2-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar reja


o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni, o‘sish yoki kamayishini aniqlash maqsadida


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana09.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1469981
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR (1)

o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni, o‘sish yoki kamayishini aniqlash maqsadida 
solishtirishdir. Taqqoslash usuli yordamida iqtisodiy voqea-hodisalarning umumiy 
va xususiy jihatlari, ob’ektlardagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendentsiyalari, 
ya’ni yo‘nalishlari o‘rganiladi. Taqqoslash usulidan foydalanishning asosiy sharti 
— ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlashdir, chunki faqat bir turdagi 
miqdorlarnigina 
taqqoslash 
mumkin. 
Ko‘rsatkichlarning 
taqqoslanuvchan 
bo‘lmasligiga turli sabablar bo‘lishi mumkin: narxlarning, mahsulot hajmining 
turlicha 
bo‘lishi, 
mahsulot 
dagi 
tarkibiy 
o‘zgarishlar, turlicha sifat, 
ko‘rsatkichlarning turli usullar bilan hisoblanishi, turli kalendar davrlarning 
o‘rganilishi va h.k.lar. Iaqqoslanuvchan bo‘lmagan ko‘rsatkichlarni solishtirish 
noto‘g’ri xulosalarga olib keladi. Shuning uchun ularni taqqoslashdan oldin 
taqqoslanuvchan ko‘rinishga keltirish kerak. Buning uchun ularni yagona bazaga 
keltirish kerak bo‘ladi.
Balans usuli o‘zaro bog’liq ikkita iqtisodiy guruh ko‘rsatkichlari 
proportsiyasini aks ettirishda ko‘llanilib, ularning o‘zaro tengligiga 
asoslanadi. Odatda bu usul korxonalarning (moddiy, mehnat, moliyaviy) resurslar 
bilan ta’minlanganligi hamda ulardan foydalanish samaradorligi tahlilida 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari alohida omillarning ta’siri natijaviy ko‘rsatkichning 
umumiy o‘zgarishiga teng bo‘lishi kerakligi balans usulidan hisob-kitoblarni 
tekshirish vositasi sifatida foydalanilishini taqazo etadi. 
Aynan shu usullardan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga baho berish hamda 
voqealarning keyingi rivojlanish bosqichlarini belgilash, yo‘nalishlari yuzasidan 
xulosa qilish imkonini berdai. Biroq tahlilning vazifasi o‘zgarishlarni hisoblash
kuzatish hamda taqqoslashdan iborat emas. Uning asl maqsadi ushbu 
o‘zgarishlarning sababini, ya’ni ildizini izlab topish asosida iqtisodiy 
samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlab, tegishli 
tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat Ushbu maqsadga erishida omilli tahlilning roli 
beqiyosdir. Omilli tahlilni amalga oshirishda zanjirli bog’lanish usulidan 
foydalanish mumkin. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling