2–sho’ba ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturi talablari orqali o‘qitish metodologiyasini takomillantirish


Download 1.85 Mb.
bet65/78
Sana21.07.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1661534
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Bog'liq
2-sho\'ba B.Umarov 2023 тахрир турт

Калит сўз ва иборалар: hadis, islom imomlari, qisqa hikmatli so‘zlar, she’riy tarjima qilish an’anala, xalifa, tarjima qilish, adabiy muhit.


АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается история становления и дальнейшего развития традиций поэтического перевода хадисов и кратких мудрых слов исламских имамов. В период после 10 века предпринимались попытки составления и перевода кратких хадисов и мудрых слов первых халифов. Эта литературная традиция поднялась на новый уровень в творчестве Абдуррахмана Джами и Алишера Навои, крупных представителей гератской литературной среды. После создания произведений Навои «Арбаин» и «Назм уль–Джавахир» в тюркской литературе продолжилась традиция поэтического перевода кратких хадисов и мудрости.
Ключевые слова и фразы: хадисы, исламские имамы, короткие слова мудрости, традиция поэтического перевода, халиф, перевод, литературная среда.
ANNOTATION
This article discusses the history of formation and further development of traditions of poetic translation of hadiths and short wise words of Islamic imams. In the period after the 10th century, attempts were made to compile and translate short hadiths and wise words of the first caliphs. This literary tradition rose to a new level in the works of Abdurrahman Jami and Alisher Navoi, great representatives of Herat's literary environment. After the creation of Navoi's works "Arbain" and "Nazm ul–Javahir", the tradition of poetic translation of short hadiths and wisdom continued in Turkish literature.
Key words and phrases: hadith, Islamic imams, short words of wisdom, poetic translation tradition, caliph, translation, literary environment.

Arabcha “hadis” so‘zi “so‘z”, “kalom”, “hikoya”, “naql” degan ma'nolarni anglatadi. Ba'zi bir manbalarda islom imomlari so‘zlari mavridida ham hadis istilohi ishlatilgan bo‘lsada, diniy–ilmiy kitoblarda “hadis” deyilganda, Muhammad payg‘ambar (sav)ning aytgan gap–so‘zlari, payg‘ambar hayotidan olingan naqllar nazarda tutiladi. Islom olamida hadislarni to‘plash, ularni saralash va tartibga solish an'analari boshlanishidan ma'lum muddat o‘tgach zamonaning fozil kishilarida qisqa hadislardan ham to‘plam tuzish fikri paydo bo‘lgan. Islomiy sharqda tarjimachilikning ikkinchi marhilasi sifatida e'tirof etilgan X asrdan keyingi davrda turli nomlar bilan, jumladan, “Qirq hadis”, “Yuz hadis”, “Bir yuzu bir hadis”, “Ming bir hadis” va hokazo nomlari bilan islom payg‘ambarining hadislari to‘plamlari paydo bo‘la boshlaydi. Qozi Kuzzoiyning 453/1061 yilda ta'lif etilgan “Shihob–ul–axbor” nomli kitobi ham ana shu turdagi asarlardan bo‘lib, xalq orasida juda mashhur bo‘lgan. Shuning uchun mazkur asar tarjimon va sharhlovchilar tomonidan bir necha bor tarjima qilingan va sharhlangan [6]. Mashhur sharhlardan biri sifatida esa Qutbiddini Rovandiy sharhi tilga olinadi [5].


IX – X asrlarda Xuroson va Movarounnahrda hukumat mahalliy hukmdorlar qo‘liga o‘tgandan keyingi siyosiy–ijtimoiy o‘zgarishlar tarjimachilik an'analari, ikki til o‘rtasidagi (Interlingual translation) va bir til ichidagi (Intralingual translation) tarjimaning “tahrir”, “tahzib”, “talxis”, “sharh”, “tafsir” kabi uslublaridan keng foydalanilgan tarjimalar vujudga kelishiga zamin hozirlagan. Bu marhalada Payg‘ambar (sav) qisqa hadislari bilan birga ilk xalifalaring hikmatli so‘zlarini to‘plam holiga keltirish, tarjima qilish an'analari boshlangan va keyingi asrlarda yangi shakl va ko‘rinishlarda davom etgan. X – XV asrlar davomida arab adabiyotida “Abu Bakr Siddiqning yuz so‘zi”, “Umar Xattobning kalimalari”, “Usmon Affonning yuz so‘zi”, “Ali ibn Abutalibning yuz so‘zi” nomli ko‘plab to‘plamlar tuzilgan. Albatta, mazkur tarixiy davrda Sanoiy G‘aznaviy, Attor Nishopuriy, Jaloliddin Rumiy va boshqa shoirlar ijodida qur'oniy qissalarga murojaat qilish, yo hadislar mazmunini she'riy shaklda berish namunalari ko‘p nazarga tashlanadi. Ammo qisqa hadis va hikmatlarning to‘plam shakliga kiritish, ularni sharhlash, she'riy tarjimalarini amalga oshirish an'analari o‘ziga xos taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan.
XV asrga Hirot adabiy muhiti yirik namoyandalari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodiyotida bu an'analar davom etganligini mushohada qilishimiz mumkin. Jomiyning “Chihil hadis” (“Qirq hadis”) asari vujudga kelishiga o‘ninchi asrda Nishopurda yashab o‘tgan mashhur so‘fiylardan biri Abuabdurrahmon Sulamiy (936–1012 yy.) tomonidan ta'lif etilgan “Arba'ina fi–t–tasavvuf” asari ta'sir ko‘rsatganini tadqiqotchilar e'tirof etganlar [1, 141–b]. Alisher Navoiy ustozi va rahnamosining bu asaridan ilhomlanib, “Arba'in”da Rasul (s)ga hamd yo‘llashdan keyin “Sababi ta'lifi manzuma”ni quyidagicha sharhlagan:
Ul safo ahli pokfarjomi,
Pokfarjomu pokfar Jomiy.
Nasr ila nazmin murakkab etib,
Forsiy lafz ila murattab etib,
“Arba'in”e chiqardikim, jonlar,
Balki qirq arba'in chiqorg‘onlar.
Toptilar anda nash'ai maqsud,
“Arba'in”din nechukki, ahli shuhud,
Forsiydonlar aylabon idrok,
Oriy erdi bu naf'din atrok.
Istadimki, bu xalq ham bori
Bo‘lmag‘aylar bu naf'din oriy... [2, 255–b.]
Alisher Navoiy g‘azallari va nazm qilgan dostonlarida ham hadislarga murojaat qilgan. “Saddi Iskandariy” masnaviysida mashhur hadislar tarjimasi bo‘lgan ikki bayt keltirilgan. Uchinchi hadis ham Payg‘ambar (sav)ning qaysi zamonda dunyoga kelgani haqida:
...Ne so‘zdinkim o‘tti erur bu ajab
Ki, kavnayn shohi – Rasuli arab.
Shahekim, rusul keldi xayli aning,
Bori ofarinish tufayli aning.
Qilur chog‘da Haq shukri izhorini,
Magar bu sifat surdi guftorini
Ki: “Sultoni odil zamonida dahr,
Vujudum bila berdi olamg‘a bahr.
Manga chun valodat zamoni edi,
Ulusqa adolat zamoni edi”.
Hadisida ham bu bashoratdurur
Ki, adl ahli sori ishoratdurur.
Ki, adl ichra o‘tganga bir soati,
Yerur behki, jinnu bashar toati.
Yana ham hadisedurur bu sahih
Ki, aylabdur oni bayoni fasih:
“Qolur kufr aro qolsa obod mulk,
Bo‘lur zulm agar bo‘lsa barbod mulk”.
Shah ar kufr aro adlin etsa ravon,
Tuzar mulkin andoqki Nushiravon... [3, 128– b.]
Islom imomlaridan Ali ibn Abitolib qisqa hikmatlarini nazm qilishga bel bog‘lagan Navoiy “Hazrati amir so‘zlari”, xususan, “Hazratning valoyat daryosidin chiqqon samin lu'lular” va “karomati ummonidin hosil bo‘lg‘on garonmoya injular”, ya'ni “Nasr ul–laoliy”dan bahra topganligi va “abnoyi zamondin va afozili davrondin ba'zi” uni “forsiy uslub bila nazm silkiga” tortganlarini eslatib, bu asar tarjimasi vujudga kelishini “...Va parishon xotirg‘a va oshufta zamirg‘a bu orzu ko‘p dag‘dag‘a solur erdikim, turkiy tili bila men ham ul laolini orasta qilg‘aymen va bu muddao ko‘p taraddud yetkurur erdikim, mo‘g‘ul uslubi bila men ham ul javohirni pirosta etgaymen, to zamona navarusi zeboliq libosi ul murassa' bila ziynat topqay va sipehr masnadida anjum shohining sarafrozliq toji ul tarsi' bila mukallal bo‘lg‘ay, to andin turk ulusig‘a ham hazzi shofi va bahrai vofi muyassar bo‘lg‘ay” [4, 156–b ] mazmunidagi so‘zlar bilan sharhlagan. Alisher Navoiyning qisqa hadislar va Ali ibn Abitolib qisqa hikmatlari tarjimasidan iborat “Arba'in” va “Nazm ul–javohir” asarlari ana shu an'ana ta'sirida vujudga kelgan.
Xullas, “Arba'in” va “Nazm ul–javohir” asarlari mumtoz adabiyot shaydolari sevib o‘qiydigan asarlar sirasiga kiradi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy el bahramand bo‘lsin deb, Abdurahmon Jomiyning “Chihil hadis” asari va Abuali Fazl ibn Hasan ibn Fazl Tabrisiyning “Nasr al–laoliy” risolasining turkiy–chig‘atoiy tilidagi tahrirlarini yaratgan. Qisqa hadislar va hikmatlar tarjimasi o‘z xususiyatlariga ega va tarjima jarayonida asliyatdagi ma'nosini iloji boricha aniqroq va kitobxonga tushunarliroq tarzda yetkazish talab etiladi. O‘tmishda juda kam shoirlar bu og‘ir mas'uliyatni o‘z zimmalariga olganlar. Navoiyning mazkur asarlari vujudga kelgandan keyin turkiy adabiyotda hadis va hikmatlarni nazmda sharhlash an'anasi shakllangan. Sohirnafas shoirdan meros qolgan an'anani yangi davrda Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayid kabi shoirlar davom ettirdilar.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling