8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja
II. Bitta qismi yakka holda ishlatiladi
Download 262.62 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzuHTM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takroriy sifatlar
- Sifatlarning yasalishi
II. Bitta qismi yakka holda ishlatiladi: aralash-quralash, achchiq-tizziq,
burma-churma, bo’ltak-so’ltak, devor-darmiyon (qo’shni), yengil-elpi, yolg’on- yashiq, yosh-yalang, ilma-teshik, yirtiq-sirtiq, kalta-kulta, kir-chir, mayda-chuyda, mast-alast, nest-nobud, ola-bula, ola-kula, siniq-mertik, toparmon-tutarmon, tuppa- tuzuk, tilka-pora, teng-tush, tep-tekis, to’kin-sochin, uvin-to’da, xom-xatala, chalakam-chatti, egri-bugri, eski-tuski, entak-tentak, yum-yumaloq, yamoq- yasqoq, qarama-qarshi, qari-quri, qora-qura, harom-harish. III. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi: aji-buji (yozuv), almoyi-aljoyi, apoq-chapoq, aloq-chaloq (tush), dali-g’uli, zim-ziyo, ilang-bilang, poyintar- soyintar (gap), uvali-juvali, o’poq-so’poq. Takroriy sifatlar: yaxshi-yaxshi, katta-katta, shirin-shirin, burda-burda, yo’l- yo’l(otdan ko’chgan), oppoq-oppoq. Qo’shma sifatlar: 1. Ot + ot: darveshsifat, devsifat, devqomat, dilozor, dilorom, dilpora, izzattalab, kafangado, otashnafas, sohibjamol, sheryurak, xumkalla, ofatijon, bodomqovoq, jigar rang, havo rang. 2. Sifat + ot: xomkalla, sho’rpeshona, sho’rtumshuq, sofdil, kaltafahm, ochofat, maydagap, og’iroyoq, shikastahol, shirinsuxan, qattiqqo’l, chalasavod, chalamulla, sovuqqon, balandparvoz, uzunquloq, olijanob. 3. Ot + sifat: boshqorong’i, yoqavayron, jig’ibiyron, tepakal, xonavayron, xudobexabar, otabezori, dilxasta, nonko’r. 4. Ravish + ot: hozirjavob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon, kamxarj. 5. Ravish + fe’l: tezpishar, kechpishar, cho’rtkesar. 6. Fe’l + fe’l: yebto’ymas. 7. Olmosh + ot: o’zboshimcha. 8. Ot + fe’l: tilyog’lama, gadoytopmas, tinchliksevar, jonkuyar. 9. Olmosh + sifat: o’zbilarmon. 10. Son + ot: ikkiyuzlamachi, qirqyamoq. Sifatlarning yasalishi Sifatlar yasalish xususiyatiga ega. Ular affiksasiya, kompozitsiya, konversiya hamda leksik-semantik va fonetik usullar yordamida yasaladi. Kompozitsiya usuli bilan ko’rib o’tilgani kabi juft, takroriy va qo’shma sifatlar hosil bo’lgan. Konversiya yo’li bilan sifatga ko’chgan: 1. Juft va takroriy otlar: mosh-guruch, yo’1-yo’l, rang-barang, xilma-xil. 2. O’zak holidagi fe’llar: daydi, qari, och, chalkash, yanglish, tutash, aralash. 3. Harakat nomi shaklidagi juft fe’l: olmoq-solmoq. 4. Yaqin (aniq) o’tgan zamondagi juft fe’llar va fe’lli birikmalar: oldi-qochdi (gap), kuydi -pishdi (ayol), tug’di-bitdi (farzand), iliguzildi (vaqt), ichakuzdi (hangomalar), supraqoqdi (o ‘g% u a ‘ni kenja o ‘g’il). 5. Takroriy olmosh: manman. 6. Takroriy son: birdan-bir. Fonetik usul bilan , masalan, semirmoq fe’lining o’zagidan semiz so’zi, bitmoq fe’li o’zagidan but (ro’zg’ori but) so’zi hosil bo’lgan. Leksik-semantik usul bilan sifatlarning ko’chma ma’nolari hosil bo’lgan, ular ko’chma ma’noda ba’zan boshqa so’z turkumi vazifasini ham bajaradi: shirin xotira, achchiq haqiqat, qip-qizil tentak, qora kunlar, iliq tabassum. Affiksasiya yo’li bilan quyidagi so’z turkumlaridan sifat yasalishi mumkin: 1. Otdan: odobli, bama ‘ni, hosildor, gorizontal. 2. Sifatdan: noto’g’ri, g’ayritabiiy, noqulay, xomaki. 3. Sondan: ikkichi, beshchi. 4. Olmoshdan: o’zaro, hammabop, sizbop. 5. Ravishdan: kamchil, kechki, awalgi, oldingi. 6. Fe’ldan: ochiq, so’lg’in, boshlang’ich, yerinchoq. 7. Undov so’zlardan: oh-vohli, dod-voysiz. 8. Taqlid so’zlardan: so’lqildoq, po’rsildoq, sharros, shartaki. 9. Modal ma’noli so’zlardan: kerakli, zaruriy. Sifat yasovchi affiks va affiksoidlar: a: fe’ldan - tola, aylana, ko’tara (savdo). avon: sifatdan (urmmsiz) - zo’ravon. , aki: otdan - og’zaki, qalbaki, yuzaki; sifatdan - zo’rma-zo’raki, xomaki; taqlid so’zdan - shartaki, jirtaki. al: otdan - regional, gorizontal, monumental, patriarxal. aro: otdan (affiksoid) - xalqaro, davlatlararo; olmoshdan - o’zaro. ag’on: fe’ldan - bilag’on, topag’on, chopag’on. ba-//bo-: otdan- basavlat, badavlat, bama’ni, bahaybat, baodob yoki boadab bad-: otdan - badhazm, badbaxt, badnafs, badbashara, badaxloq. Bar-: otdan - barqaror, barkamol, barhayot baxsh: otdan (affiksoid) - orombaxsh, hayotbaxsh, shifobaxsh. be-: otdan- beg’ubor, bedavo, betashvish, bexosiyat, beor. bin: sifatdan - kaltabin, nekbin (badbin - o’zbek tilinuqtai nazaridan o’zak). boz: otdan - va’daboz, safsataboz, xotinboz. bon: otdan (unumsiz) - mehribon, (-i orttirilgari). bop: otdan - ommabop, qishbop olmoshdan - hammabop, sizbop. vash: otdan - laylivash, devonavash, parivash. vor: sifatdan - ulug’vor; otdan - umidvor. vuch//-ovuch: fe’ldan - iskovuch, hurkovuch gay//-kay6 otdan - kungay; sifatdan - terskay. gar: otdan - sitamgar, ig’vogar, hiylagar. gi//-ki//-qi: otdan - kuzgi, bahorgi, qishki, ichki, sirtqi, tashqi; ravishdan -avvalgi, keyingi, ertalabki. gir//-kir// qir//-g’ir// qur fe’ldan - sezgir, keskir, topqir, olg’ir, uchqur. gin//-gun: otdan (forsiy) - g’amgin, gulgun. go’y: otdan - xushomadgo ‘y. diq: fe’ldan - tashlandiq. don: otdan - bilimdon, gapdon, qadrdon. dor: otdan - azador, aloqador, vafodor, guldor, daxldor. dosh: otdan - ohangdosh, sirdosh, fikrdosh, o’zakdosh. zada: otdan - alamzada, yurakzada. i: otdan - qozoqi(it), qishloqi (bola), bahori (bug’doy), payvandi (o’rik), bozori(pop). iv: otdan - ob’ektiv, sub’ektiv. iy//-viy: otdan - ilmiy, shaxsiy, axloqiy, oilaviy, moliyaviy, diniy (jinoiy, maiishiy, lug’aviy, siyosiy» madaniy kabi so’zlarda bu qo’shimcha ajralmaydi); modal ma’noli so’zdan -zaruriy. ik: otdan - faktik, geologik, realistik. ildoq: taqlid so’zdan - so’lqildoq, akildoq, likildoq, chiyildoq. imli: fe’ldan - to’yimli, sevimli, yoqimli, o’timli in (I): fe’ldan - tofkin, to’lin, sog’in; otdan - erkin. in (II): fe’ldan (forsiy) - rangin, g’ishtin. inki: fe’ldan (unumsiz) - ko’tarinki. inch: fe’ldan - shoshilinch, tiqilinch. k//-q//-g’/ ik//-iq//-uq: fe’ldan - chink, o’ksik, quruq, yorug’, o’lik, yegik, yopiq, ochiq, buzuq, yumuq. kash: otdan - zahmatkash, jafokash, dardkash, dilkash, hazilkash. kin//-qin// fe’ldan- tushkun, jo’shqin, so’lg’in, horg’in, turg’un. g’in//-kun//-g’un kor: otdan - zulmkor, isyonkor, omilkor, fidokor, yehtiyotkor. l: fe’ldan (unumsiz) - tugal. li: otdan - aqlli, gulli, kuchli, odobli; modal ma’noli so’zdan - kerakli. lik: otdan - yozlik, ko ‘rpalik (mato), bayramlik (kiyim). lom: sifatdan (unumsiz) - sog’lom. m: fe’ldan (unumsiz) - qaram. ma: fe’ldan - qaynatma, ko’chma, qo’shma, terma, tug’ma. mand: otdan - ayolmand, davlatmand, kasalmand, orzumand. mas: fe’ldan - qo’rqmas, bo’linmas, yaramas, yengilmas, o’tmas, qaytmas mon: fe’ldan - ishbilarmon, ustabuzarmon, o’larmon, toparmon- tutarmon. msiq//-imsiq: fe’ldan - qarimsiq, achimsiq. namo: otdan - darveshnamo, majnunnamo, olimnamo; sifatdan - tentaknamo. no-: otdan - noinsof, noumid; sifatdan - noto’g’ri, nomard, noma’lum. nok: otdan - alamnok, g’amnok. ndi: fe’ldan (unumsiz) - asrandi (bola). on//-an: otdan - charog’on, za ‘faron, tuban (tub - ham ot, ham sifat). os: taqlid so’zdan - sharros, gulduros. omuz: otdan - kinoyaomuz, shikoyatomuz, hayratomuz, haqoratomuz. ong’ich// ng’ich: fe’ldan - so’kong’ich, tepong’ich, tishlong’ich. parast: otdan - mansabparast, xayolparast, shaxsiyatparast, maishatparast oq: fe’ldan - qo’rqoq, baqiroq, qoloq. parvar: otdan - adolatparvar, insonparvar, xalqparvar. rli//-arli: fe’ldan - arzirli, zerikarli, ishonarli, qiziqarli saro: otdan (unumsiz) - motamsaro. ser-: otdan - serhosil, serunum, sergo’sht, sersomon, sershovqin. siz: otdan - o’rinsiz, tuzsiz, ishsiz, sanoqsiz. simon: otdan - odamsimon, sharsimon, naysimon. xo’r: sifatdan - tekinxo’r; otdan - poraxo’r. xush-: otdan (affiksoid) - xushmanzara, xushfe’l, xushsurat (xushxabar) ch: fe’ldan- tinch, jirkanch. cha: otdan - o’zbekcha, farg’onacha (kurash). chak//-choq// fe’ldan - kuyunchak, tortinchoq, yerinchoq, maqtanchoq, sirpanchiq, -chiq: qizg’anchiq. chan: otdan - kurashchan, talabchan, harakatchan; fe’lning harakat nomi shaklidan -yashovchan, o’suvchan. chi: otdan - ayirmachi; sifatdan - a ‘lochi, bekorchi. chil: otdan - dardchil, izchil, xalqchil, yepchil; ravishdan - kamchil. shta: fe’ldan (unumsiz) - sinashta. shumul: otdan - olamshumul, jahonshumul. q: fe’ldan - oqsoq, porloq, yangroq, quvnoq. qa6 fe’ldan (unumsiz) - qisqa; otdan (unumsiz) - loyqa. qi: fe’ldan- vaysaqi, sayroqi, o’ynoqi. qoq: fe’ldan - yopishqoq, urishqoq, uyushqoq, tirishqoq, qochqoq. g’ayri: sifatdan (arabiy, afflksoid) - g’ayriqonuniy, g’ayritabiiy. ham-: otdan - hamfikr, hamdam, hamnafas. Download 262.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling