2-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar reja


Metodologiya esa o‘zida predmetni anglashga yo‘naltirilgan umumiy


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana09.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1469981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR (1)

Metodologiya esa o‘zida predmetni anglashga yo‘naltirilgan umumiy 
nazariya, tamoyillar, usullar va ularni amaliy qo‘llash qoidalari tizimini aks 
ettiradi. Metodni bilish faoliyati jarayonini yaxlit tadqiq etuvchi anglash 
nazariyasi deb bilsak, undan farqli ravishda metodologiya ana shu bilimlarga 
erishish usuli va izlanishlar o‘tkazish usullariga, ya’ni tadqiqiy faoliyatga 
yo‘naltiruvchi asos sanaladi. Demak, metodologiya u yoki bu soha bo‘yicha 
nazariy bilim va amaliy tajribalarni umumlashtirib metodikani aniqlash uchun 
xizmat qiladi. 
E’tiborni “Metodika” tushunchasiga qaratamiz. Metodika mazmun 
mohiyatini, bizning fikrimizcha, Savitskaya G.V. o‘z ta’rifida aniq va ravshan qilib 
yoritib bergan. 
Ushbu masala ayniqsa G.V. Savitskaya tomonidan yozilgan darslikda 
atroflicha bayon etilgan. Olimaning fikricha “Iqtisodiy tahlilda metodika tahlil 
maqsadiga erishishga yo‘naltirilgan iqtisodiy voqea va hodisalarni tadqiq 
qilishning tahliliy usullari va qoidalari jamlamasidir” 
Haqiqatan ushbu darslikda metodika yoki uslubiyot batafsil yoritib berilgan. 


Tahlilning har qanday metodikasi tahliliy izlanishlarni ijro qilish uchun ko‘rsatma 
va metodologik, ya’ni uslubiy maslahatlarni o‘zida namoyon etadi, deyilgan. 
Metodika, ya’ni uslubiyotning quyidagi jihatlari yoritib berilgan: 
• 
tahliliy izlanishlarni o‘tkazishning ketma-ketligi va davriyligi yuzasidan 
maslahatlar;
• 
o‘rganilayotgan ob’ektlarni tadqiq qilishning usullari va vositalarining 
yoritilishi; 
• 
tahlil uchun ishlatiladigan axborot manbalari; 
• 
tahlilni tashkil etish, uning uslubiy va axborot ta’minoti yuzasidan 
ko‘rsatmalar; 
• 
tahlil natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar.
Shu bilan birga tahlil metodikasining eng muhim elementlaridan biri sifatida 
texnik usullar va yo‘llar mavjudligi alohida uqtiriladi(27-bet). Shuni alohida 
ta’kidlash lozimki, fanni o‘qitishda metod tushunchasi bilan bir qatorda usullar 
haqida gapirilishi bir-biriga zid emas. Usullar deganda, odatda, maxsus 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling