2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MMT 2 mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shisha listlar
Shishalar. Shishalar kvars qumi, soda va ohaktoshdan iborat aralashmani
pechlarda 1200-1500°С temperaturada eritish yo‘li bilan tayyorlanadi. Shishani cho‘zib, yoyib, presslab, sovitib turli shakldagi buyumlar yasaladi. Shishaning va shisha buyumlarning juda ko‘p xili chiqariladi, quyida mebel va yog‘ochsozlik ishlarida qo‘llaniladigan shishalar to‘g‘risida to‘xtab o‘tamiz. Shisha listlar. Sanoat shisha listlarning quyidagi xillarini chiqaradi: deraza oynasi, vitrinalarga moslangan yassi va egilgan oynalar, prilavkalar uchun moslab egilgan oynalar, mustahkam oyna, toblangan oyna - «stalinit», naqshli oyna, xira oyna, «moroz», taram-taram novli oyna, biologik nurlarni o‘tkazadigan o‘ta tiniq oyna, rangli oyna. Oynalar silliqlangan va silliqlanmagan bo‘lishi mumkin. Deraza oynasi yassi listlar holida chiqarilib, o‘lchami 250x250 dan 2000x2200 mm gacha, qalinligi 2 dan 6 mm: gacha bo‘ladi (standartga muvofiq dopusk qoddiriladi). Deraza oynasi rangsiz, tez kesiladigan bo‘lib, binolarning deraza va eshiklariga o‘rnatish uchun ishlatiladi. Deraza oynasini maxsus usulda ishlab, birmuncha boshqacharoq oyna hosil qilinadi. Qalinligi 4-5 mm bo‘lgan egilgan oyna do‘konlarning prilavkalariga o‘rnatiladi. Qalinligi 1,5-5 mm bo‘lgan mustahkam oyna juda mustahkam oyna talab qiladigan joylarga o‘rnatiladi. Toblangan oyna «stalinit» juda mustahkam va issiqqa chidamli bo‘ladi. Oynavand devorlarga, ya’ni yon cho‘plari va boshqa maxsus ihotalari bo‘lmagan oyna tavaqali eshiklarga ishlatiladi. Qalinligi 3-6 mm bo‘lgan xira oyna deraza oynasining bir yoki ikkala yuzasiga qum oqimining ishqalishidan hosil bo‘ladi, bu maqsadda qum sepadigan apparatdan foydalaniladi. Apparatdan katta tezlikda tushayotgan qum oqimi shishaning yuziga urilganligidan shisha xira tortadi. Bu xil oynalar yorug‘likni o‘tkazadigan xira oyna talab qilingan hollarda ish-latiladi. «Moroz» deb ataluvchi, naqshlari yaxlagan deraza oynasini eslatuvchi oynalar xira oynalarning bir turidir. Taram-taram novli oyna deganda, tayyorlagan vaqtda yuziga bir-biridan 10- 30 mm masofada parallel do‘mboq chiziqlar tortilgan oyna tushuniladi. Uning tiniq xilli ham, xira xili ham bo‘ladi. Bunday oyna yorug‘lik nurlarini qisman tarqatadi, lekin buyumlarni u orqali ko‘rib bo‘lmaydi. Taram-taram novli oynaning qalinligi 4-5 mm. Bunday oyna asosan eshiklarga va pardevorlarga ishlatiladi. Biologik nurlarni o‘tkazadigan o‘ta tiniq oyna juda sof xom ashyodan tayyorlanadi, o‘ta tiniqligi va ultrabinafsha nurlarni o‘tkaza olishi bilan ajralib turadi. Bunday oynalar bolalar yaslilari, bog‘chalari, davolash muassasalari hamda oranjeriyalar uchun ishlatiladi. Ularning o‘lchami deraza oynalariniki kabidir. Naqshdor oynalar yuzi 400x400 dan 1200x1800 mm gacha, qalinligi 3-6,5 mm bo‘lgan listlar holida chiqariladi (uzunligiga va eniga ±3 mm, qalinligiga esa deraza oynalarniki singari dopusk beriladi). Bunday oynaning bir yoki ikkala tomoniga tayyorlanish vaqtidayoq bo‘rtma naqshlar solingan bo‘ladi. Naqshdor oyna rangsiz, xira va rangli bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda mebellarga silliqlab yaltiratilgan va qalinligi 4-7 mm bo‘lgan oddiy oyna ishlatiladi. Bunday oynalar mebel yasaladigan korxonaning o‘zida zarur kattalikda kesiladi. Mebellar ko‘zgusi ikkala tomoni silliqlab yaltiratilgan oynalardan bir tomoniga kumush nitrat eritmasi surtib yasaladi. Mebel ko‘zgulari to‘g‘ri to‘rtburchak va boshqa har xil shakllarda chiqariladi, chetlarida enli fatsetlari va orqa tomonida faskasi bo‘ladi. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ko‘zgularning kattaligi 200x600 mm dan 700x1500 mm gacha, oynasining qalinligi 5-9 mm. Standartda ko‘zgularning o‘lchamlari va shakllari ko‘rsatilmaydi. Shakldor ko‘zgular buyurtmalarga muvofiq yasaladi. Katta gabaritli ko‘zgular quyidagi o‘lchamlarda chiqariladi: uzunligi 4300 mm gacha, eni 2900 mm gacha va qalinligi 10 mm gacha bo‘ladi. Bunday ko‘zgular jamoat binolarini ichdan pardozlash uchun ishlatiladi. Eshik va derazalarga ishlatiladigan har xil shakldagi, o‘lchamdagi, ko‘rinishdagi va rangdagi shisha bandlarning odatda metall yoki plastmassa gardishi (hoshiyasi) bo‘ladi. Bunday bandlar eshik va derazalarga o‘rnatilishdan tashqari, xonalarni bezatish uchun ham xizmat qiladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling