Mixlar, shuruplar, katta burama mixlar, boltlar, burchakli temirlar (ugolniklar), ust-
qo‘ymalar, tortqilar, tokchaushlagichlar shular jumlasidandir.
Mixlar kam karbonli toblanmagan och rang po‘lat
simlardan sovuqligicha
shtamplab yasaladi, qanday maqsadda ishlatilishiga qarab, ular binokorlik mixlari,
gul qog‘ozga qoqiladigan mixlar,
suvoq mixlari, tolga qoqiladigan mixlar va
pardoz mixlariga ajratiladi.
Binokorlik mixlarining ko‘ndalang kesimi dumaloq (kamdan-kam
hollardagina kvadrat shaklida bo‘ladi); duradgorlikda bo‘yi 7-90 mm, yo‘g‘onligy
0,7-3,5 mm li mixlar ishlatiladi. Yirik mixlar (diametri 120-150 -200 mm li)
yelimlab yasalgan va mixlangan yog‘och binokorlik konstruksiyalarini
birlashtirish,
shuningdeq, duradgorlik usulida tayyorlangan pardevorlarni,
panellarni, to‘sinlarni joyiga o‘rnatib mixlash uchun kerak bo‘ladi. Duradgorlik
usulida qurilish buyumlari yasaladigan ishxonalarda va
mebelsozlik korxonalarida
mixlardan tashqari shpilkalar, ham ishlatiladi; shpilkalar qalpoqsiz ingichka mixlar
bo‘lib, qoplamalar, raskladkalar, shtabiklarni mahkamlash uchun qo‘llaniladi. Bu
buyumlarning asosiy detallari yelimlab
birlashtiriladi, u kamdan-kam hollardagina
shuruplar bilan mahkamlanadi.
Gul qog‘ozga qoqiladigan mixlar dumaloq bo‘lib, uzunligi -30 mm,
yo‘g‘onligi 1,4-2,2 mm bo‘ladi. Ular mebel va duradgorlik buyumlariga gulli
materiallar -to‘qima, dermatin, charm qoplash uchun ishlatiladi.
Buyumning ustki
yuzasiga ishlatiladigan shaklli mixlarning‘ ustidan qoplangan qo‘shimcha qalpog‘i
bo‘ladi, bu qalpoq jez, bronza yoki tunukadan har xil kattalikda, shaklda,
naqshli
qilib yasaladi.
Suvoq mixlarining uzunligi 30-40 mm, yo‘g‘onligi shunga yarasha 1,8 va 2
mm. Ichki pardevorlar va qavatlar. orasidagi yopmalarga ishlatiladigan shitlarga
rezgi taxtalar qoqishda shu mixlardan.foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: