksyyalar belgalash keng miqyosda amalga oshirilishi kerak.
Sug‗orma yerlarni sho‗rlanish, eroziya va deflyasiyaga berilishiga imkoniyat
yaratgan yerdan foydalanuvchilarga, ayniqsa, pestitsidlarni ko‗p ishlatgani, tuproqning
―oriqlashi‖ ga yo‗l qo‗ygani uchun me‘yordan ko‗proq jarima solish, hatto havo va suv
havzalarini ifloslantirayotgan korxona va sexlarni ma‘lum muddatga yopib qo‗yish va
katta hajmda jarima solish amaliy ahamiyat kasb etadi.
Atmosfera havosini bulg‘aydigan avtotransportlardan foydalanishni butunlay
to‗xtatish zarur. Jarima miqdori qanchalik katta bo‗lsa, uning ta‘siri ham shunchalik jiddiy
bo‗ladi.
Iqtisodiy rag‗batlantirish tabiatdan foydalanganligi uchun haq to‗lash tamoyiliga
amal qilinishi natijasyda atrof-muhitni yanada kengroq miqyosda muhofaza qilishga
imkoniyatlar yaratadi. Bu tizimni amaliyotga tatbiq qilish ishlab chiqaruvchilar bilan
iste‘molchilar o‗rtasida ekologik jihatdan to‗g‗ri muvozanat vujudga keltirishga yordam
beradi, bu hodisa talab va taklifni real e‘tiborga olish bilan mustahkamlanib boradi.
Iqtisodiy ragbatlantirish tizimiga mutaxassislar quyidagi yo‘nalishlarni
qo‘shishni taklif qiladilar: imtiyozli soliq solish; yordam puli berish; tabiatni
Do'stlaringiz bilan baham: |