2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MMT 2 mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shpingaletlar
Knopkasimon bandlar xonadan-xonaga o‘tiladigan eshiklardagina bo‘ladi.
Ular yog‘och, shisha va plastmassadan yasaladi. Fallar eshik bandlarining bir turidir. Fal G shaklidagi tutqich bo‘lib, eshikni ochish uchun uni burish kerak, chunki bu tutqich eshikning qulfiga to‘rt qirrali sterjen yor-damida birlashtirilgan bo‘ladi. Deraza bandlari eshik bandidan kichikroq bo‘ladi, ularning tuzilishi ko‘p xilda bo‘lmasada, shakli xilma-xildir; ular ko‘pincha shisha va plastmassadan yasaladi. Bir xonaga, zalga o‘rnatiladigan deraza bandlari bir komplekt qilib tayyorlanishi, komplektdagi bandlarning materiali, arxitektura jihatidan bezatilishi va pardozlanishi bir xilda bo‘lishi lozim. Bandlarning tutqichlari mahkam biriktirilgan bo‘lishi, panja yoki plankalari silliq va eshik yoki deraza tazaqasiga jips yopishib. turishi kerak. Bandlar jufti bilan (o‘ng va chap) hisobga olinadi. Qurilishga ham ana shunday topshiriladi. Qulf eshiklargagina o‘rnatiladi. Ko‘pincha o‘yib o‘rnatiladigan qulflar ishlatiladi. Tashqaridan uyga kiriladigan eshiklarga ko‘pincha shiqillab bekiladigan avtomat qulflar o‘rnatiladi. Shpingaletlar kalitsiz qulf hisoblanadi. Eshik shpingaletlari ikki tavaqali- eshikning chap tavaqasiga (yon qirrasiga) o‘yib o‘rnatiladi. Ular eshikni yopilgan holda ushlab turadi. Yuqorigi shpingaletning uzunligi 370 mm, pastki shpingaletniki 230 mm bo‘ladi. Deraza shpingaleti deraza tavaqasining boshidan oxirigacha yetib turadigan metall sterjendan iborat. Sterjen yaxlit, buriladigan yoki suriladigan ikki qismdan iborat bo‘ladi. Shpingalet bilan richag orqali ulangan bandni buraganda sterjenning bir qismi yuqoriga va ikkinchi qismi pastga surilib, uchlari deraza romining qo‘zg‘almas qismlariga biriktirilgan metall vtulkalarga kiradi, shu tarzda deraza tavaqalarini bekitadi. Bunday shpingalet suriladigan shpingalet deb ataladi. Tortuvchi shpinga- let ham bo‘ladi, deraza bandini buraganda shpingalet sterjeni burilib, tepa qismidagi va ostki tomonidagi ilmoqlari bilan deraza tavaqasini romga jips tortadi. Ostanovlar: a) rezina amortizatorli va ilgakli ostanov. b) prujinalanadigan ushlagichli ostanov; d) rezina amortizatorli ostanov Eshik shpingaletlarining suriladigan qismlari yengil, ravon, qiyshaymasdan va g‘ijillamasdan harakatlanishi lozim. Deraza shpingaletlarining suriladigan sterjenlari vtulkalarga erkin, g‘ajilmasdan kirib turishi va liqillamasligi shart. Korxonada shpingaletlar komplekt holda berilishi lozim. Deraza lo‘kidonlari juda sodda tuzilgan bo‘lib, yuqorigi va pastki lo‘kidonlarga ajratiladi. Ularnint ba’zan shpingalet deb atalishi noto‘g‘ridir. Hilma-xil tuzilishdagi eshik va deraza lo‘kidonlari, zadvijkalari hamda ilmoqlar ham kalitsiz qulflar jumlasidandir. Yopilgan eshik yopiqligicha turishi uchun ularga alohida g‘altaklar o‘rnatiladi yoki eshik qulfining o‘zida shunday g‘altaklar bo‘ladi. Eshik va deraza tavaqalarmni ochiqligicha ushlab turadigan asboblar ostanovlar deb ataladi, bu asbobning rezina amortizatorlari, prujinali tutqichlari yoki ilmoqlari bo‘ladi. Eshiklarni yopishga yordam beradigan asboblar qatoriga richagsiz prujinalar, richagli prujinalar va pnevmatik prujinalar kiradi. Deraza va eshik asboblari odatda nuqul metalldan, ba’zan esa metall bilan plastmassadan yasaladi. Hozirgi vaqtda asosan alyuminiy qotishmalardan tayyorlanadigan asboblarning yangi konstrukskyasi ishlab chiqilmoqda, bunday asboblar keyinchalik anodlanadi. Yangi konetruksiyadagi asboblar ancha yengil, ixcham va chiroylidir. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling