Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar: achchiq, shirin, sho’r, nordon,chuchuk,
taxir, kakra, laziz, xushta’m, chuchmal, talxa; shakar, novvot, namakob, zaharkabi
otlar ham maza-ta’mni bildira oladi.
Hid bildiruvchi sifatlar: xush bo’y, muattar, qo’lansa, ifor, badbo’y.
O’rin va payt bilan bog’liq belgini bildiruvchi sifatlar: tonggi, kuzgi,
kechki, keyingi, awalgi, qishki, yozgi, yertangi, bugungi, dastlabki, ilk, sobiq,
yuqorigi (qavat), quyi (palata), tuban (joy), tungi, to’ng’ich, kenja, chetki,
o’rtancha, bulturgi, burungi.
Sifatlarni ma’noga ko’ra turlarga ajratish bir oz nisbiy. Matndagi konkret
ma’nosi va, ayniqsa, ko’chma ma’nosi ularning ma’noga ko’ra turini o’zgartirishi
mumkin. M.: shirin bola (maza-ta’m yemas, xil-xususiyat), oq yo’l (rang-tus emas,
xil-xususiyat).
Tuzilishiga ko’ra turlari
Sodda sifatlar:
1. Tub sodda: yaxshi, shirin, go’zal, baland, keng, mo’rt, ko’kimtir, sarg’ish
va hokazo.
2. Yasama sodda: ishchan, devoriy, maqtanchoq, noo’rin, hiylagar, ozg’in,
sezgir, quvnoq va hokazo.
Juft sifatlar
I. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi:
1.1. Qismlari o’zaro sinonim: aql-xushli, ajoyib-g’aroyib, boy-badavlat,
och-nahor, ola-chipor, pishiq-puxta, son-sanoqsiz sarson-sargardon, saranjom-
sarishta, sog’-salomat, telba-teskari, fahm-farosatli, yakka-yolg’iz, yakkayu
yagona, g’arb-benavo.
2. Qismlari o’zaro antonim: achchiq-chuchuk, baland-past// past-baland,
vayronu obod, issiq-sovuq, yiroq-yaqin, yiroq-yvuq, tanish-notanish, uzoq-yaqin,
xom-pishiq, chappa-rosta, quyuq-suyuq.
3. Qismlarining ma’nosi yaqin: ijtimoiy-siyosiy, kuydi-pishdi (fe’ldan
ko’chgan), mosh-guruch (otdan ko’chgan), mo’min-qobil, ochiq-oydin, och-
yalang’och, soya-salqin, tinch-totuv, uzuq-yuluq, xor-zor, ezma-churuk, o’ydim-
chuqur, g’oyaviy-badiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |