Nazorat - bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarda bajarilish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni aniqlash usulidir.
Nazorat funktsiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori boʻlganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori boʻlishi kerak.
Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar oʻzi ishlayotgan ishlab chiqarishga emas, balki boshqa korxonalarga ham zarar etkazishi, yaʼni ularning ishida kechiqishlar, uzilishlar paydo boʻlishiga sababachi boʻlishi mumkin.
Oʻz qarorining ijrosini tekshirmagan rahbar, intizomsiz, ijrochilarni notoʻgʻri tarbiyalagan rahbar hisoblanadi. Qarorni bajarilishini nazorat qilish xulosalar chiqarishni ham oʻz ichiga oladi. Bundan maqsad qarorning haqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror qabul qilish vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |