2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi
Yog’och o’ymakorligi. Yogochlarga ‘o’yib naqsh solish texnologiyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MMT 2 mavzu (1)
Yog’och o’ymakorligi. Yogochlarga ‘o’yib naqsh solish texnologiyasi.
Qadim zamonlardan beri ota-bobolarimiz insoniyat vujudga keltirgan kashfiyot, ilm-fan cho’qqilarini egallab, o’z hunarlarini avloddan-avlodga o’tkazib kelmoqdalar. Hozirgi paytda yo’g’och o’ymakorligi me’morchilik bilan bir qatorda ro’zg’or buyumlariga bezak berishda keng qo’llanilmoqda. Mahalliy an’analarni avaylab, ardoqlab, ularni yangi mazmun bilan boyitgan xalq ustalari, asrlar davomida sayqal topgan qadimiy san’atning yetuk namunalarini yaratmoqdalar. Hozirgi kunda arxitektura bilan bog’liq bo’lgan ganch va yog’och o’ymakorligi tobora taraqqiy etib bormoqda. O’zbekistonda qadimdan me’morchilik va uy-ro’zg’or buyumlarini bezashda, xalq amaliy san’atining turlaridan biri yog’och o’ymakorligi keng qo’llanib kelingan. Yog’och o’ymakorligida turli naqsh uslublaridan foydalaniladi. Har bir usta o’zi yashab, ijod etgan yerdagi badiiy an’analarning o’ziga xos tomonlarini ijodida aks ettiradi. Xivalik xalq ustalari yog’ochni o’yib naqsh ishlashda yog’ochning tabiiyligini saqlab qolganlar. Buxorolik ustalar esa naqsh o’yib ishlangan buyumlarni jim- jimador qilib, uni oltinsimon va kumushsimon ranglar bilan bo’yaganlar. Qo’qonlik xalq ustalari yog’ochni o’yib naqsh solishda uni o’rta chuqurlikda o’yganlar, Toshkent xalq ustalari taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, chiziqlar orqali bajarganlar va hoshiya naqshlarini ko’p ishlatganlar, Marg’ilon ustalari o’ymkorlik ishlarining zaminini o’ta chuqur o’yganlar. Yog’och o’ymakorligi ishida buyumlar yuziga gul tushirish uchun o’lchov asboblari: metr, chizg’ich, pargal, qalam, kabilar ishlatiladi. Metrlar yog’ochdan yoki yupqa po’latdan yasalgan bo’lib, tuzulishi o’rama yoki to’g’ri, go’niya, porsi go’niya, surma go’niya kabi turlarga bo’linadi. Yog’ochlarga xilma-xil naqshalrni o’yish uchun turli ko’rinishdagi po’lat iskanalar ishlatiladi. O’yish asboblari o’yiladigan naqshning shakli va tuzilishiga qarab tanlanadi. Iskanalarni charxlash va qirovini to’kish uchun nova shaklidagi o’rtasi ariqchali va yonlari qirrali turli xil qayroq toshlar ishlatiladi. Iskanalarni charxlash vaqtida usta o’ng oyog’ini charxning to’g’risiga, chap oyog’ini bir oz yon tomonga qo’yadi. So’ng o’ng qo’li bilan iskana dastasidan ushlab, chap qo’l barmoqlari bilan iskananing tig’ini charxga bir me’yorda bosib charxlaydi. Agar qayroq suvda namlanib ishlatilsa, pichoq qirovi tez to’kiladi. Qirovi to’kilgan tig’ bosh barmoq tirnog’ining yuziga tegizib ko’riladi. Tig’ tirnoq yuziga qadalsa, o’tkirlangan bo’ladi. Bordi-yu, tirnoq yuzidan sirg’anib ketsa, hali o’tkirlanmagan bo’ladi. Charxlangan iskanalarni maxsus qutiga terib, bir-biriga tegmaydigan qilib joylash lozim. Agar quticha bo’lmasa, sochiqqa o’xshagan material orasiga qo’yib, ehtiyotlab saqlash lozim. Geometrik shakldagi, bog’dodi eshiklar raxiga ishlaniladigan “zajira” naqshlarini kesib ishlashda jarrohlik pichoqchasidan foydalaniladi. Bu asbob nihoyatda o’tkir bo’lib, uni alohida material bilan o’rab saqlash tavsiya etiladi. Yog’ochlarga xilma-xil naqshlarni o’yish uchun turli shakldagi po’lat iskanalar ishlatiladi. Iskanalar o’yiladigan naqshning shakl va tuzilishiga qarab tanlab olinadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling