2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1520060
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MMT 2 mavzu (1)



2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, 
yig’ish va biriktirish texnologiyasi. 
Yog‘ochga ishlov berishda o‘lchash va rejalash asboblari hamda ishchi 
asbobuskunalar ishlatiladi. Bunda dastarra, burcharra, lobzik arra, iskana, 
yog‘ochga birlamchi ishlov beruvchi randa va maxsus randalar, o‘yuvchi, 
yo‘nuvchi va nov iskanalar, qo‘l parmalari, egovlar kabi ishchi asboblar
ishlatiladi. Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash uchun yog‘och materiallarni
o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan
foydalaniladi. 
O‘lchash 
deb 
yog‘och 
materialning 
o‘lchamlarini 
va 
shaklini
aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, ruletka, go‘niyalar,
xatkash va o‘lchov andozalari kiradi. 
O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi.
O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli
kattalikda 
tayyorlangan 
reyka, 
tayoqcha 
yoki 
shu 
kabilardan 
iborat.
Tayyor buyum namunasidan ham foydalansa bo‘ladi. 
Arralar. 
Yog‘och 
materiallaridan 
buyumlar 
tayyorlashda 
yog‘ochni 
turli
yo‘nalishlarda arralash ishlarini bajarish uchun kerak bo‘ladi. Bunda
yog‘ochni ko‘ndalangiga, bo‘yiga, xar xil qiyalikda ham turli egri
chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan har turli arralar yordamida
arralash orqali bajariladi. Bu arralar tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi
ishlatiladigan, elektr va zanjirli arralarga bo‘linadi. Yog‘ochdan boshqa
materiallarni 
arralash 
uchun 
maxsus 
arralar 
ishlatiladi.
Arralar qo‘l arra (dasta arra), ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin


(g‘o‘labo‘r) arra va taxtabur arralarga bo‘linadi. Arralarning turlari ko‘p
bo‘lib, ularning asosiy qismi po‘latdan tayyorlanadi.
Arra turlari: a)burcharra b)g‘o‘labo‘rarra d)dastarra; 
Qo‘l arralari burcharra, burama yoy arra deb ataladigan turlari ham bor. 
Burcharralar tanasi yupqa bo‘lib, tor iz hosil qilish orqali aniq arralash
ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun
kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqa
tanasini tarang tutib turish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi.
Moslamaga o‘rnatilgan burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2 ta quloq,
2 ta dasta, 1 ta kergi chilvir va burov tayoqchasidan iborat. 
Bu arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang tutib turish uchun chilvir
orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvirni taranglash
kerak. 
Burch 
arralar 
kashakli 
arra, 
yoy 
arra 
deb 
ham 
ataladi.
Burilma 
yoy arralar taqasimon tutqichga 
maxkamlanadi. Ular 
yupqa
ensiz va kalta arra tanasidan iborat ixcham qo‘larra bo‘lib, faner, yupqa
taxta 
va 
boshqa 
materiallardan 
shakldor 
buyumlar 
arralash 
uchun
ishlatiladi. Bunday arralar tanasining qalinligi 0,6–1,25 mm eni 2–10
mm, uzunligi 200–350 mm gacha bo‘ladi. 
Burilma arralarning lobzik yoki qil arra deb ham ataladi. Uzun tomoni yonidan 
arra chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra uzun va qisqa, qalinligiga ko‘ra 
qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng, tor, ingichka va qil arra turlariga bo‘linadi. 
Tishning tuzilishiga ko‘ra bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan 
hamda tishining kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishli arralarga ajratiladi. Bu 
arralar faner va yog‘ochdan shakldor buyumlarni arralash uchun ishlatiladi. 
Sarjin 
arra 
yog‘och 
g‘o‘lalarini 

kishi 
bo‘lib 
arralash 
uchun
ishlatiladi. Bu arralarning tanasi uzun va keng bo‘lib, uning ikki uchiga
yog‘och dastalar o‘rnatiladi. Bu dastalarning o‘q chizig‘i arra tanasi
bilan bir xil tekislikda o‘rnatiladi. Sarjin arrani g‘albo‘r arra deb ham ataladi. 
Ularning tanasi turli uzunlikda tayyorlanadi. Taxtabo‘r arra yo‘g‘on yog‘ochlardan 
ikki kishi bo‘lib taxta tilishda ishlatiladi. Bu arradan foydalanishda yog‘ochni taxta 
tiluvchilarning biri uning ostida va ikkinchisi ustida turib arralashlari uchun 
maxsus tayyorlangan joyga mahkamlanadi. Taxtabo‘r arraning dastalari uning 
tanasi tekisligini ikki yoniga tik chiqib turadigan xolatda o‘rnatiladi.
Arralar vazifasiga ko‘ra qirquvchi, tiluvchi arralariga bo‘linadi. Bu
arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi. Qirquvchi arralar yog‘ochni 
ko‘ndalang qirqish uchun ishlatiladi. Ularning tishlari teng yoki uchburchak 
shaklida bo‘lib, ular arra tanasining davomidan o‘tkir uchlari tashqariga tik 
yo‘nalgan holda chiqariladi. Tiluvchi arralar yog‘ochni bo‘yiga arralab tilish uchun 
ishlatiladi.
Ularning tishi o‘tkir burchakli bo‘lib, ular arra tanasi davomidan
tashqarida tik yo‘nalgan uchburchak shaklida chiqariladi. Duradgorlik iskanalari. 
Yog‘och materiallardan turli xil buyumlar tayyorlashda ularning qismlari 
ko‘pincha “tirnoq” chiqarish yo‘li bilan biriktirilib, bunda o‘yish-teshish ishlari 
bajariladi. 
Bu 
maqsadda 
har 
hil 
duradgorlik 
iskanalaridan 


foydalaniladi.Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi va o‘yuvchi 
iskanalarga bo‘linadi. 
Yo‘nuvchi 
iskanalar 
yordamida 
yo‘nish 
yo‘li 
bilan 
taxtalarning
chetlariga faska chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib 
kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi.
Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar yordamida 
bajariladi. Yo‘nuvchi iskanalar yupqa,o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bundan 
qat’iy nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning 
eni 4 mm dan 40 mm gacha, o‘yuvchi iskanalarning eni 6 mm dan 20 mm gacha 
bo‘ladi. 
O‘yish-teshish ishlarida quloq, uya va teshiklarning kengligiga qarab unga mos 
iskanalar tanlanadi. Teshik enidan katta iskana ishlatishga ruxsat etilmaydi. Kichik 
o‘lchamdagi iskanalar bilan esa katta teshik va uyalarni ochish ham mumkin. 
Yog‘och taxtalarni yo‘nish, o‘yish-teshishda nov shaklidagi iskanalar ishlatiladi. 
Ular yordamida silindrik teshik va uyalar o‘yish, sirtlarda nov ochish ishlari 
bajariladi. Nov shaklidagi iskanalar har xil o‘lchamda tayyorlanadi.
Iskanalar bir tomonlama charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning o‘tkirlik (charxlash) 
burchagi 18–25°, o‘yuvchi iskanalarning o‘tkirlik burchagi 25–35° atrofida 
bo‘ladi. 
Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrag‘och, yong‘oq kabi pishiq 
yog‘ochlardan 
tayyorlanib, 
uchiga 
metall 
halqa 
kiydiriladi.
Halqalar iskanaga bolg‘a bilan urishda dastani yorilishdan saqlaydi.
Iskanalar yog‘och to‘qmoq bilan uriladi. Iskana dastalariplastmassadan ham 
tayyorlanadi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling