2-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar reja


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana09.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1469981
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
2-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR (1)

Birinchi bosqich. Tadqiqotning bu bosqichida ob’ekt ma’lum bir tizim deb 
qaraladi va buning uchun dastavval tizimning elementlari sifatida qaraladigan 
alohida qismlari ajratib olinadi. Shuningdek, tizimning rivojlanish maqsadi, hal 
qiladigan vazifalari. boshqa tizimlar bilan aloqalari, alohida elementlari orasidagi 
o‘zaro bog’lanishlari, har bir elementning va butun tizimning ishlashi belgilab 
olinadi. 
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichning asosiy maqsadi tizimning barcha 
elementlariga, ularning o‘zaro (tashqi va ichki) bog’lanishlariga, uning mavjudligi 
sharoitlariga to‘la va sifatli tavsif beradigan ko‘rsatkicпhlarni tanlashdir. 
Uchinchi bosqich. O‘rganilayotgan tizimning umumiy chizmasini ishlab 
chiqish bu bosqichning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Grafik ko‘rinishda bu 
alohida alohida tuzilgan bloklardan tashkil topgan bo‘lib, bunda har bir elementga 
alohida blok mos keladi. Alohida bloklar ular orasidagi bog’lanishlar mavjudligini 
va yo‘nalishini tavsiflovchi strelkachalar bilan bog’lanadi. 
To‘rtinchi bosqich. Bu bosqich tizimning umumiy ko‘rinishdagi iqtisodiy 
matematik modelini tuzishga bag’ishlanadi. Bunda sifat tahlili yo‘li bilan tizimning 
bircha tenglama va tengsizliklarining matematik shakldagi ifodasi aniqlanadi. 
Beshinchi bosqich. Bu bosqichda "modelь bilan ishlash" amalga oshiriladi. 
Modelь bilan ishlashni hozirgi davrda kompьyuterlar yordamida dilog rejimida 
o‘tkazish tavsiya kilinadi. Modelь bilan ishlashda imitatsion modellardan 
foydalanish maqsadga muvofikdir. 


Iqtisodiy tahlilni kompleks yondashuv asosida o‘tkazish, albatta uning 
tartibini aniqlab olishni taqazo qiladi. Bunda quyidagi bosqichlar ajratilib 
ko‘rsatiladi: 
1-bosqichda tahlilning ob’ekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil 
rejasi tuziladi; 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling