8-mavzu. Belgi bildiruvchi mustaqil so‘z turkumlari. Reja
Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi
Download 262.62 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzuHTM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shma ravishlar
3. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi: azza-bazza, apil-tapil, imi-
jimida, onda-sonda, yeran-qaran, o’lda-jo’lda. Takroriy ravishlar: asta-asta, ahyon-ahyonda, birma-bir, birga-birga, galma- gal, darajama-daraja, zinhor-bazinhor, yo’l-yo’lakay, sira-sira, sekin-sekin, to’g’ridan-to’g’ri, tez-tez, es-es, o’qtin-o’qtin, qayta-qayta. Qo’shma ravishlar: 1. U, bu, shu, o’sha ko’rsatish olmoshlari +er, yoq, ora, o’rta otlari. u yerga, bu yerda, shu yerdan, o’sha yoqdan, bu orada, shu o’rtada. SHu, o’sha ko’rsatish olmoshlari + kip, zamon, vaqt, on, asno otlari shu kuni, o’sha zamon, shu zamon, shu zahoti, shu onda, shu asnoda. 2. Har belgilash olmoshi+bosh va o’rin kelishiklaridagiso’zlar. har kuni, har yili, har yoqqa, har yerda, har taraf, har dam, har zamonda, har gal, har yoqdan, har lahza. 3. Bir soni + bosh va o’rin kelishiklaridagi so’zlar. biryo’la, bir kuni, bir dam, bir zumda, bir nafas, bir pas, bir on, bir onda, bir boshdan, bir zamon, bir tekis, bir oz, birmuncha, bir talay, bir nav. 4. Tayyor holda o’zlashtirilgan (so’z yasovchi qo’shimcha + ot+ot). bajonudil, baholidqudrat, baqadrihol. Konversiya yo’li bilan hosil bo’lgan ravishlarning asosiy ko’rinishlari quyidagilardir: 1) ravishga ko’chgan otlar: yerta, indin, kecha, kech, kechqurun, burun; 2) ravishga ko’chgan sifatlar: yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, uzluksiz, omonsiz, beto’xtov; 3) ravishga ko’chgan fe’llar: uzil-kesil, o’ta, qiyo//qiya, qayta; 4) ravishga ko’chayotgan taqlid so’zlar: shartta, taqqa, tappa, chippa. Leksik - semantik usul bilan ko’p ma’noli ravishlarning keyingi ma’nolari hosil bo’lgan. M.: sekin yurmoq - sekin (ya’ni past ovozda) gapirmoq, tez-tez qadam tashlamoq - tez-tez(ya’ni ko’p vaqt oralatmay) borib turmoq. Fonetik usul bilan hosil bo’lgan ravishga yayov" so’zini misol qilib keltirish mumkin. U oyoq" so’zining o’zgargan shakli bo’lib, shu shaklda ravishga aylangan. Yangi" ravishi urg’uni o’zgartirish (fonetik usul) va sifatdan ko’chib o’tish (konversiya) yo’li bilan hosil bo’lgan. 1. Otdan: do’stona, yaxshilikcha, dom-daraksiz, beixtiyor. 2. Sifatdan: yaxshilab, qat’iyan, mardlarcha, tiriklay. 3. Sondan: bittalab. 4. Olmoshdan: o’zicha, butunlay, yalpisicha 5. Ravishdan: ko’plab, ko’pincha, hozircha, keyincha. 6. Fe’ldan: uyalgannamo, yerkalangansimon, to’xtovsiz. 7. Modal so’zlardan: keragicha, boricha. Download 262.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling