2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MMT 2 mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall ugolnik
- Metall tortqilar
- Tokcha tutqichlar
- Temir buyumlar
Katta burama mixlar (gluxarlar) uzunligi 35 mm va yo‘g‘onligi 6 mm dan
ziyod bo‘lgan kvadrat yoki olti qirrali qalpoqli yirik shuruplar bo‘lib, qalpog‘i maxsus kalit bilan burash uchun moslangan. Katta burama mixlarning mebel uchun ishlatiladiganlari kvadrat qalpoqli va asosi salgina enliroq bo‘ladi. Ana shunday enly asos shayba vazifasini o‘taydi, binobarin, mixni burab kirgizganda yog‘ochning ezilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Katta burama mixlar o‘lchamlari bo‘yicha va donalab hisobga olinadi. Boltlar detallarni birlashtirish uchun xizmat qiladi. Ular xususan egib mebel yasash korxonalarida ko‘p ishlatiladi. Boltni burab kirgizganda yog‘och ezilmasligi uchun bolt qalpog‘i va gayka tagiga shayba qo‘yiladi. Boltlar o‘lchamlari bo‘yicha va donalab hisobga olinadi. Metall ugolnik (burchaklik)lar detallarning. burchaklaridagi ulangan joylarini qo‘shimcha ravishda mahkamlash uchun ishlatiladi. Metall ugolniklar Ust qo‘ymalar shuruplar uchun teshigi bo‘lgan to‘g‘ri shaklli metall plastinkalardan iborat. Ular detal (brusokning) mustahkamligi kamroq yoki sinish ehtimoli bo‘lgan joylariga bir tomonlama yoki ikki tomonlama qo‘yib mahkamlanadi. Ugolniklar bilan ustqo‘ymalar donalab va o‘lchamlari bo‘yicha hisobga olinadidi Metall tortqilar burchakliklar vintli va ponasimon bo‘lib, qismlarga ajraladigan duradgorlik buyumlarining qismlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Ularning buyum ustidan qo‘yiladigan va o‘yib o‘rnatiladigan xillari bo‘ladi. Metall tortqilar: a) ustdan o‘rnatilib vint bilai torttiriladigan; b) o‘yib o‘rnatilib vint bilan torttiriladigan; v) ustdan o‘rnatib ponalab qo‘yiladigan. Tokcha tutqichlar (polkoderjateli) korpusli mebellar ichidagi almashtirib qo‘yiladigan tokchalarni ushlab turadi. Tokcha tutgichlar burchakli temirlar biriktirilgan metall shtiftlardan iborat. Tokcha tutqichlarga shtiftlar uchun kerak bo‘ladigan metall gardishlar (pistonlar) qo‘shib beriladi. Gardishlar shkaf devorining ichki tomonidagi teshiklarga jips o‘rnatiladi, shu tufayli teshik devorchalari pachoqlanmaydi va ezilmaydi. Tokchalar tokcha tutqichlarning bir xil balandlikda (shkafning har bir yon devoriga ikkitadan) o‘rnatilgan ugolniklarida ushlanyab turadi. Tokcha tutqichlar jufti bilan hisobga olinadi. Tokcha tiragi: a) - umumiy ko‘rinishi; b - shkaf devorchasiga o‘rnatilishi; 1) devor, 2) tokcha tiragi; 3) tokcha. Temir buyumlar. Eshiklar, derazalar, framugalar va fortochkalarga ishlatiladigan har xil asboblar va oshiq-moshiqlarni temir buyumlar deb atash rasm bo‘lgan. Temir buyumlar odatda kam glerodli kul rang po‘latdan yasaladi. Buyumning sirtiga o‘rnatiladigan asboblar loklanadi, xromlanadi, nikellanadi. Eshik va deraza bandlari (tutqichlari), skobalar, knopkalar ko‘pincha metalldan va qattiq yog‘ochdan, shuningdek metall va plastmassadan yasaladi. Quyidagilar eshik va deraza asboblari bo‘lib hisoblanadi oshiq-moshiqlar, bandlar, dastalar, knopkalar, qulflar, shpingaletlar, lo‘kidonlar, zashchyolkalar, ilmoqlar. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling