4. Daraja-miqdor ravishlari: arang, batamom, baqadrihol, baholiqudrat,
bag’oyat, butunlay, bazo’r, deyarli, jilla, jichcha, jinday, juda (ham), zarracha,
zinhor-bazinxor, ko’pE, mutlaqo, mo’l-ko’l, rosa, ozmi-ko’pmi, ozmuncha, sal,
sal-pal, sira, talay, tegishlicha, yetarlicha, tirnoqcha, xiyol, xiyla, o’lguday, qittak.
5. Maqsad ravishlari: atay, atayin, ataylab, azza-bazza, jo’rttaga, qasd-dan.
6. Sabab ravishlari: noiloj, noilojlikdan, bekordan-bekorga, chor-nochor.
Ravishlarni ma’noga ko’ra turlarga ajratish bir oz nisbiy. CHunki
ravishlarning katta qismi ham, odatda, ko’p ma’noli ko’p bo’ladi. Ular bir ma’nosi
bilan ravishning bir turiga, ikkinchi ma’nosi bilan ikkinchi turiga kirishi mumkin.
M.: Maktabimiz yaqinda joylashgan - o’rin ravishi, YAqinda maktabni tugataman -
payt ravishi. Tez-tez yurmaysan-mi? - holat ravishi. U tez-tez biznikiga kelib turadi
- payt ravishi. Stollarni nari-beri surdik - o’rin ravishi, Unari-berinonushta qildi-
holat ravishi.
Tuzilishiga ko’ra turlari
Sodda ravishlar:
1. Tub sodda ravishlar: tez, sekin, sal, ko’p, oz, erta, indin, bultur, kecha,
avval; birdan, birga, qo’qqisdan, yaqinda, bugun, kechasi.
2. Yasama sodda ravishlar: mardona, qahramonlarcha, tiriklayin,
yangicha, ko’pincha, betinim.
Juft ravishlar:
1. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi:
A. Qismlari o’zaro sinonim: asta-sekin, yana-tag’in, yeson-oson.
B. Qismlari o’zaro antonim: ertayu kech, kecha-kunduz, qishin -yozin //
yozin-qishin, tun-kun, nari-beri, ochin-to’qin, oldinma-keyin, ozmi-ko’pmi.
V. Qismlarining ma’nosi yaqin: erta-indin, uzil-kesil, ura-sura, unda-bunda.
2. Qismlaridan biri yakka holda ishlatilmaydi: dom-daraksiz, mo’l-ko’l,
ora-sira, ora-chora, ro’y-rost, sal-pal, chala-chulpa, emin-erkin, huda-behuda, oz-
moz.
Do'stlaringiz bilan baham: |