A. nurmonov, A. Sobirov, N. Qosimova


S o ‘z  yasash  va  orfografiyaga  oid  quyidagi  grammatik


Download 383.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana19.10.2017
Hajmi383.51 Kb.
#18179
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19

S o ‘z  yasash  va  orfografiyaga  oid  quyidagi  grammatik 
topishmoqlarga  javob  toping.
1.  Tovush emas,  harf emas, 
Tanho anglatmas m a’no. 
Asoslarga qo'shiiib,
Bildirar yangi  m a’no.
2.  So‘zga yangi  m a’no bag‘ishlar, 
Yangi  m a’no, jilo bag'ishlar. 
Nimaligin  donolar topsin, 
Misol  bilan  ham   isbotlasin.
3.  Tanga,  senga, Vatanga,
Yanga,  tunga.  ham  elga. 
Jo'nalish kelishikning 
Qo!shimchasi  qaysi-ga?
4.  Terma,  terim ,  tcrimchi, 
Qanday so‘zlar toping-chi?
5. Tara-taroq,  yangra-vangroq 
Tara bo'lar nega taroq?
Yangra b o ia r nega yangroq.
6.  So‘zlar bor yozma  nutqda 
Kichik  birinchi  harfi.
Gap boshida kelganda, 
Ulg'ayar kichik  harfi?
7.  Asos bilan  yasovchi 
Qo'shim chadan  iborat.
Misol b o iad i  «Suvchi»,
Nomi  nima,  toping-chi?
8.  Bo'taloq ham  qo‘zichoq, 
Uycha, jonli qo'girchoq. 
Qaysi  q o £shim chalar bor 
Bu so'zlarda o'ylab boq?
9.  So‘z yasamas,  qo‘shimcha, 
Xizmati bor olamcha.
So‘z m a’nosi o‘zgartar 
Ular qaychi,  suvchi.
10.  Kimningdir o'sgan sochi, 
O'ylab  ko‘ring-chi, T o‘ychi 
Qaysi-si so‘z yasovchi?
10. O 'rinda bor,  o'm ida yo‘q, 
Bo‘vinda bor. bo'ynida yo‘q.
11.  Bir  ming,  sening  noning, 
Taning,  koning, 
Qo'shim chani  o'ylab toping.
12. Tub,  yasama bo iad i, 
Qo'shm a-yu juft bo iadi. 
Predmet,  harakat,  belgi 
Ma’nosin bildiradi.
14.  N oning ham  paxtazoring, 
Quyonning  ham  quvoning. 
M a’noli qismlarni 
So'zlardan  o'ylab toping.
(R.  Sirojiddinov)
79

BO‘G‘ IN  VA  UNING  TURLARI
Biz  so‘zlarni  talaffuz  qilayotganimizda,  o ‘pkadan  chiqayotgan  havo 
oqimi  b o iin ib -b o iin ib   chiqadi.  Bu  b o iin is h   tovush  yoki  tovushlar 
yigindisi  shaklida boiadi.  Ana shu  hodisa tilda bo‘g‘in  deb yuritiladi.
fes 
Bir  havo  zarbi  bilan  aytilgan  tovush  yoki  tovushlar  yigindisiga 
a   bo‘g ‘in  deyiladi.
Savod chiqarishda va yozuvda bo‘g‘in juda katta amaliÿ ahamiyatga ega. 
Bo‘g‘inni tashkil qilishda unli va undosh tovushlar xilma-xil kombinatsiya- 
larda bir-birlariga qo'shiladilar.
Masalan:
unli  —  undosh:  ol,  uy,  il...
undosh  —  unli:  ha,  ma,  na...
unli  —  undosh —  unli:  ola,  una,  ura...
undosh  —  unli  —  undosh:  bir,  til,  kir...
undosh  —  unli  —  undosh  —  unli:  vafo,  qora,  bola...
undosh  — unli —  undosh —  unli — undosh:  bodom, g'azab,  lobar va 
hokazo.
0 ‘zbek tilidagi so‘zlar kel,  bur, suv kabi b irb o ‘g‘inli,  osmon,  qadrdon, 
iqbol so'zlaridek  ikki  bo‘g‘inli,  kelajak,  xayolot,  muhabbat  singari  uch 
bo‘g‘inli, yotoqxona, gumburlamoq, xoinona kabi to ‘rt bo‘g‘iiili,  radiokarnay, 
gultojixo ‘roz,  abadiylashtirmoq,  qurolsizlantirish,  aytolmaganliklaringiz- 
dandir-da kabi besh va undan  ortiq bo‘g‘inli boiadi.
So’zlar unli tovush bilan tugasa, bunday bo‘g‘inga ochiq bo‘g‘in,  undosh 
tovush bilan tugasa, yopiq bo‘g‘in  deb ataladi.
Masalan:  a)  dala,  tabaqa,  havo,  ...;  b)  turp,  qor,  shayton,  ...
124-mashq.
  0 ‘quvchilar hayotidan olingan  quyidagi qatralarni  o‘qing. 
S o ‘zlarni  bo‘g‘inIarga  ajratib  ko‘chiring.
— Menga ruchkangizni berib tursangiz, — deb iltimos qildi singil akasidan.
—  Nega o‘zingniki bilan yozmayapsan?  — deb so'radi  akasi.
— Meniki ko‘p xato qilyapti,  —  deb javob berdi  singlisi.
0 ‘qituvchi o'quvchidan so‘radi:
—  0 ‘g‘irlamoq feii o'tgan zamonda qanday tuslanadi?
— 0 ‘g‘irladi.
—  Kelasi zamonda-chi?
— Qamoqda  ...
125-mashq.  Quyidagi  so‘zlarni  bo‘g‘inlarga  ajratib  ko‘chiring.
Harf,  shogird,  manba, sunbul,  tinglamoq,  ko'ngil,  qaib, singil, jingalak, 
dekabr.  kiosk, teleks,  faks, juft, mustaqillik, xushchaqchaqlik,  m a’ruza, jahl, 
albom, mudofaa,  taassurot.
80

126-mashq.
  Uyga  vazifa.  Q uyidagi  hikoyachani  o ‘qib,  s o ‘zlarni 
bo‘g‘inlarga  ajratib  yozing.
KO‘P TILNI  BILUVCHILAR  BAHSl
Brasselda qiziq  tanlov b o iib  o‘tdi.  U nda G ‘arbiy Yevropa m amlakat- 
laridagi  poliglotlar  —  ko‘p  tilni  biluvehilar  o 'zaro   kuch  sinashdilar. 
Poliglotlar  uchun  eng  kamida  9  ta  tilni  bilish  (bunga  lotin  va  esperanto 
tillari  kirmagan)  shart  qilib  qo‘yildi.
Tanlov  tashkilotchisi,  Belgiyaning  Xassalte  shahridagi  zam onaviy 
tillam i o'rganish  markazining boshlig'i  E. Xarmansning ta’kidlashicha,  bu 
musobaqa sportchilaming ko‘pkurashi shaklida uyushtirilgan.  Hakamlikka 
esa baholanadigan til ona tilisi  b o ig an  til sohiblari taklif qilingan.
Bu  tanlovda  Buyuk Britaniya vakili,  o 'rta maktab o ‘qituvchisi  D. Xer 
g'olib chiqqan.  U 23  ta tilda erkin gaplasha olar ekan.
9  
Savol  va  topshiriqlar
1.  Segment birliklar deganda  nim ani tushunasiz?
2.  Ustsegment birliklar nima?
3.  Ohang  nimalami  o‘z  ichiga  oladi?
4.  Bir jum la tuzib,  unga ohang jihatidan tavsif bering.
5.  Bo‘g ‘in  deb nimaga aytiladi?
6.  Ochiq va yopiq bo‘g‘inlar haqida  gapirib bering.
7.  Bo‘g‘inlaming tashkil topishida unli va undosh tovushlar qanday rol 
o ‘ynaydi.
8.  Urg‘u  nima?
9.  So‘z  urg‘usi haqida gapirib bering.
10.  M a’no  urg‘usi deganda  nimani  tushunasiz?
6  -  281

ORFO G RA FIY A   VA  P U N K TU A TSIY A
19-DARS.  0 ‘ZBEK  TILIN ING  YANGI  IMLO  QOIDALARI
Darsning maqsadi:
a)  ilmiy  maqsad:  o ‘quvchiIarning  ongida  yangi  im lo  qoidalari 
vuzasidan bilim va malakalar hosil  qilish;
b)  o‘quvchilarn¡ do'stlik va  qardoshlik ruhida tarbiyalasli.
/  
Topshiriq.  Quyida xato berilgan gapni imlo qoidalariga  muvoflq 
daftaringizga ko'chiring.  So'zlammg aytilishi va yozilishidagi farqlami 
túshuntiring:  Xaqiyqat tikanliy gulga  o ‘xshayd¡,  xidlashni bilmagan- 
lami  bimniga sanchiladi.
Yozuv  bar bir xalqning  m a’naviy boyligi,  yuksak  madaniyatga  erish- 
ganligining o'ziga xos koiinishi  sanaladi.
•  
S o ‘zlarning  yozilishidagi  barqarorlik,  qat’iylik  millatni  yak- 
m
  dillikka,  ma’naviy  jipslikka  yetaklaydi.  Shu  ma’noda  har  bir  xalq 
o ‘z  tilining  imlo  qoidalarini  ishlab  chiqadi,  uní  amaliyotga  tatbiq 
etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz  1956-yilda tasdiqlangan 
edi.  Davr o‘tishi bilan u eskirdi,  amaliv ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. 
Shu bois,  80-yillarning boshlaridayoq  uní yangilashga urinishlar boshlandi.
0 ‘zbek  tiliga davlat  tili  maqomining berilishi,  mustaqillikning q o ig a 
kiritilishi  yangi  imlo  qoidalarini  ishlab  chiqish  uchun  qulav  ¡mkoniyat 
yaratdi.  Lotin  yozuviga  asoslangan  yangi  alifboning joriy  etilishi  esa  bu 
jarayonni yanada tezlashtirib yubordi.  Shu  maqsadda 0 !zbekiston  Respub- 
likasi  Vazirlar  Mahkamasi  1995-yilning  24-avgustida  339-sonli  «O'zbek 
tilining asosiy imlo qoidalarini  tasdiqlash  haqida» qaror qabul  qildi.  U  82 
banddan iborat bo'lib,  quyidagi bolim larni o‘z ichiga oladi:
1.  Harflar imlosi:
a)  unlilar imlosi (1—7-bandlar);
b)  undoshlar imlosi  (8—32-bandlar).
2.  Asos va qo‘shimchalar imlosi  (33--37-bandlar).
3.  Qo'shib  yozish  (38-50-bandlar).
4.  Chiziqcha bilan  yozish  (51— 56-bandlar).
5.  Ajratib yozish (57—56-bandlar).
6.  Bosh  harflar imlosi  (66—74-bandlar).
7.  Ko'chirish qoidalari  (75—82-bandlar).

UN U  LAR  IMLOSI
Yangi  inilo qoidalarida unlí  harflarning yozilishiga keng o ‘rin ajratilgan.
A  a harfi savol,  zamon,  bahor so‘zlarida  «o» kabi aytilsa ham  har vaqt 
«a» yoziladi.

o harfi boshqa tillardan  kirgan  quyidagi so'zlarda  «a» singan talañuz 
etiladi, biroq hamisha «o» yoziladi:  kollej,  monitoring,  dekoratsiya,  omonim, 
okulisr va  h.k.
Shuningdek,  o ba'zan o'kabi  aytilíshi  ham mumkin,  lekin baribir «o» 
yozilaveradi:  tom a,  noyabr,  boks,  ton va  h.k.
¡i harfi bilan,  bilim,  til,  tilak,  harxil,  qism kabi  so'zlarda qisqa aytiladi 
va «i» yoziladi,  badiiy,  ommaviy,  Lutfiy singan so'zlarda  «/» cho'ziq aytiladi, 
lekin  doimo  «iy» yoziladi.
Un harfi yuiuq,  butun,  tovuq,  sovuq, sovun kabi so'zlarda «í»ga monand 
talaffuz etilsa-da,  qoidaga binoan  «u» yoziladi.
O 'o'harfi  o'zbek,  o  ‘Ika,  o ‘simlik kabi  so'zlarda oíd  qator.  o !na-keng, 
lablangan unli  tovushni  ifodalash  uchun yoziladi.
E  e  harfi  e Ion,  ehtirom,  fe  7,  bermoq,  meros,  mone,  tole,  kofe  kabi 
so'zlarda oíd qator, o'rta-keng, lablanmagan unli tovushni ifodalash uchun 
yoziladi:
«e»,  «e»,  «¡o»,  «a»  harflari yangi  alifboda quyidagicha yoziladi:
e:  yetti,  yetmish,  yetim;
yo:  yolg'iz,  yomon, yong'oq;
yu:  yulduz,  yumshoq,  yumuq.
ya:  yakka,  yangi,  yaroqsiz.
Milliard,  material,  million,  radio,  ukrain,  said,  doim,  shoir,  teatr, 
okean singari so'zlar talaffuzida unlilar orasida «y» undoshi qo'shib aytilsa- 
da, yozuvda  tushib qoladi.
Taassurot,  taalluqli,  taajjub,  matbaa,  saodat,  maorif  muomala,  inshoot 
kabi so'zlar o'rtasidagi  unlilar yozuvda saqlanadi.
UNDOSHLAR  IM LO SI
1.  «B» tovushi borib, javob,  hisob,  bob, xitob kabi  so'zlarda  «p»,  qibla, 
tobla so'zlarida  «v» tarzida aytilsa  ham  «b» yoziladi.
2.  Avtomat,  avtobus,  avtomobil kabi  so'zlarda  «v»  tovushi  «f»  tarzida 
tallafuz qilinsa-da,  doimo «v» yoziladi.
3.  Fursat,fízika, fabrika, fahm-farosat, fasl singan so'zlarda « /» tovushi 
«p»  kabi aytiladi,  lekin asliga muvofiq ravishda  har doim  «/» yoziladi.
4.  Obod,  ozod, faryod,  tadbir,  tadqiqot kabi  so'zlarda  «d»  tovushi  « t» 
tarzida  aytilsa-da,  har vaqt «d» yoziladi.
5.  ¡ztirob,  tuzsiz,  bo‘zchi so'zlarida 
tovushi  «s»  kabi  aytiladi,  biroq 
hamisha asliga mos  ravishda  «z.» yoziladi.
83

6.  J  j  haifi jon, jahon, juma,  g'ijjak,  vaj so‘zlarida  til  oldi,  jarangli, 
portlovcbi  <jurnal,  ajdar,  garaj,  riraj  so‘zlarida  esa  til  oldi,  jarangli, 
sirg'aluvchi  «dj» undosh tovushini  ifodalash uchun yoziladi.
7.  Sh  sh  harfi  shahar,  shimol,  shoshmoq,  osh,  bosh  kabi  so‘zlarda  til 
oldi, jarangsiz,  siig‘aluvchi tovushni ifodalash uchun yoziladi.  Sh harfi ikki 
tovushni ifodalasa,  oraga tutuq belgisi  qo'yiJadl:  I s ’hoq,  as ’hob kabi.
8.  Ch  ch  harfi  chumoli,  choy,  achchiq,  soch  kabi  so‘zlarda  til  oldi, 
jarangsiz,  qorishiq undosh tovushni  ifodalash uchun  yoziladi.
9.  R r  harfi  rahmat,  rahm,  diyor;  L / harfi  lola,  hoi,  olmoq;  N  n  harfi 
non,  ona,  osmon;  G g harfi gul,  ega,  eg;  Kk harfi  kam,  ikki,  tok;  Y y harfi 
yetti, 
yuz, 
dunyo,  toy;  Ng ng  harfi  k o ‘ngil,  tong,  ong;  Q  q  harfi  qizil,  oq, 
aql;  G‘g ‘ harfi  g ‘oz,  og‘a,  tog‘;  X  x   harfi  xalq,  axborot,  baxt;  H  h  harfi 
hamma,  hosil, ehson,  isloh kabi so‘zlardagi muayyan tovushlarni ifodalash 
uchun yoziladi.
10.  Farzand,  band, poyezd so‘zlaridagi  «d» undoshi, go‘sht, past,  artist 
so‘zlaridagi,  «t»  undoshi  talaffuzda  tushib  qolsa  ham  yozuvda  doimo 
ifodalanadi.
11.  Xuddi shuningdek,  metall,  kilovatt,  ¡congress kabi so‘zlar oxiridagi 
qo‘sh  undoshlardan  biri  talaffuzda  tushirilib  qoldirilsa  ham   yozuvda 
hamisha ifodalanadi.
12.  Tutuq belgisi  a ’lo,  ta’lim,  e 'lon,  she’r, f e ’l kabi  so'zlarda unlidan 
keyin kelib,  uning cho‘ziqroq aytilishifii  ia ’minlaydi.
13.  Mojiza,  mo'tadil,  mo'tabar  kabi  so‘zlarda  o ‘  unlisi  cho'ziqroq 
aytiladi, lekin tutuq belgisi qo‘yilmaydi.
14.  San 'at,  in ’om,  m as’u l kabi so’zlarda unlidan oldin qo‘yilib,  uning 
undosh  tovushdan  ajratib aytilishini ta’minlaydi.
127-mashq.  So'zlarni  o‘qing.  Undosh harflarning  yozilish  o‘rinlariga 
diqqat  qiling.
Javob,  xitob, kitob, borib,  tub, piyoz, piyola,  daryo, obod,  ozod, yod, 
fojia,  fotoalbom, futbol, gazeta,  geografiya, gilos,  hayot,  xohlamoq, shoh, 
xona,  taxta,  baxt,  dorixona, jigar.  koreys, jirafa, jurnal,  kariyes,  ko'klam. 
lafz,  laylak,  mablag1  m a’no, jumboq,  namuna,  nomzod,  qabul,  qishloq, 
qog'oz,  ruxsat,  rubob,  arra,  salomat,  sa’va,  sergak,  tavoze,  tahsil,  tarozi, 
vazir.  veksel, yomg'ir. yetmish, yarim,  zamin,  izzat, shisha,  shukur, sham, 
chin,  chumchuq, chuqur.
128-mashq.  Uyga vazifa.  Gaplarni o'qing.  Undosh harflarning yozilish 
oTinlariga  e’tibor  qiling.
Chin do'stlikka hasad begonadir.  (F.  Laroshfuko)  Farovonlik istasang, 
baxtli bo’lganingda ham do’st-yor orttir — dengiz to ’lib-toslisa ham daryo 
suviga muhtojdir.  (Hind hikmati)  Dono bo’imoq uchun biiimsizdan  ham 
oTganmoq berak.  (Kaykovus) Kuchni ishga solish badanni, shu bitan birga,
84

ruhni  harn  chiniqtiradi.  (A.N.  Radishchev)  Agar  qiziqsang,  quloq  bilan 
butun jahonni  tinglash  mumkin.  Beparvo  boisang,  o‘z  uyingda  o ig an  
sirdan  ham voqif boiolm aysan.  (Oybek)  Yolg‘on  o'rm onga  o'xshaydi: 
o'rmonga qanchaiik kirib boraversang,  undan chiqib olish ham  shunchalik 
qiyinlashaveradi.  (A.P.  Chexov)
Kamtar b o i,  barchani etgil bahramand,
Sening ham  martabang b o ig ‘usi  baland.
Umg‘ aralashib aw al tuproqqa,
So'ngra bo‘y cho‘zadi osmon-falakka.
(A.  Jomiy)
S'avol va  topshiriqlar
].  Imlo qoidaJari deb »imaga aytiladi?
2.  Unlilar imlosi  deganda  nimani  tushunasiz?
3.  Undoshlaming imlosidagi xarakterli o ‘rinlar haqida so‘zlang.
20-DARS.  ASOS  VA  Q O ‘SHIM CHALAR  IM L O SI
Darsning maqsadi:
a)  iimiy maqsad:  o'quvchilarning ongida asos va qo'shimchaiar imJosi 
yuzasidan bilim va malakalar hosil  qilish;
b)  o'quvchilami sadoqat va vafodorlik ruhida tarbiyalash.
/  
Topshiriq.  Qaymoq,  burun,  o ‘rin so’zlariga egalik qo'shimchaladni 
qo‘shing.  0 ‘zakda sodir boiayotgan o‘zgarish haqida so‘zlab bering.
1.
 
a
 
unlisi  bilan  iugagan  feilarga  -v,  -q,  -qi
 
qo‘shimchalari  qo‘shil- 
ganda  a
 
unlisi  o
 
aytiladi  va  shunday yoziladi:  sayla  —  saylov,  qayna  — 
qaynoq,  savra —  sayroqi.
Shimingdek,  o ‘qi — o ‘qin’chi,  sovi
 — 
sovuq,  to ‘qi — to ‘quvchi
 
so'zlarida
i  unlisi  u
 
ga  avlanishi  mumkin.
2.  K k
 
harft bilan  tugagan  so'zlarga egalik qo‘shimchasi 
qo'shilsa,  ular g
 
va g ‘
 
ga aylanadi:  yurak — yuragi,  bilak
 
— 
bilagim,  tilak  —  tilagim;  buhq  —  bulog ‘im,  quloq
  — 
qulog'ing,  qishloq  —  qishlog'i
 
kabi.  Erki,  ishtiroki,  huquqi, 
ravnaqi
 
singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi.
3.  Singil, o'rin.  k o ‘ngiI,  og'il,  shahar
 
kabi  sozlarga egalik qo‘shimchasi, 
qayir,  ayir
 
so‘zlariga  nisbat  yasovchi qo'shim cha,  ikki,  olti, yetti
 
so‘zlariga 
jamlovchi son  hosil qiluvchi qo'shim cha qo'shilsa,  asosda tovush tushishi 
hodisasi ro‘v beradi.
4. 
V, 
shu,  o ‘sha
 
kabi olmoshlarga  -da,  -dan,  -day,  -dagi,  -dosh,  -cha 
qo'shimchalari qo‘shilsa, bitta  n
 
orttiriladi, aksincha,  men, sen
 
olmoshlariga 
-ni
 
va  -ning^qo'shimchalari  qo'shilsa,  bitta  n
 
tushirib qoldiriladi:  bunda, 
shundan,  o ‘shancha,  meni,  sening
 
kabi.
85

5.  Parvo,  obro',  mavqeso'zlariga egalik qo'shimchalari (1  va  II shaxsda) 
qo'shilsa, bitta  tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyi,  obro ‘yirn, 
mavqeyim kabi.
6.  -hoz,  -bon  qo‘shimchalar¡  -vos,  -von  kabi  aytilsa-da,  doim o  asi 
shakli  bo'yicha  yoziladi:  dorvoz; bog'bon  kabi.
7.  -¿//rnisbat yasovchi  qo'shimchasi jarangli  undosh biian  tugagan bir 
bo'g'inli so‘zlarga qo'shiladi: yondir,  bordir,  quvdir kabi  (kel so‘zi blindan 
mustasno), qolgan o'rinlarda  -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi:  ektir, 
quyultir,  kestir kabi.
8.  -ga,  -gacha,  -gach,  -guncha,  -gani,  -gudek,  -gan,  -gin,  -gina 
qo'shimchalari  uch  xil  aytiladi  va  yoziladi  ertaga,  ertagacha,  borgach, 
borguncha,  borgudek,  borgan; eshikka,  eshikkacha,  chiqqach,  chiqquncha, 
chiqqani kabi.
Eslatma: bargga, pedagogga,  bug‘ga,  sog‘ga,  og‘gan, sigguncha so‘zlari 
bunga kirmaydi.
129-mashq.
  S o ‘zIarni  o‘qing. Asosda qo‘sh¡mcha qo‘shiIishi natijasida 
sodir  boiayotgan  o ‘zgarishIarni  belgilang.
Angla,  sanoqsiz,  yashovchan, pasaymoq, susaymoq, yigioqi,  dumaloq, 
qaynoq, sayroqi,  so'roqsiz,  o‘rna, qulog‘i, bo'yog'i,  tomog'i, tilagi, yuragi, 
shahrimiz,  ko'ngli,  singlisi,  mening,  undan,  bunday,  ekkani,  eshikka. 
bog'ga,  boqquncha, ekkuncha, chohga.
130-mashq.
  Uyga  vazifa.  Gaplarni  o ‘qing.  So‘zlarning  asos  qismida 
bo‘layotgan  tovush  o ‘zgarishlarini  belgilang.
Birovning  narsasini  so‘roqsiz  ravishda  olish  kechirilm as  gunoh 
sanaladi.  Fevral oyiga kelib sovuqning shashti  biroz pasaydi.  Xalqimizning 
tilagi  bitta  —  tinchlik.  Shahrimiz  qiyofasi  mustaqillik  yillarida  keskin 
o'zgarib  ketdi.  0 ‘zbekiston  —  Vatanim  mening.  Bunday  ozod  va  obod 
mamlakatni  bobolarimiz  orzu  qilishgan,  xolos.  O'zbekistonning  xalqaro 
obro‘yi kundan  kunga oshib bormoqda.  Dam olish  kuni bog‘ga ko'ehat ek­
kani bordik.  Sportchilarimizning olimpiada o'yinlaridagi  ishtiroki  hamma- 
mizni  quvontirdi.  Xalqimizning  erki  o‘z qoiida.
Savol  va  topshiriqlar
1.  Egalik  qo'shim chalari  qo'shilganda  qanday  so 'zlard a  tovush 
0
‘zgarishIari  ro‘y beradi?
2.  Kelishik  q o ‘shim chalarining  qo'shilishi  natijasida  asosda  ro ‘y 
beradigan  o‘zgarislilar haqida so'zlab  bering.
3.  Ikki,  olti,  yetti so'zlariga jamlovchi  son  yasovchi  qo'shinichalarni 
qo'shing.  Tovush  o'zgarishlariga diqqat qiling.
86

21-D/ÍRS.  Q O 'S H IB   YOZISH  VA AJRATIB  YOZ1SH
Darsning maqsadi:
a)  ilmiy maqsad:  o'quvchilaming ongida so'zlaming qo‘shib va ajratib 
yozilishi  yuzasidan  bilim va  malakalar  hosil  qilish;
b)  o'quvchilarni milliy qadriyatlarimizga hurmat  ruhida tarbiyalash.
^
 
1-iopshiriq. Adolatparvar,  oiboqar,  kamchiqim, Shimoliy Amerika 
so‘zIarining yozilishini  izohlang.
2-topshiriq.  Har,  hech,  bir,  alia  so'zlari  ishtirokida  qo‘shma 
so'zlar  hosil  qüing va  ularning yozilishini  izohlang.
1.  Xona,  noma, poya,  bop,  ham,  baxsh,  kam,  umum,  rang,  mijoz,  sifat, 
talab  kabi  so'zlar  yordamida  yasalgan  qo'shm a  so'zlar  qo'shib  yoziladi: 
oshxona,  tabriknoma,  bedapoya,  hammabop,  xushbichim,  hamshahar, 
qo'ymijoz,  maymunsifat,  kamhosil,  umumdavlat,  bug‘doyrang va  h.k.
2.  -r,  -ar,  -mas qo'shimchasi bilan  yasalgan  qo'shm a so'zlar qo'shib 
yoziladi:  o ‘rinbosar,  buzoqboqar,  ertapíshar,  ishyoqmas kabi.
3.  Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash  orqali  hosil  qilingan  qo'shma 
otlar  va  sifatlar  qo'shib  yoziladi:  toshbaqa,  oybolta.  q o ‘y k o ‘z,  sherdil, 
otquloq  singari.
4.  Narsaning rangi, mazasi,  nima uchun mo'ljallanganligi  kabi  m a’no- 
lam i  bildiruvchi  qo'shm a  so'zlar  qo'shib  yoziladi:  k o ‘ksulton,  oqbosh, 
achchiqtosh,  ko ‘zoynak,  suvilon  kabi.
5.  Ikkinchi qismi  turdosh ot yoki obod so'zi bilan yasalgan joy nomlari 
qo'shib  yoziladi:  Oqtepa,  Ucbqo'rg'on,  Davlatobod,  Xojaobod kabi,  lekin 
Markaziy  Osiyo,  Ko‘hna  Urganch,  G'arhiy  Yevropa kabi joy  nomlari ajratib 
yoziladi.
6.  Ruscha,  baynahnilal yoki tarjima qilingan  qo'shm a so'zlar qo'shib 
yoziladi:  telestudiya, fotoapparat,  radioto ‘Iqin,  etektrarra  kabi.
7.  Qisqartma so'zlar har doim  qo'shib yoziladi:  O 'zM U , ToshDPU.
AJRATIB  YOZISH
1.  Q o'shm a  f e i,  shuningdek,  ko'm akchi  fe’lli  qo'shilm alar  doimo 
ajratib yoziladi:  kirib chiqdi,  olib keldi,  oshkoretdi,  aytib qo'ya qoldi,  o ‘qib 
chiqdi  kabi.
2.  Fiar,  kech,  bir.  u.  shu,  o ‘sha,  hamma kabi so'zlar o'zi birikib kelgan 
so'zdan ajratib yoziladi:  harkim.  hech narsa,  bir zum.  buyerda, o'shajoyda, 
hamma vaqt kabi.
3.  Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zdan  ajratib yoziladi:  Vatan uchun, 
siz  bilan,  shahar  toman.
Eslatma: bilan  va  uchun ko'makchilarining qisqargan  la va chun shakli 
chiziqcha bilan yoziladi:  onam-la,  sen-chun  singari.
87

4.  Sifatning orttirma darajasini yasovchi 
to‘q,  och,  tim,  tang,jiqqa 
kabi 
so'zlar  ajratib  yoziladi: 
tim  qora,  och  ko'k,  to ‘q sariq 
kabi.
5.  Q o‘shm a  sonlar  ajratib  yoziladi: 
o ‘n  to ‘qqiz,  bir yuz yigirma  besh, 
ikki ming birinchi 
va  hokazo.
6. 
Yildan yilga,  kundan  kunga 
kabi  ko‘iinishdagi  birliklar ham   ajratib 
yoziladi.
7. 
Nuqtayi  nazar,  tarjimayi  hoi,  dardi  bedavo 
kabi  izofali  birikm alar 
ham  ajratib yoziladi.
131-mashq.  So‘zlarni qo‘shib yoki ajratib yozish qoidalari asosida ikki 
guruhga boiib  ko‘chirib yozing.
K o‘z//oynak, sotib//olmoq, alJa//qachon,  shu//yerga, baland//parvoz, 
xom //sem iz, tinchlik//sevar,  um um //davlat, shaharlar//aro,  sh irin //so ‘z, 
jigar//rang,  besh//kokil,  otash//qalb, g'ayrat//qiImoq,  bilag//uzuk, Y akka// 
saroy,  O iti//a riq ,  Q u m /./q o 'rg 'o n ,  S o t//v o id i,  k in o //y u )d u z,  r a d io // 
markaz,  tele//tan!ov.
132-mashq.  Gaplarni  o‘qing.  So‘zlarning  qo‘shib  yoki  ajratib  yozi- 
layotganiga  diqqat  qiling.
G uzar olato'polon  b o lad i.  G uzar  olatasir b o ia d i.  El  oqkaltak-qora- 
kaltak b o iad i.  Farg‘onani  oqpodsho  bosadi.  Oqpodsho  shahar  oralaydi. 
(T.  Murod) 
Ikki kun  burun Qumariqqa  ketgan edi. 
(A.  Cho'lpon) 
Poytaxt 
atrofidagi  ko‘plab  so iim   maiizillarga  boradigan  avtobuslar  shu  yerdan 
jo'naydi:  Parkent,  So‘qoq,  K um ushkon,  Oqtosh,  Chim yon,  G ‘azalkent, 
Sijjak. 
(E.  A ’zamov) 
M ahallam izda  ikkita  masjid,  bitta  choy'xona,  ikkita 
b aqqollik  bor.  M asjidning  b ittasi  —  T ik an lim o zo rd a,  ikkinchisi  — 
Yetimmasjid Q o‘rg‘ontagida. 
(G ‘.  G'ulom) 
Oybuloq —  yurt.  Yurtni  tashlab 
ketib  b o im ay d i. 
(Sh.  Bo'tayev) 
M illatiararo  m u n o sab atlar  m asalasi 
murakkab  va  hal  qilinishi  dolzarb  m uam m olardan  biridir. 
(E.  Vohidov)
133-mashq.  Uyga  vazifa.  Matnni  o ‘qiog. 
Download 383.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling