A. nurmonov, A. Sobirov, N. Qosimova


Unli  harflarning  yozilish  o‘rinlariga  diqqat  qiling. Salomlashish  —  qadimiy  odat.  Dunyodagi  barcha  madatiiy


Download 383.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana19.10.2017
Hajmi383.51 Kb.
#18179
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19

Unli 
harflarning  yozilish 
o‘rinlariga  diqqat  qiling.
Salomlashish  —  qadimiy  odat.  Dunyodagi  barcha  madatiiy  xalqlar 
o ‘zaro insoniy muloqot —  muomala-munosabatni salomdan  boshlashadi. 
Har bir xalqning  salomlashish  bilan  b ogiiq  o ‘z  urf-odatlari  bor.  H indlar 
q o i  kaftlarini  birlashtirgancha,  peshonalariga  tirab,  afg‘o!ilar  yuzlarini 
yiizlariga  suykagancha  kift  urishtirib salomlashsa,  iiigiizlar bosh  kiyimini 
olib,  yengil  ta’zim  qilishadi.
Biz,  o ‘zbek]ar,  barcha  islom  dunyosi  xalqlari  singari  bir-birimizni 
ko'rganimizda «assalomu alaykum»  deya,  q o i olishib  ko'rishamiz.
Xalqimizning o‘ziga xos tabiatini,  lutfkorligini,  urf-u odatlarini  hamma- 
mizga jonday aziz, qadrdon boiib qolgan «Salom» so'zisiz tasawiir qilolmaymiz.
Odamning  kimligini  uning  salomi  belgilaydi. 
(M.  Sattor)
88

r  Savol  va  topshiriqlar
1.  Q anday so‘zlar q o ‘shib yoziladi?
2.  Qanday so ’zlar ajratib yoziladi?
3.  Chiziqcha bilan yoziladigan  so‘zlarga  misollar keltiring.
22-DARS.  BOSH  HARFLAR  IM LO SI
Darsning maqsadi:
a)  ilmiy maqsad:  o'quvchilarning ongida bosh harflar irnlosi  yuzasidan 
bilim  va  m alakalar  hosil  qilish;
b)  o ‘quvchilami  buyuk sh&xslaming ishlariga hurm at,  ulam ing ishlarini 
davom ettirish uchun kurashish ruhida  tarbiyalash.
^  
Topshiriq. 
O ta -o n a n g iz n in g   ismi  va  fam iliyasini,  iu g ‘ilgan 
joyingizning  nom ini  daftaringizga yozing.  U lam ing  nim a sababdan 
bosh  harflar bilan  yozilayotganini  izohlang.
1.  K ishilarning  ismi,  otasining  ismi,  familiyasi,  taxallusi  bo sh   h a rf 
bilan  yoziladi: 
Sobirov Zokitjon  Shukurjonovich,  Abdurauf Fitrat 
kabi.
2.  Mamlakatlar,  shaharlar,  qishloqlar,  shaharchalar,  daryo,  dengiz,  tog‘, 
tepa,  adir  nom lari  ham   bosh  h a rf bilan  yoziladi: 
Hindiston,  Muborak, 
Urgut,  Tentaksoy,  Qo‘ng‘irtog‘,  Qashqadaryo,  Oora  dengiz 
va  hokazo.
3.  K oixona,  tashkilot.  m uassasa  nom lari,  adabiyot  va  san’at  asarlari, 
sanoat va  oziq-ovqat  m ahsulotlari,  transport vositalarining nom lari  bo sh  
h a rf bilan  yoziladi: 
«Malika» firmasi,  «Sharq»  nashriyot-matbaa konsemi, 
«O‘zqishloqxo‘jmashxolding» kompaniyasi,  «Damas» avtomobili,  Ko'kdumaloq 
kompressor stansiyasi,  Xorazm  chanqovbosti  ichimliklar  zavodl,  QizUqum 
fosforit kombinati,  «Amudaryo» jum ali,  «Shaytanat» 
asari  va hokazo.
4.  M uhim  tarixiy sanalar va bayram lar nom i bosh  h arf bilan yoziladi: 
Mustaqillik  kuni,  Navro ‘z bay rami,  Xotira  kuni.
5.
  Oliy darajadagi davlat tashkilotlari,  xalqaro  birlashm alar nom i  bosh 
h a rf bilan  yoziladi: 
0  ‘zbekiston  Respublikasi,  0  ‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining Raisi,  Yevropa  Iltifoqi Kengashi 
kabi.
6.  Mudofaa vazirligi,  Davlat test markazi,  «Umid» jamg'armasi, Xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash jam g‘armasi 
kabi tashki- 
lotlar  nom ining  birinchi  harfi  bosh  h arf bilan  yoziladi.
7.  Oliy darajadagi unvonlar va  m ukofotlar nom i tarkibidagi so'zlar h ar 
biri  bosh  harflar bilan  yoziladi: 
« 0  ‘zbekiston  Qahramoni»  unvoni,  «Oltin 
Yulduz» 
medali.
Shuningdek, 
«Sog‘lotn avlod uchun» 
ordeni,  «
Shuhrat
»  m edali singari 
m ukofotlarning birinchi  so ‘zi  bosh  h a rf bilan  yoziladi.
S. 
Har 
bir 
gap bosh  harf bilan  boshlanadi: 
Har qanday intilish,  izlanish, 
ijod xalq  manfaatlariga  xizmat  qitsagina  u  qadrlidir.  (A.  Oripov)
89

134-mashq.  Matnni  o‘qing.  Bosh  harflarning  ishlatilish  o‘rinlarini 
izohlang.
Ahmad  Yassaviy  Turkiston  (hozirgi  Janubiy  Q ozog'iston)dagi  Yassi 
shahrida  tavallud topdi.  Uning otasi  Ibrahim Turkistonning taniqli shayx- 
laridan  edi.
Yosh  A hm ad  dastiab  A rslon  bobo d an ,  s o iig ra   B uxoroda  Y usuf 
Xamadoniydan  talis.il  oldi.  T asaw u f ilmi  bilan jiddiy  shug'ullam b yassa- 
viya  (jahriya)  tariqatiga  asos soldi.
Ahmad  Yassaviydan bizgacha «Hikmatiar»  yetib kelgan.  Xalq orasida 
u  «Devoni  hikmat»  nomi  bilan  m ashhur.  Hikmallarga  Qul  Xoja  A hm ad, 
Xoja Ahmad Yassaviy, Ahmad  ibn Ibrohim,  Sulton Xoja Ahmad Yassaviy, 
M iskin  Yassaviy,  Ahmadiv,  Qul  A hm ad,  Miskin  Alimad  kabi taxalluslar 
qo'yilgan.
Yassaviy she’rlarida nafsni  yengish g'ovasi  asosiy o ‘rinni  egallaydi.
M ana,  bir  necha  asrdan  beri  uning  hikmatlari  xalqimiz.  tom onidan 
sevib o'qilib  kelinmoqda.
135-mashq.  Uvga  vazifa.  Bosh  harflarning  ishlatilish  sabablarini 
tnshuntirib  bering.
T o h irjo n ,  S huhratbek,  Sayfi  Saroyi,  H ab ib   A b d u llay ev ;  X iva, 
Zarafshon,  Mirzacho‘1,  Amudaiyo,  Norm,  Chortoqsoy;  Qurama,  Bobotog1, 
Hisor;  M arkaziy  Osiyo.  Shimoliy  Amerika,  Janubiy  Koreya;  Quyosh, 
Merkuriv,  Satum ;  «Mahalla»  iam g'annasi,  «Matiz»  avlom obili,  «Turon» 
ishlab  ch iq arish   birlashm asi;  «M iistaqillik»  o rd e n i,  « O 'z b e k is to n  
Respublikasi xalq artisti»,  Navro'z bayrami; O'zbekiston  Respublikasi ichki 
ishlar  vazirligi,  D on  m ahsulotlari  d av lat-ak sio n erlik   k o rp o ratsiy asi 
«O'zdonmahsulot», YUNESKO tashkiloti.
Savol  va  topshiriqlar
\.
  Kishilarning  ismi.  familiyasi,  otasining  ismi  nim a  sababdan  bosh 
harf bilan  yoziladi?
2.  Joy  nomlarining  imlosi  haqida  so'zlab  bering.
3.  Korxona,  zavod-fabrika nomlariga misollar keltiring va  ularda bosh 
harflarning  ishlatilish  oYmlarini  tushuntiring.
23-DARS.  CHIZIQCHA  BILAN  YOZISH  VA  KO£CHIRLSH 
Q 01D A L\R I
Damning maqsadi:
a)  ilmiy  maqsad:  o lquvchilarning  ongida  chiziqeha  bilan  yozish  va 
ko'chii ib  yozish  yuzasidan  bilim  va  m alakalar  hosil  qilish;
b)  o'quvchilarni  mehr va muruvvat ruhida  tarbiyalash.
90

1-topshiriq.  Tanish-notanish,  izz.at-ik.rom,  binna-birs
o'zlarining 
orasida  nim a  sababdan  chiziqcha qo‘yilishi  haqida o ‘vlab  ko‘ring.
2-topshiriq, 
Bo‘g ‘in  ko‘ch irish   qoidalari.  h aqida  nim alarni 
bilasiz?  Shu  haqda fikrlashing.
1.
  Juft 
voki takror so'zlarning 
o'rtasida  chiziqcha 
ishlatiladi: 
ota-ona. 
orzu-umid,  kecha-kunduz,  qing'ir-qiyshiq;  tog'-tog',  sekin-tez kabi.
2.  Juft  so ‘zlar  orasida 
-u,  -yu 
yuklam aiari  ishlatilsa,  ular  birinchi 
so’zdan  chiziqcha  bilan  ajratib  yoziladi: 
erta-yu  kech,  osh-u  non,  oy-u 
quyosh,  bola-yu  chaqa 
kabi.
3. 
Qop-qora,  yam-yashil,  to'ppa-to‘g ‘ri 
kabi  k u ch ay tirm a  sifatlar 
chiziqcha  bilan  yoziladi.
4. 
Uyma-uy,  oyma-oy,  dam-badam 
sin g a n   o ‘rtasida 
-ma 
yoki 
-ba 
q o ‘shim cha!ari  kelgan so 'zlar chiziqcha bilan  yoziladi.
5. 
-mi,  -gina (-kina,-qina),  -oq (-yoq) 
yuklam alaridan tashqari barcha 
affiks yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi: 
sen-chi,  biz-a,  keldi-da,  ukasi-ku 
kabi.
6.  T a rtib   soniar  arab  raqam lari  bilan  yozilsa,  chiziqcha  ishlatiladi: 
26-uy,  6-xona,  2001-yil,  8-mart.
R im   raqam laridan  s o iig   chiziqcha  ishlatilmaydi: 
XXI asr,  X  bob.
136-mashq.  So‘zIarni  o ‘qing.  Uiar  ishtirokida  gaplar  tuzing,  so‘ng 
daftaringizga  ko‘chirib  yozing.
Orzu-um id,  aka-uka,  chol-kam pir,  issiq-sovuq, kecha-kunduz,  cl-yurt, 
asta-sekin;  baxt-u  saodat,  ota-yu ona,  qop-qora,  k o :m -k o ‘k,  rang-barang, 
m en -a,  b o r-e,  bolam -ey,  biz-chi.
137-mashq.  Gaplarni  o ‘qing,  chiziqchaning  ishiatilish  sabablarini 
ay ting,
M ehribon  kishining  pand-nasihatlarini  olgin  —  ular  seni  saodatga 
yetaklaydi.  K o‘zing so g id a  ezgulik  qil,  m ol-dunyong  borida  ulash,  yedir. 
(Y usuf Xos  Hojib) 
B eva-bechora,  m ayib-m ajruh,  xor-u  zo r  insonlarga 
ko'ngildan  chiqarib  berilgan  moddiy  yordam :  p u l-n o n ,  m ayiz-yong‘oq, 
kiyim -bosh  va  hokazolarga  xayr-sadaqa  deyiladi. 
(M.  Sattor) 
G o'zallik 
shunday narsaki,  u  insonda  m ehr-m uhabbat,  shodlik,  erkinlik va shunga 
o‘xshash tuyg‘ulam i  uyg'ota  olishi  shan. 
(A.  Oripov) 
G ‘o ‘zalarim tiniqib- 
tiniqib suv icha beidi.  G ’o'zalariin  qonib-qonib suv icha berdi.  Chilla suv 
tilla suv b o ‘ldi. 
(T.  Murod)
Aravakash  uning so‘zini  ilib  oldi:
— 
S h irin -sh irin   gap  o ‘rnida  sh irin -sh irin   ashuladan  bo’lsin,  opa, 
ta ’rifingiz eshitib jigarlarim iz laxta-laxta qon  b o 'lib   ketgan. 
(A.  Cho‘!pon)
91

wm
1.  Satrga  siginay  qolgan  so'zlar  keyingi  qaiorga  bo‘g‘in  asosida 
ko'chiriJadi: 
îad-birkor,  ladbir-kor,  kol-lej,  m a '-k m ,  ta ’-Uni 
kabi  (tutuq 
belgisi birinchi bo'ginda qoldiriladi).
2.  So'z boshida kelgan yolg'iz unli hech vaqt yakka o'zi qoldirilmaydi: 
e ’-Ion 
ernas 
e ’Ion,  u-ka 
emas 
uka,  mudofa-a 
emas 
mudo-faa 
singari.
3.  So'z  tarkibida  ikki  undosh  yonma-yon  kelsa,  ular  keyingi  satrga 
birgalikda  ko‘chiriladi: 
dia-gramma,  mono-grafi-ya, foto-grafiya 
kabi.
4.  Sh,  ch, 
«gharflar birikmasi  doim birgalikda yoziladi: 
ko-shona, 
pu-chuq,  de-ngiz 
kabi.
5.  Qisqartma  so‘zlar,  yil,  ov,  raqam  bilan  yozilgan  sonlar  keyingi 
qatorga ko'chirilmaydi: 
0 ‘zMU,  ToshDPU,  2001,  19, 
X^kabi.
6. 
10-«A»  sin f 26-uy,  100  gr,  25  sm,  10  mm 
kabi  ko‘rinishdagi 
birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi.
138-mashq.  S o‘zlarni  bo‘g‘inlarga  ajratib  daftaringizga  ko‘chirib 
yozing.
Maiumot, maxsus, ta’kidlamoq, ko‘ngilchan, singil, taassurot, taajjub, 
saodat,  taxt,  kelingiz,  ingliz, gramm,  metall,  matn,  trolleybus,  kitobxon, 
jumalist, dañar, 0 ‘zMU, XXI asr, Navro'z—2001, 9-«A» sinf.
139-mashq.  Uyga  vazifa.  Ko‘chirish  qoidalariga  zid  ravishda  qisra- 
larga  ajratilgan  so‘zlarni  belgilang  va  ularni  to ‘g‘rilab  daftaringizga 
ko‘chirib  oling.
Den-giz,  ta-a-lluq-li, ke-tin-giz, o-ta-la-ri, Nam-Du,  ko‘n-gil,  tran­
sport, mesh-chan, sa-o-dat,  ma-iumot,  B-MT,  Er-on, a-ka-xon, u-kam, 
ton-ggi, sanoq-li.
9   Savol  va  topshiriqlar
1.  Chiziqcha qanday o'rinlarda ishlatiladi?
2. Juft so‘zlar qanday yoziladi?
3.  Bo:g‘in ko'chirish qoidalari  haqida so'ziab bering.
24-DARS.  NUQTA,  VERGUL  VA  ULARNING 
QO‘LLANILISHI
Darsning maqscidi:
a)  ilmiy  maqsad;  o'qiivchilarning  ongida  nuqta  va  vergul,  ularning 
ishlatilîsh 
0‘rinlari  yuzasidan bilirn  va malakalar hosil qilish;
b)  o‘quvchilami xushyorlik,  ogohlik ruhida tarbiyalash.
92
K O ' C H I R I S H   Q O I D A L A R I
/  
1-topshiriq. 
Egri ishning soyasi ham egri bo iadi.
  Mazkur gapning 
oxirida  nima  sababdan  nuqta  qo‘yilishini  aytib  bering.
2-topshiriq.  Vergulning  ishlatilîsh  o ‘rinlariga  misollar keltiring.
Nuqianing yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi  arab  manbalariga 
borib taqaladi.  U   o'zbek tiiida  tinish  belgisi  sifatida  XIX asrning ikkinchi 
yamiidan boslilab  ishlatila boshlangan.
Nuqla  oszbek tilida,  odatda,  quyidagi  o'rinlarda ishlatiladi:
1.  His-hayajonsiz aytilgan  darak,  buyruq  gaplardan so'ng.
Milliy  istiqlol sharofati  bilan  yangicha  îafakkur  va  yangicha fikrlash 
shakllanmoqda.  0 ‘zingga  ravo  ko'rmagan  narsani  boshqalarga  ham  ravo 
k o ‘rma.  Farzandlarimiz  doimo  sog‘lom  bolsín.
2 .
  Atov gaplardan  keyin.
Ilk bahor.
  Daraxtlar endi  kurtak yoza  boshlagan  palla.
3.  Ismi,  otasining ismi  (ba’zan familiya  ham)  qisqartirilganda, ularning 
birinchi  harfidan  so'ng. 
,, 
______ 
._____ .  .
M.  Behbudiy, A.  Fitrat. A,  Cho ‘Ipon
  kabi  ijodkorlarning  nomi hamisha 
barhayotdir. 
A.S.  Pushkin 
  rus poeziyasining quyoshi.
4.  Nashriyot  ishlarida,  lug'at  va  ma’lumotnomalarda  shartli  ravishda 
qisqartirilgan  ayrim  so ‘zlaming  birinchi  harfi  yoki  bo‘g ‘inidan so'ng.
va  sh.k.  (va  shu  kabilar);  s.t.  (so‘zlashuv  tilida);  G ‘.  G ‘.  (G ‘afur 
G'ulom);  Nav.  (Navoiy);  Toshk.  (Toshkent);  « 0 ‘qituvchi» nashr.;  1995-y.
5.  Q o‘shma  gapning  birinchi  qismidan  so'ng  kuchli  to'xtam   b o isa , 
mantiqan biri ikkinchisiga bogianmagan qo'shma gaplar orasida ham nuqta 
ishlatiladi.  Bunday  hollarda  ikkinchi  gap  am m o,  lekin,  biroq,  chunki, 
shuning  uchun  bogiovchilari  bilan  boshlanishi  mumkin.
Bobodehqon yeiga baraka urug'ini ekish  bilan  band.  Chunki dalalarda 
ish  qizg‘in.
6.  Ba'zi bir hollarda yil,  oy,  kunni  ifodalovchi  raqamlardan so‘ng ham 
nuqta qo'yilishi  kuzatiladi:  21.03.2010.
7.  Butunning qismlarini  sanash uchun  qo'llanilgan arab  raqamlaridan 
so'ng  ham  nuqta  ishlatilishi  mumkin.
Tovushlar  quyidagi  t.urlarga  bo'linadi:  1.  Unli  tovushlar.  2.  Undosh 
tovushlar.
8.  Hisob-kitob ishlarida  nuqta  belgisidan  ko‘paytiruv  alomati  sifatida 
ham  foydalaniladi.  2 - 2   =   4  (ikki  karra  ikki  to'rt).
V ER G U L VA U N IN G   QO'LLANILISHI
Vergul  tinish  belgisi  sifatida  G'arbiy  Yevropada  XV  asrdan  boshlab 
ishlatila  boshlangan.  O'zbekcha  matnlarda  XX  asr  boshlaridan  boshlab 
uchraydi.  Undan  quyidagi  o'rinlarda foydalaniladi.
93

1.  Uyushiq boiaklar orasida.
Bolalarning  xulqi,  odohi,  yurish-turishi,  ko 'cha-ko ‘yda,  mahallada 
o'zini  tutishi,  do'stlari  orasidagi  mavqeyi,  hurmati,  oila  yumushlariga 
qo 'shayotgan  hissasi  bilan  doimo  qiziqib  turish  lozim  (M.  Inomova).
2.  Undalmalar vergul bilan  ajratiladi.
Uka,  o'qishning  erta-kechi  bo'lmaydi.  Men  Sizni,  oyijon, jud a yaxshi 
k o ‘raman.  Salom  sizga,  purviqor  tog'lar!
3.  Kirish so‘z va kirish  birikmalardan  so‘ng.
Shubhasiz,  Vatanimiz jahonning  rrvojlangan  mamlakatlari  qatoridan 
o'rin  olajak.  Forobiyning  yozishicha,  inson jamiyatda,  o'zaro  munosa- 
batlarda  voyaga yetadi.
4.  Tasdiq,  ta’kid.  inkor  va  shu  kabi  ma’nolarni  bildiruvchi  ha,  y o ‘q, 
rahmat.  x o ‘sh,  qani, xayr,  ofarin,  salom  kabi so‘z-gaplardan  keyin  kelgan 
bo‘laklami  uiardan  ajratish  uchun  ham vergul qo‘yiladi.
Ha,  hushyor  bo ‘lish  har  bir fuqaroning  Vatan  oldidagi  muqaddas 
burchidir.  Xayr,  bizjo'nab  ketyapmiz■
  Xo'sh,  xalq  uchun  siz  nima  ish 
qildingiz? Bu  haqda  o ‘ylab  ko'rdingizmi?
5.  Ajratilgan boiaklar orasida.
Onaga,  eng  ulug‘  zotga,  ehtirom  chinakam   insoniylik  sanaladi. 
0  ‘z.bekistonda, jahonga yuz tutgan obod va ozod mamlakatda,  demokratiya 
kundan  kunga  barqarorlashib  bormoqda.
6.  Bogiovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasiga.
Do'sting  mingta  bo ‘Isa  ham  oz,  dushmaning  bitta  b o ‘lsa  ham  k o ‘p.
Yurgan  —  daryo,  o ‘tirgan  —  bo ‘yra.
7.  Bogiangan qo‘shma gaplarda ham  vergui  ishlatiladi.
Bilimli va tadbirkor bo ‘ling,  lekin bu xislatlaringiz sizni xudbinlikka sira 
yetakmalasin.  Yo  biz  boraylik,  yo  siz  keling.
8.  Undov  so‘zlar  his-hayajon  bilan  aytilmasa,  uiardan  so‘ng  vergul 
ishlatiladi.
Ey,  menga  bir minutga  qarab  qo ‘ying.
9.  K o'chirm a  gap  darak,  buyruq  gap  b o is a ,  undan  so‘ng  vergul 
qo'yiJadi.
«Inson  qalbi javohirlardek  toza, p o k  bo'lmog'i  lozim»,  —  deb  aytgan 
edi Abu  Rayhon  Beruniy.
140-mushq. 
Gaplarni  o ‘qing.  N uqtaning  ishîatilish  o ‘rinlarini  sharhlang.
Insonning  nima  ish  qilayotganiga  qarab,  uning  kimligini  aytib  bersa 
boiadi.  (H.  Hegel)  Qoiingdan  kelmagan  ishni  qilma.  Haqiqiy  buyuklik 
o‘zini  tuta bilishdan  iborai.  (F.  Lafonten) 2005-yil  — sihat -salomatlik yili. 
«Farzandim — jigarbandim».  Dalalarim  —  bobolarim sho'r-sho‘r pesho-
9 4

nasi.  Dalalarim  —  otalarim  yag‘ir-yag‘ir velkasi.  D alalarim   —  ayo llarim  
xazon-xazon  umri.  (T.  Murod)
  Menga ruxsatmi?
—  Ruxsat.
—  Boray bo'lmasa...
—  Boring.  Bu  yoqlarga  kelganda...  m undoq...  kirib  tu ris h n i  ham 
unutmang.  (Murod Muhammad  Do ‘st)
D i  I n a v o z .   Shu  kishi  to ‘g'risinda nima deysan?
R a h i m b a x s h .  Buyukdir.
D i  1 n a v o z .  Shunga yurakdan hurmatim bor.
R a h i m b a x s h .   Hurm atga arziydir.
D i  1  n a v o z .  0 ‘zi  esa m a’jus.
R a h i m b a x s h .   insonliq  m a’juslikyo  musulmonlikka  qaram aydir. 
Lolahardiyol  insondir.  (A.  Fitrat)
Toshkent.  Mustaqillik maydoni.  Navro‘z tantanalarining boshlanishiga 
sanoqli daqiqalar qoldi.  ( Bayram reportajidan)
141-mashq.  Matnni o ‘qing. Tinish belgilarining yozuvdagi o ‘m i  haqida 
fikr yuriting.
Bir kuni gazeta muharrirlaridan biri  havaskor shoirdan  xat old i.  Shoir 
o'ta  mazmunsiz she’r yozib.  tagiga xat  ham  ilova qilib  qo'ygan e k a n :
—  Tinish  belgilarini  qo‘ymadim,  u/.r.  o'zingiz  q o ‘yib  olarsiz.  F ig ‘oni 
falakka  chiqqan  m uharrir darhol  havaskor shoirga javob xati  yo'lladi:
—  Kelgusi  safar  tinish  belgilarining  o ‘zini  q o ‘yib  yubora'vering, 
so‘zlarini o'zim  topib qo‘yarman.
142-mashq.
  Vergulning  qo‘yilish  sabablarini  izohlang.
Eng  muhimi,  mustaqillik  tufayli  odamlarimizning  dun yo qarashi  va 
tatakkuri.  m a’naviv  qiyofasi  o'zgardi,  jamiyatimizda  ahillik,  m uruvvat, 
mehr-oqibat, tinchlik va osoyishtalik qaror topdi.
Yaxshiga yondash, yom ondan  qoch.  Mard bir o'lar,  nom ard —   ming.
—  Bu  senrni,  qizim!
—  Men,  otajon! 
(A.  Qodiriyj
Pastda, yigirma metrcha quyida,  naq ovoqlari ostida Chuqursoy cjuyosh 
nurida tasmaday yaltirab  oqib  yotardi.  (/.  Hasanov)
Illat  izlaganga  illatdir dunyo,
G iirbat  izlaganga g’urbatdir dunyo,
Kim neni  izlasa topgan begumon,
Hikmat  izlaganga hikmatdir dunyo.
(E.  Vohidov)

—  Ha, xola, uyda  nima qilasiz?
—  Uxlayin, bolam, men qari narsa yarim kechagacha o‘tirolamanmi? 
Sizlar,  yosh-yaiang o'ynab-kulib ko‘ngillami yozinglar.  M en orom olay...
(A.  Cho‘lpon)
Sidiqjon gap boshlamoqchi bo'lib:
—  Qalay,  —  dedi  va  sap-sariq  qamishzorning  u  tom onida  oqarishib 
turgan daryoni ko'rsatdi.— bahavo joylar ekanmi?  (A.  Qahhor)
143-mashq.  Uyga  vazifa.  Vergulrting  gap  ma’nosiga  qanday  ta ’sir 
qilayotganini  aytib  bering.
Afandi bir kuni  boyga:
—  Siz odam  emassiz,  eshak! — deb aytdi.
Bundan boyning nihoyatda jahJi chiqib Afandini  qozixonaga sudradi. 
Afandi  shunday  deganligini  tan  oidi,  iekin  men  boyni  «Siz  —  odam, 
emassiz eshak» deganman deb jazodan  qutulib ketdi.
r  Savol va  topshiriqlar
1.  Nuqtaning  ishlatilish o'rinlariga  misollar keltiring.
2.  Vergul  qanday o'rinlarda ishlatiladi?
3.  Uyushiq  bo‘laklar  va  undalmalarda  vergulning  ishlatilishi  haqida 
so; zi ab bering.
25-DARS.  S O ‘ROQ  VA  UNDOV  BELGILARI,
ULARNLNG  Q O ‘LLANILISHI
Darsning maqsadi:
a)  ilmiy maqsad: o'quvchilarning ongida so'roq belgisi,  undov belgisi 
va  ularning  ishlatilishi yuzasidan bilim va  malakalar hosil qiiish;
b)  o‘quvchilarni  haq  ish  uchun  kurasha  bilish  mhida  tarbiyalash.
У  
1-topshiriq.  So ‘zning  doriga  о ‘xshashini,  uning  ortiqchasi  zarar 
keltirishini bilasizmi? Ushbu gapda so‘roq belgisining nima sababdan 
ishlatilayotganini izohlang.
2-topshiriq.  Undov  belgisining  ishlatilish  o'rinlariga  misollar 
keltiring.
So‘roq  belgisining  kelib  chiqishini  lotincha  questio  —  so'roq  so'ziga 
olib borib taqaydilar.  So'roq m a’nosida mazkur so‘zning birinchi harfï  «Q» 
ishlatila  boshlagan,  keyinchalik  uning  shakli  hozirgi  holatga  (?)  kelib 
qolgan, 
0
‘zbekcha matnlarda  1885-yildan  boshlab uchraydi.  1900-yildan 
so'ng muntazam  ishlatila boshlangan.
96

So'roq belgisi quyidagi o'rinlarda  ishlatiladi:
1.  So'roq gaplaming oxirida.
Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi? Navoiyning tilshunoslikka 
bag ‘ishlangan  qanday  asari  bor?  Vazifani  bajarib  b o ‘¡dim  (darak  gap). 
Vazifani bajarib bo'Idim?{ohang  o'zgaradi).
2.  Kim?nima?qanday?qanaqa?qaysi? kabi so'roq olmoshlaridan so‘ng.
Rang-tusni  bildiruvchi  sifatlar  qanday?  qanaqa? qaysi? so'roqlariga 
javob  bo'ladi.
3.  Gap  yoki  main  ichidagi  birorta  so‘z  yoki jum la  mujmal,  noaniq, 
tushunarsiz boisa,  undan so‘ng qavs ichiga qo’yiladi.  «Toping!» m a’nosida.
Abdulla  Qodiriyning  « 0 ‘tgan  kunlar»  qissasida  (?)  o‘zbek  xalqining 
yaqin  o'tm ishi  haqida  hikoya  qilinadi.  5  •  5  =   ?  (matematikada).
UNDOV  BELGISI  VA  UNING  Q O ‘LLANILISHI
Undov  belgisi  o ‘zbek  tiliga  rus  tiSidan  o 'tg an .  M utaxassislarning 
fikricha,  u lotincha lo —  undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,  unga nuqta 
(.)  ning  qo‘shilishidan  hosil  bo'lgan.
Undov belgisi  quyidagi  hollarda ishlatiladi:
1.  Kuchli his-hayajon bilan  aytilgan gaplardan  so‘ng  qo'yiladi.
Oqpodsho yerdan  bir siqim  tuproq  oladi.
— 
Ana  tuproq,  mana  tuproq! —  deydi.  —  Bo ‘rsildoq tuproq,  mag'izdor 
tuproq,  hosildor tuproq.  Tuproqmisan-tuproq!  (Tog'ay Murod)
2.  Buyurish,  yalinish,  istak,  xohish va shu kabi  m a’nolami  ifodalovchi 
gaplaming oxirida ham  islilatiladi.
Siz  ham  oyoqni  ishlating!  —  deb  buyurdi.  Suv  ostida  o ‘pqonlar  ko'p. 
Tortib  ketmasin!  (P.  Qodirov)
3.  So‘z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan  aytilgan  undalmalardan 
so'ng q o ‘yiladi.
Ey  arslonlar  arsloni! Mening yozuqlarimdan  o ‘t,  mening  qo ‘limni  tut, 
belimni  bog‘la,  muqaddas fotihangni ber!  (A.  Fitrat)
4.  Ha, yo ‘q, xo ‘p,  uzr,  mayli, xayr, salom kabi so'z-gaplar hayajon bilan 
aytilsa,  ulardan  so'ng qo'yiladi.
Balli-balU! —  dedi  Rahim  va  Sharifga  qarab  im  qoqdi.  (A.  Qodiriy)
Yo ‘q! Borolmayman,  —  dedi  qayrilib.
5.  Main ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko‘rsatilgan so'zlardan keyin 
qavs  ichida  berilishi  mumkin.
«Bobumoma»da  tarix,  etnografiya,  til,  adabiyot geografiya,  biologiya, 
botanika,  hatto  tabobatga  (!)  oid g ‘ovat qimmatli  ma ’lumotlami  uchratish 
mumkin.
7  -  28 J
97

6.  Aytilishi  lczirn  boigan  fikr  o‘ta  kuchli  his-hayajon  bilan  aytilsa, 
ketma-ket uchta belgi qo'yüaüi.
Charos  kafti  bilan  yuzini  to 'sgancha  o ‘xini  orqaga  tashladi.
— A-a-aW —  cledi chinqirib.  ( 0 ‘.  Hoshimov)
—  Chiqar buni jallos!!! Jallodlar harakatlandilar.
— Xanjarimiz qonsirag 'on!  (A.  Qodiriy)
7.  His-hayajon bilan aytilgar. so'roq,  shuningdek.  ritorik so‘roq gaplur- 
dan so‘ng.
Kimdir seni  kutsa,  kimnidir  sen  ham  sog‘insang.  qanday  baxt  bu! 
(O'. Hoshimov)
144-mashq.  Gaplarni  o ‘c¡ir;g.  So'roq  belgisining  qo‘yilish  o'rinlarini 
izohlang.
U  tug'ilib  esini  tanigandan  buyon  qanday  yashadi,  nimalar  qildi? 
Odamdek yashadimi?  Biron dardmandga dardkash bo'ldimi?
Yig‘lagan yetimning ko‘z yoshini artdimi?  Biron  muhtojning og'irini 
yengil  qildimi?  (S.  Ahmad)
  Qayerdansiz?  — so‘radi kimdir Nazir otadan.  Nazir ota aytdi.
—  0 ‘zinglar-chi?
— Yakkabog'dan.  ( 0 Umarbekov)
  Bir narmdek (?) yov bila bir kiyikning qo‘ltig‘iga otdim.  («Bobumoma»)
— Hovlilaringiz katta ekan... — dedi u nihoyat chidolmay.  Charos unga 
yarq etib qaradi.  Ko‘zlarida sevinch uchqunlari bir lahza lovullab ketganday 
bo‘ldi. Yodgor uning bu qarashidan  «bordingizmi?»  degan savolni uqdi.
— Nimalami  ko'rdingiz?  —  dedi Charos jilmayib.
—  So‘rilaringizning panjarasi chiroyli ekan.
— Yana?
— Oshxonangizdagi derazaning bir ko‘zi sinibdi.
— Yana?
— Vodoprovodingiz rnuzlab qolibdi.
—  Uni  eritdik...  Yana?  ( 0 ‘.  Hoshimov)
145-mashq.  Matnni  o‘qing.  Undov  belgisining  qo'yilish  o'rinlarini 
i/ohlab bering.
Ey,  Chingiz  va  Tem ur  askarlarini  ko'rgan  qop-qora  tog'lar!  By, 
Vatanim Turkistonning eski davrini ko'rgan tog1 bobolar!  Chin ayting!  Bu 
yiginnanchi asr madaniyatini ham ko'nib turubsiz!  Nimaga bu madaniyatga 
kirmakka o'zlari  harakat qilmaydilar?
Ey vatandoshlarim! Qachong'acha bu g'aflat? Nimaga buncha xashyoq- 
massizlar? Axir. si/lar ham odam-ku!  Odamlardek harakat qilingizlar!  Ko‘z
98

oldingizga keiub turgon iim va m a’rifat mevasidan loydalanmasdan nimaga 
ogizlaringizni  ochub qarab turasizlar? Nimaga bu  ishlarga kirisiimaysiz!ar? 
Uyqudan  ko‘z ochinglar!
Uyqudan  ko‘z ochinglar!  L'rununglar!  flm-ma’rifat va hunar izlanglar! 
Vaqt  yetdi,  baiki o ‘tdi...  (A.  Cho'lpon)
146-mashq.  Gaplarni  o‘qing,  Undov  be!cisin:ng  qo‘yi!isli 
0
‘rinIarini 
izohiang.
Suv!  Suv!  —  deb  qichqirardi  niingboshi.  Suv! Yuragim  kuyib  keidi... 
yonib  ketui:..  Suv!  Suv!!!  (A.  Cho'lpon)  Men  o ‘zbek  xalqiga  haykai 
qo'yaman!  (T.  Murod) Odamlar qiziq-a!  Dunyoda bir-biriga o'xshavdigan 
ikki  odamni  hech  qachon  uchratib  boimaydi.  (O'.  Hoshimov)  She’rim! 
Yana o'zing yaxshisan.  Bog'ga  kirsang gullar sharmanda.  (U.  Nosir)  Ha. 
ho'kizni uylariga eltib berilsinmi? Axir, borilsin,  arz qilinsin-da.  Fuqaro- 
ning arzga borishi arbobning izzati boiadi!  (A.  Qahhor)
147-mashq.  Uyga  vazifa.  Matnni  o‘qing,  undov  belgisining  qo‘yilish 
sabablarini  izohlang.
—  Pusn.fi panohoi  — dedi  xudaychi, xiyonatkor o ‘z ixtiyori bilan  kelib, 
domi  adolatingizga taslim  bo'lmoqchi.
— Xiyonatkoring*  kim?
—  Mirzo Anvar!
Xon  scskanib  ketdi,  hamnishinlar ham aiang-jalang boidilar.
—  Keltir!
Xudaychi  qullug'  qiiib  orqasiga  qaytdi.  Daiilizdagi  Anvar  buinchi 
xonadagi a’yonni hayraiga solib, ikkinchi tanobiyning bo‘sag‘asida. jaUodlar 
o'rtasida to'xtadi va xonga ta’zirn etdi.
Raqibni bu  qadar jasoraida  ko’rgan Xudoyorning kiprik ostlari uchib, 
saqol  tuklari  silkindi va biroz so'z topolmagandek tamshanib turdi.
—  Sen bizga  xiyonat  qilding‘  it  uvli! Anvar bosh  irg‘adi.
—  Iqrorman.
— Tuzimni unutding'!
—  Tonmayman!
—  iqrorsan,  tonmaysan,  o'bdon  ish! — dedi zaharxanda qiiib xon,  — 
oiuvdan ham  qaytmaysan?!
—  Men sizdan marhamat soiab kelgan emasman!  — dedi Anvar iljayib,
—  o ‘zimni  oiiniga berib bir gunohsizni  qutqarish uchun  kelganman!
Hamnishinlar lablarini  tishladilar.  Xudovor istehzoli  kuldi.
—  Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
—  Albntta!  — dedi Anvar,  — boshqalar kislii gunohi  uchun gunohsizni 
tutib,  pusulmonchiliqdan  chiqqach,  men  pusulmonchiliq  bilan  o'lishni 
o'bdan  biidim!
(A.  Qodiriy)
99

Download 383.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling