5-mavzu. Maqsad qoʻyish va qarorlar qabul qilish. Maqsad
Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish
Download 52.62 Kb.
|
Ma`ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish
- Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish
Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish
Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori boʻgʻinda qabul qilingan rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi boʻgʻinlar (tsex, uchastka, brigada, smena, har bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir. Qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, soʻngra u maʼmuriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va hokazolar koʻrsatilgan boʻladi. Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish - bu firma, korxona, sex, uchastka, brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish jarayonida rahbarlik qilish boʻyicha aniq masalalarni hal etish demakdir. Bunda har bir boʻlinma oʻzining funktsional vazifasini bajarish bilan band boʻladi. Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv boʻlinmalari bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatib, bosh rejalarning bajarilishini taʼminlaydi. Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq uyushtirishdan va oʻzi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi xodimlarning shaxsiy manfaatlarini umummanfaatlari bilan muvofiqlashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriqlarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini ham talab qiladi. Erishilgan yutuqlarni rahbar faqat oʻzining xizmatlari etib koʻrsatmasligi lozim. Qaror ijro etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin buning sabablarini diqqat bilan oʻrganish zarur. Koʻpchilik rahbarlar yaxshi qaror qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli oʻz lavozimlariga mos kelmay qoladilar. Baʼzida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qiladilar. Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari ham mana shundadir. Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish muayyan meʼyoriy hujjatga tayanadi. Korxona, firma toʻgʻrisidagi qonun yoki Nizom ana shunday meʼyoriy hujjatlardan hisoblanadi. Bu hujjatda mazkur korxona (boʻlinma)ning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan tashqari uning shtat jadvali va maʼmuriy rahbar (boshliq, mudir) koʻrsatilgan boʻladi. Nizomda koʻpincha ushbu boʻlinmaning boshqa xizmatlar bilan funktsional aloqalari tartibga solinadi. Nizomga binoan odatdagi sharoitlarda rahbar faqat bevosita boʻysinuvchilargagina farmoyish beradi. Boshqa boʻysinuvchilarga farmoyish faqat ularning bevosita rahbarlari orqali beriladi. Masalan, tsex boshligʻi formal jihatdan xizmat boʻyicha oʻzidan past turgan barcha xodimlarga buyruq berish huquqiga ega. Biroq, u bevosita rahbarlarni chetlab buyruq berganda bu hol: · tashkiliy parokandalikka olib keladi; · intizomga salbiy taʼsir koʻrsatadi; · koʻngilsiz ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Baʼzan rahbarlar oʻrtasida bir-birining ishiga aralashish xollari roʻy beradi. Bunday harakat ham rahbarlar orasida maʼlum norozilikni keltirib chiqaradi. Boshqarish jarayonidagi oxirgi bosqich - bu qabul qilingan qaror ijrosini nazorat qilishdir. Download 52.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling