Usulni qo‘llash tartibi (2-ilovaga qarang):
1. Dastavval miqdor ko‘rsatkichning ta’sir kuchi aniqlanadi: ushbu
ko‘rsatkich bo‘yicha farq sifat ko‘rsatkichining rejadagi (bazis) darajasiga
ko‘paytiriladi.
2. Sifat ko‘rsatkichning ta’sirini hisoblash uchun uning farqini miqdor
ko‘rsatkichning haqiqiy darajasiga ko‘paytiriladi.
3. Ikkala omil ta’sirining yig’indisi natijaviy ko‘rsatkich bo‘yicha farqqa
teng chiqishi kerak. Shuning uchun omillar ta’sirining yig’indisi balans usuli bilan
tekshiriladi.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlil jarayonida
qo‘llanadigan usullar xilma-xil va rangbarangdir. Tahlil jarayonida ularning to‘g’ri
kelgan-kelmaganligiga karab qo‘llayverish, albatta, analitik hisoblarning ko‘payib
ketishiga, ayrim hollarda uning natijalarining buzilishiga olib keladi. Shuning
uchun ham ularni yechilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy masalaning mohiyatiga mos
ravishda tanlash lozim.
1-ilova
Zanjirli bog’lanish usuli algoritmi
Hisob-kitoblar
tartibi
1-omil
2-omil
3-omil
Natijaviy
ko‘rsatkich
Omillar
ta’siri
Reja
R
R
R
Nr
-
1-almashtirish
H
R
R
N1
+,-
2-almashtirish
H
H
R
N2
+,-
3-almashtirish
H
H
H
Nx
+,-
Jami
Farqlar =
ta’sirlar
2-ilova
Mutloq ko‘rsatkichlardagi farqlar usuli algoritmi
№
Ko‘rsatkich nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |