2-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar reja


jadval ko‘rinishida bayon etiladi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana09.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1469981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR (1)

jadval ko‘rinishida bayon etiladi. Bu o‘rganilayotgan hodisalar to‘g’risidagi 
tahliliy axborotni raqamlarning ma’lum bir ketma-ketligida joylashtirilishi 
yordamida taqdim etishning eng ratsional va qulay qabul qilish shaklidir”. 
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil usullari deganda mantiqiy fikrlashga 
asoslangan, tahlil jarayonida u yoki bu hisob-kitoblar, umumlashtiruvlarni amalga 
oshirishda qo‘llaniladigan texnik usullarga aytiladi. Shu bilan bir qatorda 
iqtisodiy tahlil davomida amalga oshirilgan hisob-kitoblar, umumlashtiruv va 
xulosalarni namoyish yoki bayon etish uchun qo‘llaydigan vositalar hamda 
shakllar mavjudki, ularga mutloq va o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash, tahliliy 
jadvallar, guruhlashtirish, grafiklar yoki diagrammalar, maxsus kompьyuter 
dasturlarini kiritishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlashimiz 
lozimki, agar grafiklardan, o‘rtacha ko‘rsatkichlardan hamda guruhlashtirishdan 
tahlilning dastlabki bosqichida foydalanilsa, ulardan vosita emas, balki usul 
sifatida foydalanilishini tan olishimiz zarur. 
Iqtisodiy tahlil metodining mantiqan yoritilishining izohi yuqoridagi-lardan 
9



iborat bo‘lgani holda, ushbu metodning alohida xususiyatlari borki, tahlil 
jarayonida ularni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Iqtisodiy jarayonlarni ularga ta’sir 
etuvchi ichki va tashqi omillar ta’siridagi o‘zgarishlarini o‘rganishni tizimiy va 
kompleks tarzda o‘tkazishga yondashish iqtisodiy tahlil metodining eng muhim 
xususiyatlaridan biridir. Ma’lumki, tizimiy yondashish - bu tadqiqot 
uslubiyatidagi yo‘nalishdir. U ob’ektni ko‘p sonli ichki va tashki aloqalardan iborat 
bo‘lgan elementlardan tashkil topuvchi murakkab tizim sifatida o‘rganishga 
tayanadi. Tizimiy yondashish ob’ektni chuqur va atroflicha o‘rganishga, u haqida 
to‘la tasavurga ega bo‘lishga, uning alohida birliklari orasidagi sabab-oqibat 
boglanishlarini aniqlashga imkon beradi. 
Tizimiy yondashishning bosh xususiyati - bu tizim elementlarining o‘zaro 
ta’siri, o‘zaro bog’liqligi, o‘zaro bog’lanishi va dinamik xarakterda bo‘lishi, 
kompleksligi, butunligi, bo‘ysunganligi, yetakchi zvenoning ajralganligidir. 
Tizimiy yondashish iqtisodiy tahlilda xo‘jalik masalalarining ilmiy 
asoslangan variantlarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini hisoblash yo‘li 
bilan eng makbul boshqarish karorlarini tanlash imkonini beradi. 
Tizimiy tahlilda uni amalga oshirish jarayonini bir necha ketma-ket 
bosqichga ajratish mumkin. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling