2-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar reja


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana09.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1469981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR (1)

birligi va kurashi deb deb qarashni anglatadi. Iqtisodiy tahlil davomida ham har 
bir hodisaning ichki qarama-qarshiliklari, ularning ijobiy va salbiy tomonlari 
o‘rganiladi 
Iqtisodiy tahlilning dialektikaga tayanishi yana shuni anglatadiki, xo‘jalik 
faoliyati o‘zaro aloqalarni hisobga olgan holda, ya’ni ichki va tashqi omillar 
ta’sirida o‘rganiladi. Hech bir hodisa yakka o‘zi, boshqalardan ayro holda 
o‘rganilmasligi barchamizga ayon. Iqtisodiy tahlil metodining xususiyatli jihati 
shundaki, u faqat sabab-oqibat bog’lanishlarinigina o‘rganmasdan, ularning 
miqdoriy tavsifini ham beradi, ya’ni omillarning natijalarga ta’sirini hisoblash 
imkonini beradi. 
Sabab-oqibat bog’lanishlarini o‘rganish jarayonida dialektik bilish usullari - 
analiz 
va 
sintez, 
deduktsiya 
va induktsiya 
usullaridan 
foydalaniladi. 
Umumlashtirish (sintez) tahlilda eng asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. 
Umumlashtirishda korxona pirovard natijalariga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan 
ko‘pchilik omillar ichidan tipiklarini tasodifiylardan, asosiy va hal qiluvchilarini 
ajratish muhimdir.
Deduktsiya – hodisa, jarayonni o‘rganishda umumiylikdan xususiy sari, 
ya’ni umumiy natijalardan xususiy holatlar sari o‘rganishdir. Induktsiya – 
tadqiqotni yoki biror ob’ektni xususiylikdan umumiylik sari, ya’ni xususiy 
faktlardan umumlashtirishga qarab o‘rganish usulidir. 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi orqali, ularning o‘zaro bog’liqligi va 
bog’lanishlarining o‘rganilishi shuni anglatadiki, xo‘jalik sub’ektlaridagi voqea va 
hodisalar ma’lum bir iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali ifoda etiladi. Tahlil uchun 
kerak bo‘ladigan ko‘rsatkichlar, ularning turi hamda miqdori o‘rganilayoigan 
iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va davriga bog’liq bo‘ladi. Tahlilning 
dastlabki shartlaridan biri ushbu ko‘rsatkichlarni qachon, qaerda va qanday qilib 
qo‘llashni belgilab beruvchi turkumlashni amalga oshirishdir. Iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog’liqligi va bog’lanishlari ularni hisoblab topish 
formulasi asosida aniqlanishi mumkin. Bu jihatdan ko‘rsatkichlar natijaviy va omil 
ko‘rsatkichlarga 
bo‘linadi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling