javob berish osonmi yoki qiyinmi? Shuni aytish lozimki, maxsus adabiyotda metod
tushunchasiga alohida,
metodikaga alohida, metodologiya tushunchasiga alohida
to‘xtalib o‘tilgan va usullar xususida ta’rif hamda algoritmlar
berilganligi fanga
aloqador shaxslarga ma’lum.
Mavjud
adabiyotlardan
foydalangan
holda
o‘quvchilarga ushbu
muammoning yechimini berishga harakat qilishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Avvalo iqtisodiy tahlilning metodi va alohida usullari to‘g’risida
fikrlarni
umumlashtiramiz. Metod haqida gapirganda
fanning metodi mantiqan alohida
masala, iqtisodiy tahlilning iqtisodiy voqea va hodisalarni o‘rganish vositasi -
amaliy soha sifatidagi metodi mazmunan boshqa masala ekanligini aniq
ajratishimiz zarur.
Iqtisodiy tahlil metodiga yuqorida berilgan ta’riflarning bir
biridan juda katta
printsipial farqi yoki karama karshiligi yo‘q. Agar ana shu berilgan ta’riflarning
mazmun-mohiyatini umumlashtiriladigan bo‘lsak, u holda iqtisodiy tahlil metodini
qo‘yidagicha ta’riflashimiz mumkin.
Iqtisodiy tahlilning metodi deb, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
faoliyatiga
baho berish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari yoki imkoniyatlarini
izlab topish maqsadida unda ro‘y bergan iqtisodiy voqea-hodisalarni doimiy
harakatda, o‘zgarishda, ya’ni
dialektikaga tayanib, iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi
orqali, ularning o‘zaro bog’liqligi va bog’lanishlarini
maxsus usullar, vositalar
hamda shakllardan foydalanib tizimiy va kompleks yondashuv asosida o‘rganish,
umumlashtirish va qarorlar qabul qilish uchun xulosa
hamda tavsiyalar ishlab
chiqishga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: