A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi


Download 0.91 Mb.
bet22/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi.
Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, o’yinchoqlar, so‘zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushuntirish va ularni tahlil qilish orqali mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiy va abadiy qobiliyati, ijodiy hayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi(ob’ekt bilan sub’ekt) o‘rtasida mulotsot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chitsaradi.Tekshiruvchi (utsituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert) ekspert taritsasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bo‘nda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, orginalligi, xajmi, xususiyati bilan bir keskin tafovut qilishi nazarda tutiladi .Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orsali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash mumkin.
Lekin ulardagi ruhiy o‘zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yig‘ish uchun bu metod etarli emas.
Test metodi.Test tushunchasi inglizcha sinash, tekshirish, demakdir.Shaxsning aqliy usishini, qobiliyatini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masala, topshirits, misol, jumbotslar test deb ataladi.Test aynitssa insonning qanday kasbni egallashi mumkinligini kasbga yarotsligi (moyilligi) yoki yaroqssizligini, iste’dodlilar yoki asli zaiflarni aniqlashda, odamlarni muayyan ulchovlarga binoan saralashda keng sullaniladi.Ushbu metodning qiymati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiriluvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning holisligi va ularni ilmiy tahlil kila bilishga bog`liqdir. 5


1.2-rasm. Eksperimental psixologiya

Eksperimental psixologiya va praktikumning metod va metodologiya haqida ma’lumotlar ba’zasini yaratish.
Psixologiyada test metodi 1905 yildan boshlab franso‘z psixologlari Bine va Simon insonning aqliy usish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g`oyasini olga so‘rganidan keyin qo‘llana boshlandi. Ko‘pchilik jaxon psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildiradi. Biroq ular tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. AQSH,Lngiliya, Fransiya, Shvesariya testologlar tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida qatnashchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Lekin rus psixologlari K.M.Gurevich, V.A.Kruteskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha tamoyil asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkuri ko‘rsatkichi (indiqatori) bo‘lishi uchun harakat qiladilar va bu borada muayyan yutuqlarga erishganlar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, inson qobiliyatining mohiyatini yoritib bo’lmaydi, degan qoidaga, an’anaga amal kilgan holda testlardan foydalanilmokda.
Eksperiment metodi. Bu metodda turli yoshdagi inson, odamlar psixologiyaning nozik ichki boglanishlari, qonuniyatlari, xossalari, murakkab mexanizimlari: sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqining usishi, tafakkurining rivojlanishi, favqo‘lotdagi holatidan chiqish, muammoli vaziyatini hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi.
Buning uchun eksperiment materialini sinchkovlik bilan tanlash, ob’ektiv tarzda har xil holat va vaziyatlar yaratish, sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter xususiyati his-tuyg`usi, qiziqish va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko‘nikma va malakalariga alohida e’tibor qaratish shart. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya metodlaridan iborat bo‘lib, psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda tabiiy ekspiriment metodi qo‘llaniladi. Rus psixologi L.F.Lazurskiy tomonidan 1910 yilda ilmiy asoslangan mazkur metod odamlarning psixologik o‘zgarishlari, o‘zaro munosabatlari, qobiliyatlari, is’tedodlari, diqqati, xotirasining mahsuldorligi, irodaviy sifatlari kabi muammolar hal qilinadi.
Tabiiy eksperiment sharoitida sinaluvchilar tekshirilayotganligidan bexabar bo‘lishlari, ta’lim-tarbiya jarayonida berilayotgan bilimlar, shakllantirilayotgan fazilatlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim. Odatda sinaluvchilar uchun qiyinlashtirilgan vaziyatlar, murakkabroq muammolarni qo‘yish orqali ularning ichki imkoniyatlari, tarbiyalanganlik darajalari oldinroq ruyobga chiqishini ta’minlash tadqiqotning asosiy vazifasidir.
Laboratoriya metodi yordamida shaxs diqqatining sifatlari, sezgisi, idroki, xotirasi va tafakkurining xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Asboblarning ko‘rsatilishi bo‘yicha o‘zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, his-tuyg’u shijoati, asabiy zo’riqish, jiddiylik,tanglik qanday sodir bulayotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Eksperiment metodi aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat qismlarga bulinadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon va holat uyin, mehnat, o‘qish, sport kabi faoliyatlarda tadbik qilinadi. Bo‘nda tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi lekin tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ktiv, ya’ni o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Shu davrda sinalivchiga xatto yullovchi savollar bilan ham yordam bermaslik tajribaning bosh tamoyili hisoblanadi.
Biografiya (tarjimai xol) metodi.Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi ogzaki va yozma ma’lumotlar odamlarining tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega.
Tarjimai xol metodi inson psixikasining suhbat va tajriba metodlari vositasida o‘rganib bo’lmaydigan jixatlarini ochishda yordam beradi.
Mazkur metod orsali, masalan, ijodiy hayol bilan bog`liq jarayonlar: she’riyat, musitsa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, sadriyat, sobiliyat, itstidor, istedod, saloxiyat kabi fazilatlari kuzatiladi.Inson ongining namoyon bo‘lishi rivojlanishi, o‘ziga xos individual va ijdtimoiy xususiyatlari atotsli shaxslar bildirilgan muloxazalarida asarlarida o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan- avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy o‘zluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasida vorislik xodisasi ijtimoiy psixologik votseylik vujudga keladi va
u ijtimoiy-tarixiy taratssiyotining uyg`unligini taminlaydi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini-o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, o‘zining shaxsiy uslubini yaratishi, kamolat chuqqisiga erishishi jarayoninida ibrat -namuna , aniq mezon harkatlantiruvchi to‘rt vazifasini utaydi.
Xuddi shu boisdan mazkur ma’lumotlar insonning ichki reguliatsiyasi funksiyasini bajaradi ideal tanlash uchun imkon yaratadi, avval taqlid, so‘ng unga tenglashish uchun intilish (identifikatsiya) omilini barpo qilinadi.
Anketa metodi. Umumiy psixologiyadda keng qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va xodisalarga nisbatan munosabatlari o‘rganiladi.
Anketa odatda 3 xil bo‘lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan iborat bo‘ladi; ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi; uchinchi xil anketada sinaluvchiga xavola qilingan kamida to‘rt-besh banddan to‘g‘ri javoblari ballar yordamida bakolanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari, qobiliyatlarini, o‘ziga tengdoshlariga, katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter - hislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Sotsiometriya metodi. Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos qolgan bo‘lib kichik (birlamchi) guruh a’zolari o‘rtasida emotsional munosabatlarni bevosita o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so‘raladi.Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval, dimagramma shaklida ifodalanadi.Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi o‘rinishini aks ettiradi xolos.
Har qanday holatga nisbatan eng yaxshi izoh yoki tushuntirish atroflicha izlanishdan keyin paydo bo‘ladi.
Tadqiqotchi psixologlar ilmiy uslublardan foydalanadilar, ammo ular kimyogarlar va fiziklar uchratmaydigan muammolarga duch kelishadi. Bir muammoni misol qilib ko‘rsatamiz:
Psixologlar ma’lum odamlar jamoasini ilmiy jihatdan o‘rganayotganda ulardan birining o‘zini gayrioddiy to’tishda xavotirda bo‘lishadi. Kimyogar metan moleqo‘lalarini uraganayotganda xech qanday xavotirda bo’lmaydi. Kimyogarlar xoxlagan narsasini ustida amaliyot bajarishi mumkin, albatta labaratoriyani portlatmagan holda. Psixologlar odamlar bilan bevosita uchrashgan holda qat’iy belgilangan cheklovlar asosida ish olib boradilar. Yana boshqa bir muammo shundaki, odamlar kuzatuvchaliklarini bilib kolishsa o‘zlarini noodatiy tuta boshlaydilar. Kimyogarlarning kimyoviy moddalarida bunday muammoning kelib chiqishi aklga sigmaydi. Bu mavzuda siz fanning umumiy tamoyillari va bu tamoyillardan psixologlar ishlab chikgan maxsus uslublar haqida o‘rganasiz.
Dalillarni yig‘ishdaFan bu bilim demakdir. Ilm-fan - bu nusxa kuchirsa bo‘ladigan ma’lumotlarga asoslangan bilimlarni qidirishdir.
Keling dastlab ma’lumot yig’indisi keyin esa nusxa kuchirsa bo‘ladigan iborasi haqida fikr yuritaylik.
Tadqiqot ehtiyotkorona qidirish bilan boshlanadi. Masalan Robert Provine savdo markazlariga borib kim qachon qolganini tasmaga yozib olgan. 6
Psixologlar kuzatish orqali masalaga oydinlik kiritmoqchi bo`lsa xoxlasa gipoteza paydo qilishadi va sinab ko‘rishadi.
Gipoteza-aniq taxminiy izoh gipotezani sinash quyidagi 4 sismni tasvirlovchi pogonalar ketma-ketligi bilan amalga oshiriladi. Ko‘p ilmiy ma’lumotlardagi matsollar ham aynan shu ketma-ketlikka amal etiladi. Bu kitobning yozilgan har bir bobida, siz dalil nima deb nom berilgan bulimda psixologik ta’limga kamida bitta namuna topa olasiz ularning har birini gepotezadan to so‘ngida unga izoh berilgunga sadar izchillik bilan amalga oshiriladi. 7
Kundalik hayotingiz davomida siz o‘z tanlovingizning to‘g‘riligiga ko‘pincha ishonchsizlik bilan karaysiz. Ko‘pchilik odamlar har doim ham ruhiy holatini va psixologik sifatlarini to‘g‘ri tavsiflab bera olmaydi, bunga intilmasligi ham mumkin. Psixologiyada proyektiv testlar metodikalari haqida ko‘p izlanishlar olib borilgan.
Psixologiyada «Proyektiv» atamasini ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 yilda qo‘llangan. Shuningdek u shaxsni tadqiq etishning proyektiv metodlari tasnifini ham keltiradi: Shaxsning ijod mahsulini o‘rganish, ko`proq botiniy jixatlarini aniqlashga yordam beradi. Buni proyektiv xarakterga ega testlar jumlasiga kiradi deb yuritadi. Shaxsga rasmlar, testlar, grafik chizmalarni tanlash, chizish orqali uning psixologik xususiyatlarini bilishga qaratilgani aytiladi. 8
Misol: quyidagi rasmlar qarang.

1.3-rasm. Uycha metodikasi.
Ushbu proyektiv chizmali metodlari orqali, chizgan shaxsda ragbatlanishning yetishmasligi, hayrixoxlik muhiti va qadriyatli fikrlar mavjud emasligi tasvirlangan. Bunday metodlar avvalo shaxsning munosabatlari sohasini aks ettiradi va psixologik muammolarni, spesifik reaksiyalarni aniqlash imkonini beradi. Proyektiv test yakka tartibda o‘tkaziladi. Avvalo, shaxsni erkin bo‘lishini ta’minlashi shart. Tasvirlangan rasmlarda aniqlanishicha, yolg`izlikni, xavotirni yoki qo’rquv aniq ifodalangan.
Demak bu maktab yoshidagi bolada shaxsning chizgan rasmi aniqlandi, unda maktab nevrozlari bola va kattalarning ahamiyatli munosabatlari, bolaning maktab bilan o‘zaro hamkorligi tizimida o‘z-o‘ziga munosabatlari bo‘zilishi sifatida karalishi mumkin.
Psixologiyada psixanalizlarning o‘rni, ahamiyatligi psixologiyada har bir metodika natijasi analiz qilinadi. Aniqdangan natijalarga psixoanaliz natijasi to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilmasada, silliq tarzdagi tushunchalar berishi shart. Psixoanaliz tartibi, ko‘rinish, olib borish boskschlari haqida mijoz ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Psixologlar shaxsning holatiga qarab psixoanalizni tanlaydi va unga taqdim etadi. Shaxs o‘zini psixoanaliz qilishi jarayonlarida ham o‘zining savollariga javob topa boshlaydi. Psixoanaliz matnli, rasmli, jadval shaklida taqdim etilishi mumkin
Psixoanalizlar shuni ko‘rsatdiki, kishilar begona bo‘lishsa ham kucha kuyda bir-biriga tabassum qlishadi. Aholi ko‘p shaharlarda va kichik shaharchalarda bu harakat shnchalik bir-biridan farq qladi. Kim ko`proq biladi ayollarmi erkaklarmi? Yoshlarmi yoki keksalarmi? E’tiborni tortadigan ba’zi holatlar ham bor. Masalan ba’zilar kuchli iztirobda bo‘lishadi.
Capgiroz sindromiga chalinganlar o‘z yaqinlarini ko‘rishganda ular o‘zlarini boshqa odam qilib ko‘rsatganliklariga ishonishadi.
Catarel sindromiga chalinganlar vafot etadi. Psixologiya amaliyotida noyob Iqtidor egalari imkoniyatlari cheklanganlar yoki hayot tarzi odatdagidek shaxslar ham uchraydi. Kasallik tarixida bir kishi tanlanadi va tibbiy kuzatiladi, kasallik tarixi qimmatli bo‘lishi mumkin, lekin kuzatiluvchi bu shaxs va shunga o‘xshash shaxs 1 marotaba kuzatiladi. Qolgan kuzatiluvchilar shu odamni imtihon qlishadi. Biz xashshy mexr-shafqatli tekshiruvchi yoki muhim shaxslarni burttirib yoki tushunmay imtihon kilyapmizmi tekshirib ko‘rishadi. Yaxshisi ehtiyotkorlik bilan talqin qilishimiz kerak.9
Tadqiqotda halq muayyan e`tiqod nuqtai nazarda savol - javob asosida bajariladi nima bo‘lishidan qat’iy nazar, kasbi, mansabi hattoki qushnilar o‘rtasida ham so‘rovlar bo‘ladi. Siz ham tadqiqot natijalarini tez-tez shni tushunishingiz kerak bo‘ladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling