2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MMT 2 mavzu (1)
Qoraqayin-sarg’ish-qizg’imtir tovlanadi, tabiiy gulli, yillik xalqalari aniq
bilinadi. Mebel sanoatida ko’p ishlatiladi. Qoraqayin yog’och o’ymakorligida juda qulay yog’och hisoblanadi. Zarang-yog’ochi oqish bo’lib, yaxshi pardozlanadi, yillik xalqalari aniq bilinmaydi. Zarang yog’ochi o’ymakorlikda, qimmatbaho mebel tayyorlashda ishlatiladi. Chinor-po’stlog’i ko’kimtir, qalin, silliq. Yog’ochi qizg’ish pushti rangli, tabiiy guli juda chiroylidir. Undan qimmatbaho mebel tayyorlashda va yog’och o’ymakorligida ko’p foydalaniladi. Chinor Farg’ona vodiysida ko’p tarqalgan, uzoq yashaydi. Jumladan, yoshi 800 yil bo’lib, aylanasi 25 metr, balandligi 32 metrli bo’lgan chinorlar ham bor. Archa-O’zbekistonning tog’li joylarida o’sadigan daraxt bo’lib, 1000 yoshgacha yashaydi. Tusi qizg’ish-pushti bo’lib, tovlanadi. Archa yog’ochidan murakkab naqshlar o’yilgan yirik ustun va qutichalar yasalgan. Yong’oq-po’stlog’i kul rang, qalin, chatnoq bo’lib, yog’ochi qizg’ish kul rang tusli, qattiq va og’ir bo’ladi. Undan ishlangan mebel buyumlar g’oyatda qadrlanadi. Yog’och o’ymakorligida esa ko’p ishlatiladi. O’rik-yog’ochining tusi qoramtir qizg’ish bo’ladi, bundan yasalgan buyum loklangandan keyin ajoyib tovlanadi. Bu daraxt yog’ochidan quticha va instruksiyalar ishlashda foydalaniladi. O’rik yog’ochidan musiqa asboblaridan surnay yasaladi. YoG‘OCh O‘YMAKORLIGIDA IShLATILADIGAN ASBOBLARNI IShGA SOZLASh VA SAQLASh QOIDALARI Yog‘och o‘ymakorligi ishida buyumlar yuziga gul tupshrish uchun o‘lchov asboblari: metr, chizg‘ich, pargar (sirkul), qalam kabilar ishlatiladi. Metrlar yog‘ochdan yoki yupqa po‘latdan yasalgan bo‘lib, tuzilishi o‘rama (ruletka) yoki to‘g‘ri, go‘niya (ugolnik), porsi go‘niya (yerunok), surma go‘niya (malka) kabi turlarga bo‘linadi (2- rasm). Yog‘ochlarga xilma-xil naqshlarni o‘yish uchun turli ko‘rinishdagi po‘lat iskanalar ishlatiladi. O‘yish asboblari o‘yiladigan naqshning shakli va tuzilishiga qarab tanla- nadi. Iskanalarni charxlash va qirovini to‘kish uchun nova shaklidagi o‘rtasi ariqchali va yonlari qirrali turli xil qayroq toshlar ishlatiladi. Iskanalarni charxlash vaqtida usta o‘ng oyogini charxning to‘rrisiga, chap oyog‘ini bir oz yon tomonga qo‘yadi. So‘ng o‘ng qo‘li bilan iskana dastasidan ushlab, chap qo‘l barmoqlari bilan iskananing tig‘ini charxga bir me’yorda bosib charxlaydi. Agar qayroq suvda namlanib ishlatilsa, pichoq qirovi tez to‘kiladi. 2- rasm Qirovi to’kilgan tig’ bosh barmoq tirnog‘ining yuziga tegizib ko‘riladi. Tig‘ tirnoq yuziga qadalsa, o‘tkirlangan bo‘ladi. Bordi-yu, tirnoq yuzidan sirg‘anib ketsa, hali o‘tkirlanmagan bo‘ladi. Charxlangan iskanalarni maxsus qutiga terib, bir-biriga tegmaydigan qilib joylash lozim. Agar quticha bo‘lmasa, sochiqqa o‘xshagan material orasiga qo‘yib, ehtiyotlab saqlash lozim. Geometrik shakldagi, bog‘dodi eshiklar raxiga ishlanadigan "zajira" naqshlarni kesib ishlashda jarrohlik pichoqchasi (skalpel) dan foydalaniladi. Bu asbob nihoyatda o‘tkir bo‘lib, uni alohida material bilan o‘rab saqlash tavsiya etiladi. Naqsh o‘yishda bir necha xil asboblardan fsydalanish talab etilishiga qaramasdan, o‘zimizda mavjud asboblar bilan chegaralanib ishlasak, iaqshning sifati o‘zgaradi va maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Yaxshisi, naqsh formalarini o‘zgartirmaydygan, chiziqlarga mos asboblarni tapdab olish kerak. Yog‘ochlarga xilma-xil naqshlarni o‘yish uchun turli shakldagi po‘lat iskanalar ishlatiladi. Iskanalar o‘yiladigan naqshning shakl va tuzilishiga qarab tanlab olinadi. Biz iskanalarning shakliga va bajaradigan ishiga qarab 8 guruhga bo‘lamiz (3- rasm). Masalan: 1. To‘g‘ri iskanalar — 4 dona bo‘lib, mayda (tig‘iniig kengdiga 1,5 mm) iskana, o‘rta iskana, katta iskanalarga bo‘linadi. Ular o‘yma naqsh elementlarining atroflarini va geometrik shakldagi bog‘dodi naqshlarning chetlarini kesishda, zamin olishda va uni tekislashda ishlatshladi. Kurakcha iskanalar 2 dona bo‘lib, tig‘ining kengligi 15—25 mm bo‘ladi. Bu iskanalarda kesadigan tig‘ning uchi bir tomonga qiya qilingan bo‘lib, kurakcha shaklida bo‘ladi. O‘yuvchi usta o‘ng qo‘li bilan iskananing dastasidan ushlab, naqsh chizig‘i ustidan, ma’lum bir chuqurlikda sanchigan hodda o‘zi tomon kesadi. Bu iskana asosan buyumlarning chetiga ensiz zanjir va hoshiya naqshlar o‘yishda qo‘llaniladi. 3. Nova iskanalar. Nova iskananing tig‘ uchi nov shaklida bo‘lib, eni 2 mm dan 15 mm gacha bo‘ladi. Bu iskana yog‘och buyumlarning yuziga turli shakldagi o‘simliksimon islimi, qavartma naqshlarni o‘yish va pardozlashda ishlatiladi. Nova iskanalar to‘rt xil: nuqta nova iskana, kichik nova iskana, o‘rta nova iskanadir. 4. Baliq sirti iskana. Bu iskanalarning tig‘i botiq, kamalaksimon ko‘tarilgan, baliq qovurg‘asi shaklida bo‘lib, tig‘ining kengligi 3, 6* 10, 15 mm gacha bo‘ladi. Yog‘ochga chizilgan naqshni o‘yish uchun usta iskanani chap qo‘lida ushlab, tig‘ini chiziq ustiga tik qo‘ygan holda bolg‘acha bilan urib kesadi. 5. Zamin iskanalar. 2 dona bo‘lib, tig‘ining kengligi 5,7 mm gacha bo‘ladi. Ular buyumlarning yuziga chizilgan islimi va girih naqshlarning zaminini o‘yib olishda ishlatiladi. 6. Chekma iskanalar. Bu iskanalar buyumlarning yuziga o‘yilgan naqshlar zaminining bir tekis bo‘lishi, naqsh chiziqlarining aniq ko‘rinishi uchun ishlatiladi. Naqshni o‘yishda o‘quvchilar iskanani chap qo‘l kaftining orasiga olib, uni tik ushlagan holda bolg‘acha bilan naqsh zaminini bir chetdan cheklab chiqadi. Chekma iskanalar bir tishli, uch tishli, besh tishli, o‘n olti tishli bo‘ladi. 7. Morpech iskanalar — 4 dona bo‘lib, tig‘ining kengligi 5, 8, 15, 20 mm gacha bo‘ladi. Bu iskanalar buyumlarga o‘yilgan naqshlarning chetlaridagi zanjira, xoshiya, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda ishlatiladi. Morpech iskana ham bolg‘acha yordamida urib ishlatiladi. 8. Kovza iskanalar — 3 dona bo‘lib, tig‘ining qengligi 5,8,12 mm gacha bo‘ladi. Bu iskanalarning to‘g‘ri tig‘li va egri tig‘li deb yuritiladigan turlari bor. Kovza iskanalar buyumlarning yuziga o‘yilgan naqsh chiziqlarining ustiga uch qirrali qavariq yo‘llar chiqarish va parallel chiziqlar tushirishda ishlatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘ymakorlik asboblari bilan buyumlarga istalgan naqshni o‘yish mumkin. Hamma yog‘ochlar daraxtlarning turiga qarab, qattiq va yumshoq grupialarga bo‘linadi. Yumshoq gruppalarga bo‘lina-digan daraxtlar igaa bargli daraxt bo‘lib meva bermaydi. Qattiq gruppadarga bo‘linadigan daraxtlar yirik yanroqli bo‘lib, mevali daraxt hisoblanadi. Igaa bargli (yumshoq) yog‘ochlar yengal bo‘lgani uchun ularni bir joydai ikkinchi joyga tashish oson. ygaa bargli daraxtlarning taxtasi to‘g‘ri, silliq bo‘lib, ulardan sifatli buyumlar tayyorlanadi. Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan daraxt turlari asosan quyidagilardan iborat: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling