2-mavzu. Yog’och, materiali xomashyolarini yo’nish, qirqish, kesish, o’yish, yig’ish va biriktirish texnologiyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MMT 2 mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kovza iskanalar
Morpech iskanalar-4 dona bo’lib, tig’ining kengligi 5, 8, 12 mm gacha bo’ladi.
Bu iskanalar buyumlarga o’yilgan naqshlarning chetlaridagi zanjira, xoshiya, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda ishlatiladi. Morpech iskana ham bolg’acha yordamida urib ishlatiladi. Kovza iskanalar– 3 dona bo’lib, tig’ining kengligi 5, 8, 12 mm gacha bo’ladi. Bu iskanalarning to’g’ri tig’li va egri tig’li deb yuritiladigan turlari bor. Kovza iskanalar buyumlarning yuziga o’yilgan naqsh chiziqlarning ustiga uch qirrali qavariq yo’llar chiqarish va parallel chiziqlar tushurishda ishlatiladi. Yuqorida ko’rsatiladigan o’ymakorlik asboblari bilan buyumlarga istalgan naqshni o’yish mumkin. Hamma yog’ochlar daraxtlarning turiga qarab, qattiq va yumshoq guruppalarga bo’linadi. Yumshoq gruppalarga bo’linadigan daraxtlar igna bargli daraxt bo’lib meva bermaydi. Qattiq gruppalarga bo’linadigan daraxtlar yirik yaqroqli bo’lib, mevali daraxt hisoblanadi. Igna bargli yog’ochlar yengil bo’lgani uchun ularni bir joydan ikkinchi joyga tashish oson. Igna bargli daraxtlarning taxtasi to’g’ri, silliq bo’lib, ulardan sifatli buyumlar tayyorlanadi. Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan daraxt turlari asosan quyidagilardan iborat: Armug’on-qalin po’stlog’i, yog’ochli yumshoq, yengil, oqish tusli bo’lib, yillik xalqalarni aniqlash qiyin, kam chatnaydi, toblanmaydi. O’ymakorlikda 80-90 yoshdagilari ishlatiladi. Qarag’ay-ignabargli daraxtlardan bo’lib, tik va to’g’ri o’sadi, yorish, arralash va randalash juda oson. Qarag’ayning po’stlog’i qalin, to’q jigarrang, yog’ochli oqish pushti rangli smolali bo’lib, namga chidamlidir. Uning yillik xalqalari aniq ko’rinadi. Qarag’aydan qurilishda, kemasozlikda, duradgorlikda keng foydalaniladi, o’ymakorlikda juda kam, asosan panjara to’qish uchun ishlatiladi. Terak-ikki xil bo’ladi, baqaterak va mirzaterak. Baqaterakning po’stlog’i silliq, rangi oq-ko’kish bo’lib, tanasi uncha to’g’ri bo’lmaydi, yog’ochi oqish tuslidir. Mirzaterakning po’stlog’i sarg’ish silliq, tanasi to’g’ri bo’ladi. Yog’ochi oqish tusda bo’lib, o’ymakorlikda keng qo’llaniladi. Undan bog’dodi eshiklar tayyorlanadi va panjara to’qiladi. Oqqayin– po’stlog’i oqish, unchalik qalin emas, yog’ochi qattiq, oqish, yillik xalqalari aniq bilinmaydi. Oqqayin o’ymakorlikda kam ishlatiladi. Undan asosan faner ishlab chiqariladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling