5-mavzu. Maqsad qoʻyish va qarorlar qabul qilish. Maqsad
Download 52.62 Kb.
|
Ma`ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noaniq qarorlar
- Muntazam qarorlar
Anʼanaviy qarorlar - bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning amal qilish doirasi oldindan maʼlumdir. Bunga, korxona yoki firmaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol boʻla oladi.
Tavsiyali qarorlar oʻz mohiyatiga koʻra tashabbusli qarorlarga yaqin boʻlib, ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar oʻz aksini topadi. Aniq qarorlar toʻla-toʻkis axborot mavjud boʻlgan holdagina qabul qilinadi. Shu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin boʻladi. Noaniq qarorlar - bu tavakkal bilan - toʻla boʻlmagan axborotga asoslanib qilinadigan qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijaga baho berish imkoniyati boʻlmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan qarorlardir. Tezkor (operativ) qaror kechiqtirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir boʻlgan hollarda uni bartaraf qilish boʻyicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi. Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xoʻjalik faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik, toʻqqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol boʻla oladi. Qarorlarni qabul qilish tamoyillari. Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham boʻladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar koʻp hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda oʻzini koʻrsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 80-90 foiz buyruqbozlikka asoslangan boʻladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan boʻysinuvchilar oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, oʻzaro ishonchning yoʻqolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir. Yakdillik koʻpincha favqulodda roʻy beradigan vaziyatlarda qaror qabul qilishda, shuningdek qarshilik koʻrsatuvchi guruhlarda "Koalitsiyalar" boʻlmagan hollarda yuzaga keladi. Download 52.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling