2–sho’ba ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturi talablari orqali o‘qitish metodologiyasini takomillantirish


Download 1.85 Mb.
bet68/78
Sana21.07.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1661534
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78
Bog'liq
2-sho\'ba B.Umarov 2023 тахрир турт

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, 2020 yil 23 sentabr, O‘RQ – 637;
2. O‘zbekiston respublikasining konstitusiyasi; 8.12.1992–yil,

TABIIY FANLARNING O‘QITISH ORQALI O’QUVCHILARINING ESTETIK TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH


Temirova Matluba Karim qizi
Termiz Davlat Pedagogika Isntituti o‘qituvchisi


ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada tabiiy fanlarning o‘qitish orqali o’quvchilarining estetik tarbiyasini shakllantirish, ta’lim jarayonida estetik tarbiyaning o‘rni, o‘quv jarayoniga joriy qilinishi, bilimlarni o‘zlashtirishdagi ahamiyati, o‘quvchilarda tabiiy fanlar mazmunidagi bilimlarni estetik takomillashtirish, tabiiy fanlarni o‘qitishda atrof – muhit muhofazasi, fanlararo aloqadorlik mazmuni, shakllari, o‘qitish metodlari, yo‘llari, imkoniyatlari va vositalarini maqsadga muvofiq holda ishlab chiqish haqida fikr yuritildi.
Tayanch so‘zlar: tabiiy fanlar, biologiya, ekologik tafakkur, bilim, takomillashtirish, maktab, o‘quvchilar, forma, metod, vosita, ekologik madaniyat, ko‘nikma, malaka, tabiat, jamiyat atrof–muhit, inson va tabiat.
ANNOTATION
In this article, the formation of the aesthetic education of students of natural sciences through teaching, the role of aesthetic education in the educational process, its introduction into the educational process, its importance in acquiring knowledge, the aesthetic improvement of students' knowledge in the content of natural sciences, natural sciences In education, environmental protection, the content, forms, teaching methods, ways, possibilities and means of interdisciplinary development were thought about.
Key words: natural sciences, biology, ecological thinking, knowledge, improvement, school, students, form, method, tool, ecological culture, skill, competence, nature, society, environment, man and nature.


Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun atrof olamni hayajon bilan qabul qilish xarakterlidir. Bola­lar hamma narsani qarab chiqishlari, qo’l bilan ushlab ko’rishlari, kattalarning tushuntirishlarini bajonidil tinglashlariga qaramay, atrofdagi hodisalarda ko’p narsalarni payqab ololmaydilar, chunki ular o’zlarining hissiyot va qiziqishlarini qo’zg’atuvchi ta’sirlarga e’tibor beradilar, muhim bo’lsa ham hayajon uyg’otmaydigan narsalarga e’tibor bermaydilar. SHunga ko’ra bolalarni tabiatshunoslik obyektlari bilan tanishtirib borishda ularning jozibaliligiga, go’zalligiga alohida e’tibor berish lozim.
Estetik tarbiyaning samarali vositalaridan biri tabiatshunoslik darslarida mashhur rassomlar chizgan suratlarning nusxalaridan foydalanish va o’qituvchining badiiy asarlaridan parchalarni sharhlab tushuntirishidir, chunki tabiatni shoirona qabul qilish, uni chuqurroq tushunish hamda go’zalligini his etishga yordam be­radi.
Bolalarning estetik hislarini rivojlantirishga, didu farosatlarini shakllantirishga va bilim doiralarini kengaytirishga tabiatga ekskursiyalar uyushtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Tabiatni o’rganish uni este­tik qabul qilish bilan uyg’unlashishi kerak. CHunki, bola tabiatini qancha chuqurroq idrok qilsa, shuncha u bolaga shodlik bag’ishlaydi, uning oldida tabiat har tomonlama namoyon bo’ladi.
Bolalarda tabiatdagi mehnatga ijodiy munosabatni (maysazorlar, xiyobonlar, istirohat bog’larini shakllantirish) tarbiyalash kerak. Tirik tabiat burchagi, o’quv –tajriba maydonchasidagi ishlar, uy vazifasi va yozgi topshiriqlarni rasmiylashtirish, sinfdan tashqari ishlar (sinfdan tashqari o’qish uchun kitoblar tanlash, ko’rgazma, ertaliklar tashkil qilish) shunga xizmat qilishi mumkin. Biroq barcha e’tibor faqat tabiat ob’ektlari bi­lan zavqlanishga qaratilsa, estetik tarbiya ta’sirli bo’lmaydi.
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida estetik tar­biya har tomonlama, rejali ravishda, o’quvchilarning tabiat bilan muloqotda bo’lishlarining barcha shakllarini hisobga olgan holda olib borilmog’i lozim.
Estetik did estetik ongning muhim tarkibiy qismlardan biri bo’lib, his – tuyg’u va tafakkur birligi, inson o’zligini ifodalovchi bahodir. Estetik didga ega bo’lgan inson atrof – muhitni go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va tubanlik, fojiaviylik va kulgililik kabi mezoniy tushunchalari orqali ko’zdan kechiradi. Yuksak estetik didga ega bo’lishi o’zinigina emas, atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu qobiliyat tabiiy – tug’malikka borib taqalsa – da, ammo o’zini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali ro’yobga chiqaradi. Estetik did ham aqliy (fahm), ham axloqiy (farosat), ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iboratdir.
Estetik tarbiya – eng avvalo har bir kishida badiiy hissiyot tuyg’ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his – tuyg’ular va ko’nikmalarning o’sib borishi jarayonida insonning o’zi ham ma’naviy boyib, hayoti yanada sermazmun bo’ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan mehr – muhabbati ortib boradi. Bularning hammasi har bir insonda go’zallikni xunukdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi.
Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did – farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda – har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan.
Donolardan biri go’zallik axloq – odobning tug’ishgan singlisidir, degan edi. Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o’zaro chambarchas bog’liq holda amalga oshiriladi. Chunki, nafosat tarbiyasining natijasi axloq – odobda, chiroyli xatti –harakat, go’zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda ko’rinadi. Xalqimiz “Kamtarlik ham xusn” deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma’no bor. Estetik tarbiya orqali yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat kishilarning eng go’zal belgisidir.
Salbiy xatti – harakatlardan nafratlana bilish tuyg’usini ham estetik tarbiyani paydo qiladi. Bunda badiiy asarlarning roli muhimdir. Masalan: “Zumrad va Qimmat” ertagida Qimmatning xulq – atvori bolalar qalbida nafratni uyg’otadi. Zumradning tevarak – atrofga munosabati, mehnatsevarligi, kamtarligi qalblarda quvonchni paydo qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ayrim yoshlar go’zallikni tor ma’noda tushunadilar. Ya’ni chiroyni ko’pincha xusn jamolda deb bilishadi. Bu bir tomonlama tushunchadir. Har tomonlama ma’noda esa chiroy xusn – jamol, qalb go’zalligida, ma’noli so’zdadir. Xalqimiz bejizga “Chiroy xusnu jamolda emas, fazlu kamolda” deb aytmagan!
San’at va hayot go’zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, xissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va tassavvurni ham rivojlantiradi.
Bolalarni go’zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to’g’ri tushunish, olijanob xis – tuyg’ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go’zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini xis eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo’lish, qayg’usini birga baham ko’rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi.
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy – tarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirishi natijasida yuzaga keladi. Bu har xil yo’llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya hal etuvchi rol o’ynaydi.
Estetik ehtiyoj – kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har xil ko’rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv omildir. Estetik ehtiyoj go’zallik to’g’risidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o’rganishga undaydi.
Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak – atrofdagi borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga o’ylantiradi. Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. ”Estetik tarbiya” tushunchasi bilan bir qatorda “badiiy tarbiya” tushunchasi ham mavjuddir. Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxsda san’at asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni rivojlantirish, badiiy didni shakllantirish va san’atning ma’lum turlari bo’yicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Uning natijasi fikrning paydo bo’lishida, uni amaliy faoliyatda qo’llashda, o’z bilim va ta’surotlarini ko’ra bilishda, his – tuyg’ulari va fikrlarini samimiyat bilan ifodalashda namoyon bo’ladi.
Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlarida aks etgan, shuningdek, estetik ongning paydo bo’lishi, rivojlanishi va vazifasi to’g’risidagi qonuniyatlarni, ob’ektiv borliqni estetik bilishning muhim usullaridan biri bo’lgan san’atning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiat estetikasiga qiziqishi ularda quyidagi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi;
– kuzatuvchanlik, tabiatni asrash, uning go’zalligini boyitishda jamoaviylik hissi;
– rang – barang olamni estetik his qilish;
mehr va shafqatlilik;
– atrof – muhit,tabiatni asrash,uning go’zalligini boyitishda jamoaviylik hissi;
– tabiat go’zalligi uchun mas’ullik;
Bu ijobiy hislatlarning gultojisi estetik ong va tabiat go’zalligi uchun yo’naltirilgan mas’ullikdir. Estetik ongga ega bo’lgan o’quvchi tashqi dunyo bilan, tabiat o’zgarishlari bilan birgalikda yashaydi. O’smir yangicha fikrlay boshlaydi. Tabiatga bunday yondashuv asosida milliy qadiryatlarni asrash lozim ekanligini tushunib yetadi.
Tabiatning anglab yetilgan ijtimoiy qiymati tabiatga munosabat me’yorlarini belgilash axloqiy munosabat, bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilarning tabiatga munosabati natijasida axloqiy qarashlarida ijobiy siljishlar yuz beradi.
O’quvchi asta sekinlik bilan tabiatda yuz beradigan estetik inqiroz haqida tushunchaga ega bo’ladi. Tabiatga bo’lgan vahshiyona munosabat ilmiy asosda asoslamagan xo’jalik faoliyati tufayli , yer yuzidan takrorlanmas tabiat go’zalligi yo’qolib ketayotganligini targ’ib etadilar [1].
Agar madaniyat stixiyali tarzda rivojlanmasa, ongli ravishda rivojlanmasa, o’zidan so’ng sahroni qoldiradi, tabiat materiallaridan nooqilona, g’ayriinsoniy foydalanish oqibati, tabiat bilan bog’liq oqibatlarni ko’rsatib qo’yadi. Markaziy Osiyoda, jumladan mamlakatimizda tabiatni asrash, uning boyliklaridan tejab – tergab foydalanish borasida muhim qadamlar qo’yigan.
Tabiatdan foydalanish, tabiatning moddiy va ma’naviy zahiralari ustidan nazorat ishlari o’rnatilgan, tabiat yodgorliklarini asrash jamiyatlari tuzilgan, ekologik harakat dasturi qabul qilingan ilmiy– texnikaviy taraqqiyotning salbiy oqibatlari (havo, suv, yerning turli xildagi sanoat chiqindilari bilan zaharlanishi) oldi olinmoqda. Tabiat zahiralaridan foydalanishga nisbatan iste’molchilik va xo’jasizlarcha munosabatda bo’lishga nisbatan qat’iy chora ko’rilmoqda [2].
Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni tabiat estetikasiga qiziqishni shakllantirish muammosining ijtimoiy muhimligidan kelib chiqib, mazkur tadqiqot uchun uslubiy qoidalarning asosiy doirasini aniqlab olish zarur.
Tabiat go’zalligini his qilish, unga qiziqish ezgulikka, muhabbatga chorlovchi teran insoniy fazilatdir, shu bois tabiat go’zalligiga qiziqishni shakllantirish o’quvchilar shaxsiyatining ma’naviy rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir [3]. Bunda o’quvchilarning tabiatdagi ma’naviy– axloqiy xulqini belgilovchi, shuningdek, tabiatni asrashga, uning go’zalligini boyitishga amaliy yordam beruvchi insoniylik, vatanparvarlik kabi tuyg’ular muhim ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni tabiatga, uning estetikasiga qiziqishini shakllantirish muhim ijtimoiy pedagogik muammo, zero o’smirlikning bu davri o’zining g’ayri ijtimoiy faoliyati, o’z shaxsiga xos bo’lmagan turli ta’sirlarga beriluvchanligi, ijtimoiy havfli va noaxloqiy yo’nalganligi bilan ajralib turadi [4]. Buning ustiga bizning davrimizda ko’pchilik ruxiy – ma’naviy faoliyatdan iqtisodiy bozor faoliyatini, ma’naviy foydali, estetik rivojlantiruvchi faoliyatdan esa maqsadsiz ko’ngilochar faoliyatni afzal bilishadi. SHubhasiz, bunday jarayonlar yoshlarga ham salbiy ta’sir etadi.
O’quvchilarda tabiat estetikasiga qiziqishni shakllantirish, uning estetik go’zalligini o’zlastirish ularga qiziqarli taassurotlar, bilimlar bilan boy hayot kechirish kafolatini beradi [5].
Darhaqiqat, tabiatning estetik qimmati o’z mohiyatiga ko’ra bir o’lchamli emas. Bunda shuni hisobga olish zarurki, mazkur “hodisa” “jamiyat – tabiat” makrotizimi tuzulmasiga tarkibiy komponent sifatida kiradi.
Tabiatning estetik taassurotdagi estetik qimmati – boy, ijobiy hissiyotlarga undash. Bunda tabiatni estetik idrok etishda uni ma’naviy qadriyatga aylantiruvchi bir necha daraja, qatlamlarni ajratish mumkin. Bu yerda idrokning nafaqat subyektiv psixologik omili, balki o’quvchilarning umumiy ma’naviy saviyasi, shuningdek, ular idrokining yo’naltirilganligi ham muhim ahamiyatga ega [6].
Tabiatni estetik o’zlshtirar ekanlar, o’quvchilar undagi fanning ichki “me’yorini”, ya’ni ichki bog’liqlar va qonuniyatlarni avvaldan ma’lum go’zal, go’zallik, xushro’ylik kabi tushunchalarga tayanib ko’ra olishlari zarur, ya’ni tabiat go’zalligi o’quvchilar tomonidan ichki mazmun boyligi vositasi bilan o’rganiladi, tabiatning estetik qimmati aynan ana shunday bilish orqali o’zlashtiriladi.
O’quvchilar tabiatning estetik qimmatini maqsadli o’zlashtirar ekanlar, o’z kuchlarini shunga jalb qiladilar va shaxs sifatida rivojlanishning, ma’naviy estetik boyishning yangi bosqichiga ko’taradilar. Tabiatning estetik qimmati o’quvchining badiiy ijodi va ijodiy faoliyati uchun rag’batdir, u “badiiy tafakkurning muayyan yo’nalishini determinlashtiradi”, yani asoslaydi
“Tabiatning go’zalligi bilan maqsadli muloqotda bo’lish uning ma’naviy dunyosini ezgulik, yaxshilik kabi yuksak ma’naviy me’yorlarni teranroq idrok etish bilan boyitib, o’zgartiriladi. SHuning uchun tabiiy muhit bilan estetik munosabatlarda didaktik mazmun mavjud bo’ladi”.
O’smir tabiat go’zalligini idrok etar ekan, shaxsiy maishiyatdan yuqoriroq ko’tariladi, yuksalgan olamiy xissiyot xolatiga o’tadi, turmushning insoniylik qirralariga diqqatini jalb qiladi.
O’quvchi tarbiyasi tashkil etilsa, unga raxbarlik qilinsa, uning ustidan nazorat o’rnatilsa, tabiat va uning estetikasi o’quvchiga buyuk tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi, estetik xissiyotlarning namoyon bo’lishi bilangina cheklanib qoladigan sensor muloqoti sodir bo’lib qolmaydi, balki o’quvchi shaxsi ongi va xissiyotlari jabxalarida muayyan o’zgarishlarga sabab bo’luvchi ta’sir ham amalga oshadi.
Tabiat (osmon, daryolar, o’rmonlar) ni idrok etishda o’smirlarda “shaxsning kelgusi faoliyatiga ta’sir o’tkazuvchi paralingvistik ma’lumotlar deb atash mumkin bo’lgan” turli taasurotlar va assosiasiyalar hosil bo’ladi. Bunday “noverbal ma’lumotlar, xissiyotlar, fantaziyalar, g’oyalarning shakllanish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi”. Ularning orasida birinchi navbatda aniq tabiiy manzaralar bilan assosiasiyalanuvchi vatanparvarlik xislarini ko’rsatish mumkin.
Estetik tarbiya o’quvchilar uchun ko’p ahamiyatli xodisa sifatida namoyon bo’ladi, bu esa tabiatni birinchi navbatda anchagina yuksak darajadagi estetik qadriyat sifatida belgilash imkonini beradi.
Tabiatni, uning estetikasini ahamiyatli belgilarda aks ettirish va ularda va ular o’rtasida mavjud bo’lgan turli bog’liqliklarni (ya’ni xususiy va umumiy belgilarni) ochib berish.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling