5-mavzu. Maqsad qoʻyish va qarorlar qabul qilish. Maqsad


Toʻrtinchi guruh maqsadlar


Download 52.62 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi52.62 Kb.
#1537169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma`ruza matni

Toʻrtinchi guruh maqsadlar - bu korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi maqsadlar boʻlib, ular uzok, muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Masalan, "3-5 yil ichida 20 % korxona xodimlari malakasini oshirish".
Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, yaʼni har bir xodim maqsadining qanchalik toʻgʻri aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga bogʻliq boʻladi. Shu sababli har bir xodim oldiga qoʻyiladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi.
Xodim maqsadi yuqori boʻgʻindagi boʻlimlar maqsadiga boʻysunishi, unga mos boʻlishi kerak.
Maqsadlar kaskadi (pogʻonalari). Quyidagi hollarda yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali boʻlishiga xizmat qiladi:
· xodimning oʻz oldiga qoʻyadigan maqsadi 4 tadan 8 tagacha boʻlishi, undan oshmasligi kerak.;
· yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan boʻlishi kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi;
· rejalashtiriladigan maqsad harakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshiriladigan darajada boʻlishi kerak.
Umuman har bir kishi maqsadga erishishning yoʻli ogʻir va murakkab boʻlishi mumkinligini anglashi kerak. U oʻz maqsadiga osonlik bilan erishishiga umid bogʻlamasligi kerak. Shundagina u har qanday kutilmagan muvaffaqiyatsizlikka tayyor boʻladi, tushkunlikka tushmaydi.
Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va oʻta murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos:
· tobe boʻlishlik;
· yoyib boʻlishlik;
· oʻzaro munosabat (bogʻlanish)da boʻlishlik.
Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qoʻyish va uni amalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bogʻliqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqbolli maqsadning esa oʻrta va qisqa muddatli maqsadlarga bogʻliqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga boʻysunishi tushuniladi.
Maqsadning yoyib boʻlishligi sifati deganda uning:
· oʻz mohiyati boʻyicha;
· amalga oshirish davri (vaqti) boʻyicha;
· pogʻonalar boʻyicha;
· boʻgʻinlar va hokazolar boʻyicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga yoyilishi tushuniladi.
Maqsadning oʻzaro munosabat (bogʻlanish)da boʻlishlik sifati deganda uning muhimligi jihatidan tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi boʻyicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish boʻyicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, yaʼni bir maqsadning boshqa bir maqsadga boʻysunishi (tobe boʻlishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega boʻlishi (yoyib boʻlishligi), maqsadlarning bir-biri bilan oʻzaro munosabatda boʻlishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tugʻdiradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida "maqsadlar shajarasi" deb atalgan maxsus usul qoʻllaniladi.

Download 52.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling