8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja
Ravish yasovchi affikslar
Download 262,62 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzuHTM
Ravish yasovchi affikslar:
-an: otdan - fikran, xayolan, tasodifan, vijdonan, taxminan, ruhan, rasman, fikran; sifatdan - qat’iyan; modal ma’noli so’zdan - majburan. Bar-: otdan - barvaqt. Be-: otdan - bevosita, bevaqt, bedarak, beijozat, beixtiyor, bemaiol, betinim. - dek//-day:otdan - yashinday, o’qdek; sifatdan - avvalgiday, doimgidek; fe’ldan - o’lgudek -iga//-siga: otdan - nomiga, surunkasiga, qatorasiga; sifatdan - uzunasiga, ko’ndalangiga, tikkasiga, rostakamiga, chinakamiga, baravariga; olmoshdan - qanaqasiga, yalpisiga. - lab: otdan - haftalab, oylab, donalab, harflab, bo’g’inlab, sifatdan - yaxshilab; sondan - bittalab; ravishdan - ko’plab. - lay//-layin: sifatdan - tiriklayin, yoshlayin; olmoshdan - butunlay. - larcha: otdan - do’stlarcha, qahramonlarcha, bolalarcha, otalarcha; sifatdan - mardlarcha, vahshiylarcha, yowoyilarcha, telbalarcha. -ligicha: sifatdan - xomligicha, yangiligicha, butunligicha. - namo: otdan - hazilnamo; sifatdan - oliftanamo (gerdaymoq); fe’lning sifatdosh shaklidan - uyalgannamo (yuzini chetga burmoq). - nil-in: otdan - yozin-qishin, oldin; sifatdan - ochin-to’qin; ravishdan - yertan, kechin. - ona: otdan - do’stona; sifatdan - kamtarona, mardona, xolisona, oqilona, fidokorona, itoatkorona. - siz: otdan - navbatsiz, dom-daraksiz; fe’lning harakat nomi shaklidan—to’xtovsiz. - simon: otdan - hazilsimon; sifatdan - xafasimon; fe’lning sifatdosh shaklidan - erkalangansimon. - cha: otdan - o’zbekcha, tirnoqcha, qishloqcha, yaxshilikcha, osonlikcha, o’g’rincha (-n orttirilgan), vaqtincha (-in orttirilgan); sifatdan - yangicha, eskicha, o’zgacha, boshqacha, yashirincha; olmoshdan - sizningcha, o’zicha; fe’lning sifatdosh shaklidan - istagancha; ravishdan - hozircha, keyincha, ko’pincha (-in orttirilgan); modal ma’noli so’zdan - keragicha, boricha. - chasiga: otdan - qishloqchasiga, dehqonchasiga, yigitchasiga, mo’g’ulchasiga. sifatdan - harbiychasiga, ochiqchasiga. - chang: otdan - mahsichang, ko’ylakchang. Download 262,62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling