8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja


Download 262.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana21.04.2023
Hajmi262.62 Kb.
#1371475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzuHTM

Sintaktik vazifalari 
1. Sifatlovchi-aniqlovchi bo’lib keladi; Oq paxtalar ochildi. Odobli bola yelga 
manzur. 
2. Ravish (tarz, vaziyat) holi bo’lib keladi: U qiziq kular ekan. Qobil bobo 
dardli xo ‘rsindi.
3.Ot-kesim bo’lib keladi; Gulqizil. Devoroq. Uo’ychan, asabiedi.
4. Sifatlar otlashsa, otning sintaktik vazifalarini bajaradi: 
a) ega bo’lib keladi: Yaxshi oshini yer, yomon - boshini. 
b) qaratqich-aniqlovchi bo’lib keladi: Saxiyning ehsoniga baxilning boshi 
og’rir.
v) to’ldiruvchi bo’lib keladi: Yaxshidan adashma, yomonga yondashma. 
g) Undalma bo’lib keladi: Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. 
Daraja kategoriyasi 
Sifatlarda bor-yo’g’i bitta grammatik kategoriya mavjud. Bu daraja 
kategoriyasidir. Daraja kategoriyasi belgini darajalab ko’rsatishga xizmat qiladi. 
Lekin hamma sifatlar ham darajalanish xususiyatiga ega emas. Odatda, asliy, ya’ni 
tub sifatlar darajalanadi. Nisbiy, ya’ni yasama sifatlar esa darajalanmaydi. 
Masalan: go’zal - go’zalroq - eng go’zal, baland - balandroq - eng baland; devony 
devoriyroq - eng devoriy, kuzgi - kuzgiroq - eng kuzgi" deb bo’lmaydi. Faqat 
chiroyli- chiroyliroq – eng chiroyli kabi ba’zi nisbiy (yasama) sifatlargina 
darajalanishi mumkin. Кўпгина дарсликларда даража категориясининг уч 
кўриниши қайд этилган: 
1. Оддий даража, кўрсаткичи йўқ: қизил, қайсар, шинам. 
2. Қиёсий даража, кўрсаткичи бор (-роқ): қизилроқ, қайсарроқ, 
шинамроқ. 
3. Орттирма даража, ёрдамчи сўз вазифасидаги кўрсаткичлари бор (энг, жуда, 
ғирт, жиққа, тим, нақ, зап, беҳад, ниҳоятда, беқиёс): энг қизил, жуда қайсар, 
ниҳоятда шинам. 
Maktab darsligida ozaytirma va kuchaytirma sifatlar ushbu so’z turkumiga xos 
alohida hodisa sifatida sharhlangan. 
Kuchaytirma sifatlar hosil qilinadi: 
 Sifatning boshlang’ich tovushlarini olib, ularga p, m, s tovushlarini 
qo’shish va yonidan sifatning o’zini keltirish orqali (qop-qora, sap-
sariq, ko’m-ko’k, yam-yasbil, bus-butun). 
 Sifatning dastlabki tovushlari bilan o’zini juftlashtirish orqali (pak-
pakana, dum-dumaloq). 
 Dastlabki qismiga -pa yelementini qo’shish orqali (teppa-teng, oppa-
oson, tuppa-tuzuk, to’ppa-to’g’ri), soppa-sog’, quppa-quruq). 
Sifatdan oldin jiqqa, tim, to’q, g’irt kabi so’zlarni keltirish bilan (jiqqa 
ho’l sochiq, tim qora mato). 


Ozaytirma sifatlar -ish//-g’ish, -mtir//-imtir, -tob, -gina//-kina//-qina 
qo’shimchalari va och, nim so’zlari yordamida hosil qilinadi: ko’kish, sarg’ish, 
oqish, qizg’ish, ko’kimtir, oqimtir, qoramtir, yashiltob, qo’ng’irtob, kattagina, och 
sariq, nimpushti. 
Kuchaytirma va ozaytirma shakllarning har ikkalasi faqat rang-tus bildiruvchi 
sifatlardagina mavjud: oq - oqish, oqimtir - oppoq (aslida op-oq bo’lgan), qora—
qoramtir—qopqora, ko’k-ko’kish, ko’kimtir—ko’m-ko’k. Sifatlarning ma’noga 
ko’ra boshqa ba’zi turlarida kuchaytirma shakl bor, ozaytirma shakl yo’q: tep-
tekis, yum-yumaloq, oppa-oson, yap-yangi (tekisimtir, yumaloqish, osontob, 
yangimtir shakllari yo’q). 
Oliy o’quv yurti darsliklarida sifat darajalarining uch ko’rinishi qayd etilgan: 
1.Oddiy daraja barcha darsliklarda bir xil izohlangan. 
2.Kuchaytirma sifatlar ham, shirindan-shirin, kattadan-katta kabi shakllar ham 
belgining odatdagidan ortiq darajasini bildiradi. SHuning uchun ular birlashtirilib, 
orttirma daraja deyilgan. 
3.Qiyosiy daraja va ozaytirma sifatlar belgining odatdagidan kuchsiz 
darajasini bildiradi. SHuning uchun ular ozaytirma daraja degan nom ostida 
birlashtirilgan. Demak, keyingi tasnifga ko’ra ozaytirma daraja 1) -roq 
qo’shimchasi, 2) -ish//-g’ish, -mtir//-imtir, -tob qo’shimchalari, 3) sal, biroz, andak 
kabi yordamchi vazifasidagi so’zlar yordamida hosil qilinadi. 
Кўпгина дарсликларда даража категориясининг уч кўриниши қайд 
этилган: 
1. Оддий даража, кўрсаткичи йўқ: қизил, қайсар, шинам. 
2. Қиёсий даража, кўрсаткичи бор (-роқ): қизилроқ, қайсарроқ, 
шинамроқ. 
3. Орттирма даража, ёрдамчи сўз вазифасидаги кўрсаткичлари бор (энг, жуда, 
ғирт, жиққа, тим, нақ, зап, беҳад, ниҳоятда, беқиёс): энг қизил, жуда қайсар, 
ниҳоятда шинам. 

Download 262.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling