5-mavzu. Maqsad qoʻyish va qarorlar qabul qilish. Maqsad


Download 52.62 Kb.
bet8/12
Sana17.06.2023
Hajmi52.62 Kb.
#1537169
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ma`ruza matni

Qarorlarning turlari.
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga:
· Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
· Raqobat muhitini shakllantirish.
· Chuqur tarkibiy oʻzgarishlarga erishish.
· Kichiq va xususiy biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol boʻla oladi.
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir. Masalan:
- Korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish.
- Kadrlar masalasini hal qilish va hk.
Mazkur qarorlar yuqori va oʻrta boʻgʻin rahbarlari tomonidan uzogʻi bilan ikki yilgacha boʻlgan muddatga qabul qilinadi.
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor boʻlib, barcha boʻgʻinlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini toʻlash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli boʻlib, korxonaning muayyan bir boʻlimi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Stereotip qarorlar odatda qatʼiy yoʻriqnomalar, meʼyoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar baʼzan kundalik, baʼzan masalalar boʻyicha qabul qilinadi, lekin oʻzgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taalluqli boʻladi.
Rahbar streotip qarorlarni odatda ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni ishga olish va ishdan boʻshatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Tashabbusli qarorlar oʻz tavsifiga koʻra notovarlik mazmuniga koʻra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil oʻrganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Tashabbusli qarorlar erkin harakatga asoslanib qilinadi.

Download 52.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling