7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari. Reja


Download 352.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana09.02.2023
Hajmi352.48 Kb.
#1182741
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
OOIMvaA 7-ma\'ruza

Tasodifiy xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta - qayta o’lchash mobaynida
tasodifiy o‘zgaruvchi o’lchash xatoligi tushuniladi. Tasodifiy xatolikning borligini
faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta - qayta o’lchangandagina sezish
mumkin. Agar har bir o’lchash natijasi boshqalardan farq qilsa, u holda tasodifiy
xatolik mavjud bo’ladi. Shu xatoliklarni baholash ehtimollar nazariyasi va matematik
statistika nazariyasiga asoslangan bo’lib, ular o’lchash natijasi, o’lchanayotgan
kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasini baholash usullarini, xatolikning
ehtimoliy chegarasini baholash imkonini beradi, ya’ni natijani aniqlash, boshqacha
aytganda, o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga anchagina yaqin qiymatini
topish va kuzatish natijasini topish imkonini beradi. 
O’lchashning qo‘pol xatoligi deyilganda berilgan shartlar bajarilganda yuz
beradigan, kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o’lchash xatoligi tushuniladi. 
O’lchashdan ko‘zda tutilgan maqsad va o’lchash aniqligiga qo‘yiladigan talablarga
qarab, o’lchashlar aniq (laboratoriya) va texnik o’lchashlarga bo’linadi. O’lchash
natijasining o’lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatiga yaqinligini ifodalovchi o’lchash
sifati o’lchash aniqligi deb ataladi. Aniqlikni oshirishga intilib, biz o’lchash
xatoligini kamaytirishimiz lozim. Ammo, aniqlikni oshirish usullari, ko‘pincha,
murakkab bo’ladi va qimmat turadi.
Shuning uchun, avval o’lchashning aniq shart - sharoitlari va maqsadlariga 
bog’liq bo’lg an maqbul aniqlikni baholab olish va zarur bo’lsa, so‘ngra aniqlikni
oshirish choralarini ko‘rish lozim. O’lchashni bajaruvchi asboblarning ko‘rsatishi
o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladi.
Shuning uchun, o’lchash asbobining ko‘rsatishi va haqiqiy ko‘rsatishi degan
tushunchalar mavjud. Kattalikning sanoqqa ko‘ra topilgan qiymati о‘lchash



Download 352.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling