2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi


Eshik va derazalarga ishlatiladigan tavaqali oshiq-moshiqlar


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana17.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1520060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MMT 2 mavzu (1)

Eshik va derazalarga ishlatiladigan tavaqali oshiq-moshiqlar. Eshik va 
deraza tavaqalarini osish uchun hamda ko‘tarib ochiladigan, tushirib ochiladigan 
framugalarni va fortochkalarni birlashtirish, uchun xizmat qiladi. Har qaysi oshiq-
moshiq sharnirli ikkita tavaqadan tuzilgan. Har bir tavaqa bitta po‘lat plastinkadan 
iborat, plastinkaning bitta uzala qirrasi o‘yilgan, buning natijasida hosil bo‘lgan 
chiqiqni bukib sharnir hosil qilinadi (bukma tavaqalar). Tavaqa ikkiga buklangan 
enli plastinkadan yasalgan bo‘lishi ham mumkin, bu holda plastinkaning bukilgan 
joyi sharnir hosil qiladi. 
Tavaqali oshiq-moshiqlar tuzilishi jihatidan quyidagi xillarga ajratiladi: 
sterjeni olinadigan sharnirli oshiq-moshiq (bautom), sterjeni bitta tavaqaga 
olinmaydigan qilib o‘rnatilgan yarim sharnirli oshiq-moshiq, sterjeni sharnirdan 
mutlaqo chiqmaydigan sharnirli oshiq-moshiq; olinmaydigan oshiq-moshiqlar. 
Tavaqali oshiq-moshiqlar: 
a) bukma tavaqali; b) qayirib o‘rnatilgan tavaqadi; d) eshik tavaqasi yoki deraza 
romi yon cho‘pining qalinligiga qarab oshiq-moshiq tanlash; e) sharnir sterjeni 
olinmaydigan qilib mahqamlangan oshiq-moshiq; f) sterjeni bir tavaqaga 


olinmaydigan qilib mahkamlangan yarim sharnirli oshiq-moshiq; g) sterjeni 
sharnirdan olinadigan oshiq-moshiq; h) naplavli tavaqalar osiladian oshiq-moshiq 
Qimirlamaydigan sterjenlardan sharnirlarni chiqarish uchun eshik yoki 
deraza tavaqalarini ko‘tarib bo‘lmaydigan hollarda sterjeni olinadigan oshiq-
moshiqlar ishlatiladi; Bunday eshik yoki deraza tavaqalarini olish uchun oshiq-
moshiqlar bir-biridan chiqarish kifoya. Sterjenlarni sharnirlardan chiqarish uchun 
eshik yoki deraza tavaqalarini ko‘tarsa bo‘ladigan hollarda yarim sharnirli oshiq-
moshiqlar ishlatiladi. Sterjeni sharnirlardan olinmaydigan qilib mahkamlangan 
oshiq-moshiqlar kichikroq deraza tavaqalari va framugalar, fortochkalar uchun 
ishlatidadi. Ularni olish uchun har bir oshiq-moshiqning bitta tavaqasi kesakidan 
ajratiladi. Tavaqali oshiq-moshiqlarni tanlashda deraza tavaqasining yoki eshik 
tavaqalarining o‘lchamlarini hamdaeshik yon cho‘plarining qalinligini e’tiborga 
olish kerak. Oshiq-moshiqning uzala chetidan eshik yoki deraza tavaqasi 
brusogining yon qirrasigacha bo‘lgan oraliq (oshiq-moshiqning va brusoklarning 
o‘lchamlariga qarab) 6-11 mm bo‘lishi lozim. 
Oshiq-moshiq tavaqalarining qing‘ir-qiyshiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Oshiq-moshiq tavaqalarini juftlashtirganda yuzalari. bir-biriga yopishib turishi, 
oshiq-moshiqning bukilgan joyidagi trubka tavaqaga jips tegib turishi, tavaqa bilan 
trubkaning egilgan cheti orasidagi tirqish 0,3 mm dan katta bo‘lmasligi lozim. 
Shuruplar qalpog‘i tushib turadigan teshikning cheti to‘g‘ri zenkovka qilingan va 
silliq bo‘lishi, shurupning tekis qalpog‘i shu uyaga botib, tavaqa yuzi bilan bir 
tekis bo‘lishi lozim. Oshiq-moshiqlar g‘ijillamasdan va liqillamasdan bemalol 
ochilishi va yopilishi kerak. Oshiq-moshiqlarga qo‘shib beriladigan shuruplar, 
komplekti alohida paketga solinadi. Oshiq-moshiqlar pachka qilib bog‘lanib, qalin 
qog‘ozga o‘raladi yoki karton qutiga joylanadi. 
Olinmaydigan oshiq-moshiqlar deraza romlarini va balkon eshiklari 
tavaqalarini osish uchun ishlatiladi. Ularning tavaqalari deraza yoki eshik 
tavaqalarining yon cho‘plariga (brusoklariga) va kesaki brusoklariga belgi 
qo‘yilgan joyigacha qoqib yurgiziladida, shtiftlar bilan mahkamlanadi, shtiftlar 
oshiq-moshiq tavaqasidagi teshikka kirgizilib, tavaqaga nisbatan tik qoqilishi 
lozim. 
Eshik tutqichlari, knopkasimon tutuqichlar va fal. 
Odamlar juda ko‘p kirib-chiqib yuradigan jamoatchilik binolarining eshikari 
ichkariga va tashqariga ochiladigan bo‘lishi lozim. Shuning uchun bunday eshik 
tavaqalari prujinali ikki yoqli oshiq-moshiqlarga osiladi. Eshik bandlari xilma-xil 
bo‘ladi. Yuqoridagi rasmda uch xil band ko‘rsatilgan. Ular, yaxlit metalldan 


shtamplab za parchinlab, shuningdek metall, yog‘och, shisha, plastmassadan 
yig‘ma qilib yasaladi. Tashqaridan kiriladigan, xonadan-xonaga o‘tiladigan va 
balkon eshiklari bir-biridan farq qiladi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling