5-mavzu. Maqsad qoʻyish va qarorlar qabul qilish. Maqsad


Kollegiallik(koʻpchilik) tamoyili


Download 52.62 Kb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi52.62 Kb.
#1537169
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ma`ruza matni

Kollegiallik(koʻpchilik) tamoyili "koalitsiyalar", yaʼni turli ittifoq yoki birlashmalar roʻyirost maʼlum boʻlib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yoʻliga oʻtiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun koʻpchilikning ovoziga tayaniladi. Koʻpchilik hollarda yarmidan koʻp ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan meʼyor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili pur fikrlilik, yaʼni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qoʻllaniladi. Oʻz mohiyati bilan: konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
Konsensusga oʻzaro fikr almashish va maslahat, shuningdek, ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qoʻllash yordamida erishiladi.
Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish.
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qoʻyilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va koʻlamiga koʻra xilma xil va ancha murakkabdir. qarorni ishlab chiqish jarayoni chizmada koʻrsatilgandek bir necha bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga toʻgʻri keladi. Chunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan ogʻish sodir boʻladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tugʻiladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo boʻlgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan obʼektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yoʻllar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning echimi boʻyicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan koʻrsatib berilishi mumkin. Masalan, gʻalla etishtirishni keskin koʻpaytirish va gʻalla mustaqilligiga erishish maqsad qilib qoʻyildi.
Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undagi bosqichlar

Bir qator mulohazalar asosida donni yetishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga koʻchirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun har tomonlama tayyorgarlik koʻradi.


Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni tanlash bilan bevosita bogʻliq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantlarni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni tahlil qilishda matematik, grafik, mantiqiy va boshqa usullar qoʻllaniladi. Tanlab olingan variantning maqsadga muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik va boshqa mezonlar boʻyicha umumiy tarzda baholanadi. Bunda mezonlar, aniq omillar va sharoitlarni tanlashga oʻtiladi. Shundan soʻng qaror tayyorlashning navbatdagi bosqichiga oʻtiladi. Bu bosqichda qoʻyilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi.
Model - bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish chizmasidir.
Model oddiy yoki dasturlashni talab qiluvchi, murakkab boʻlishi ham mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matematik yoki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini oʻtaydi.
Modellashtirish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

    • tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga boʻlinadi, omillar aniqlanadi;

    • tanlab olingan omillarning oʻzaro aloqasi aniqlanadi va oʻzaro taʼsiri baholanadi, vazifani hal etish modeli belgilanadi;

    • tadbirlar majmui ishlab chiqiladi;

    • qarorlar variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yoʻllari aniqlanadi.

Bularni quyidagicha ifodalash mumkin:

Qarorni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin. Odatda, yakkaboshchilik koʻpchilik fikri bilan birgalikda qoʻshib olib boriladi, yaʼni:


· tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;
· qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani tasdiqlash va hokazolar) bilan rasmiylashtiriladi;
· qaror ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi.



Download 52.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling