5-mavzu. Maqsad qoʻyish va qarorlar qabul qilish. Maqsad


Download 52.62 Kb.
bet5/12
Sana17.06.2023
Hajmi52.62 Kb.
#1537169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma`ruza matni

"Maqsadlar shajarasi" - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari oʻrtasidagi aloqaning grafik tasviridir. U boʻlajak voqealar oʻzaro aloqasining toʻla manzarasini tasavvur qilish, aniq vazifalar roʻyxatini olish va ularning nisbatan muhimligi toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi oʻrtasida moslashuvni vujudga keltirish yoʻli bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga etkazishni taʼminlaydi.
Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qoʻyiladigan talablar
Qaror - bu bajarilishi lozim boʻlgan ishning aniq bir yoʻlini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yoʻlni tanlab olishda bir toʻxtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda oʻnlab-yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim javonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga etib olishda transport turini, kasbni tanlash va hk. Bunday misollarni koʻplab keltirishimiz mumkin.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning boʻlishi lozim boʻlgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qatʼiy belgilab qoʻyilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida oʻz funktsiyasini bajara olmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yoʻllari boʻlganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar "yetti oʻlchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor.
Qaror qabul qilish menejerni fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xoʻjalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali boʻlsagina, u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Download 52.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling