2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MMT 2 mavzu (1)
Furnituralar.
Ko‘rinishiga, ishlatilish joyiga va mebelning materialiga qarab mebel furniturasining shakli, o‘lchami, tuzilishi va pardozi ham xilma-xil bo‘ladi. Furnitura o‘zining asosiy vazifasini bajarishdan tashqari, mebeldan foydalanishni qulaylashtiradi va uni bezatadi. Hozirgi vaqtda mebellar rangli metallardan yasalgan bezaklar, suyak va sadaflar bilan bezatilmaydi, desak xato bo‘lmaydi. Sharnirlarining sterjenlari chiqarilmaydigan qilib yasalgan, kichikroq o‘lchamdagi tavaqali oshiq-moshiqldr sodda mebellargagina ishlatiladi. Tovonli to‘g‘ri hamda burchak oshiq moshiqlari (begunki) tavaqali yonbosh va burchak oshiq-moshiqlari hamda ikki sharnirli (lomberli) oshiq-moshiqlar, royal oshiq- moshiqlari, qalpoqchali yoki bochkasimon, olinadigai oshiq-moshiqlar eng ko‘p ishlatiladi. Mebel oshiq-moshiqlari: 16) tovonli to‘g‘ri oshiq-moshiqlar; b) burchakka o‘rnatiladigan tovonli oshiq- moshiqlar va yon tomonga, o‘rnatiladigan tavaqali oshiq-moshiqlar; g) burchakka o‘rnatiladigan tavaqali oshiq-moshiqlar; d) royal oshiq- moshiqlari; ye) qo‘sh sharnirli (lomber) oshiq-moshiqlar; j) qalpoqli (bochkasimon) olinadigan oshiq-moshiqlar. Oshiq-moshiqlar tanlashda mebelning xilini va konstruksiyasini nazarda tutish kerak; masalan, tovonli oshiq-moshiqlar va tavaqali to‘g‘ri oshiq-moshiqlar eshiklari urib ochiladig‘an shkaflarga ishlatiladi, tavaqali yonbosh va burchak oshiq-moshiqlari eshiklari tashqariga ochiladigan shkaflarga, ikki sharnirli oshiq- moshiqlar esa suriladigan stollarga ishlatiladi. Mebel eshiklariga va tortmalariga o‘rnatiladigan qulflar eshik qulflaridan kichikroq bo‘ladi, ular o‘yib o‘rnatiladigan, kesib o‘rnatiladigan va ustdan o‘rnatiladigan qulflarga ajratiladi. Mebellarning eshiklariga o‘yib o‘rnatiladigan shpingaletlar eshik shpingaletlaridan biroz kichikroqdir, ularning ust (ko‘rinib turadigan) tomoni ko‘pincha rangli metallardan yasaladi yoki nikellanadi. Mebellarga shpingaletlar o‘rniga ko‘pincha zadvijkalar (lo‘kidonlar) o‘rnatiladi, ular mebel eshigining yuqorisiga va pastiga ichki tomondan o‘rnatiladi. Ustdan o‘rnatiladigan shpintalet eng ko‘p tarqalgan. Uning yaxshi tomoni shundaki, u eshikning tob tashlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Zashchyolkalar ko‘pincha sharikli qilib yasaladi. Sharikli zashyolka Mebellarning bandlari yoki tutqichlari xilma-xil bo‘ladi. Ular ko‘rinishi jihatidan skobasimon, knopkasimon, halqasimon va tomchisimon bandlarga ajratiladi. Agar bandlarning ustidan qoplanadigan plastinkasi bo‘lmasa yoki plastinkada kalit uchun teshik qoldirilmagan bo‘lsa, u holda eshikka kalit uchun o‘yilgan teshikning devorchalari yemirilmasligi uchun, teshikka kalit shakli berilgan detal (klyuchezina) o‘rnatiladi; bu detal eshikka o‘yib o‘rnatiladi yoki ustidan qoplanadi, u metall, plastmassa va suyakdan yasaladi. Mebel tutqichlari va kalitdonlar Furnituraning barcha detallari mustahkam, o‘tmas qirrali, burchaksiz va pitirsiz bo‘lishi kerak. Detallarning ustki yuzasida hech qanday nuqson bo‘lmasligi, tushirilgan naqshi yoki o‘yib solingan bezaklari ochiq bilinib turishi lozim. Qulflar, shpingaletlar, zashchyolkalar, lo‘kidonlar hech qanday kuch talab qilmasdan va taqillamasdan bemalol , ishlashi lozim. Furnituralar zavodda odatda yumshoq qog‘ozga bitta-bittadan o‘ralib, yashikka komplekti bilan joylanadi. Ularni yopiq, quruq binolarda yashikda saqlash kerak. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling