5-mavzu. Maqsad qoʻyish va qarorlar qabul qilish. Maqsad


Istiqbolli (perspektiv) maqsadlar


Download 52.62 Kb.
bet3/12
Sana17.06.2023
Hajmi52.62 Kb.
#1537169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma`ruza matni

Istiqbolli (perspektiv) maqsadlar deganda besh yil yoki undan koʻproq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi.
Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini oʻstirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab kilinadigan maqsadlardir/
Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tugʻilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni echish uchun oʻrtaga qoʻyiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz bergan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablagʻni ajratish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyandalari barcha maqsadlarni quyidagi toʻrtta guruhga boʻlishadi:

    • oddiy, qotib qolgan anʼanaviy maqsadlar;

    • muammoli maqsadlar;

    • innovatsion maqsadlar;

    • xodimlar malakasini, mahoratini oshirish boʻyicha maqsadlar.

Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar boʻlib, ularning bajarilishini taʼminlash tegishli boʻgʻindagi rahbarning bevosita burchiga kiradi.
Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Muammoli maqsad. Sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin koʻpaytirish:
- mahsulotga boʻlgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni;
- koʻp omilli korrelyatsion-regression tahlilni amalga oshirishni;
- eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqozo etadi.
Innovatsion maqsadlar - bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish buyicha qoʻyiladigan uchinchi guruhdagi maqsadlardir.
Maqsad qanchalik murakkab boʻlsa, u boshqaruvchi uchun shunchalik muammoli yoki innovatsion boʻlishi mumkin.

Download 52.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling