deb ataladi, keskichning harakati esa sekinroq bo‘ladi va u
surish
harakati deyiladi. Asosiy harakat kesish harakati deb,
asosiy harakat
tezligi esa kesish tezligi deb ataladi.
Randalash
jarayoni, asosan, ko‘ndalang randalash va bo‘ylama
randalash dastgohlarida tegishli keskichlar bilan amalga oshiriladi.
Randalash keskichlari odatda egik bo‘ladi. K o‘ndalang randalash
dastgohlarida asosiy harakatni keskich, surish
harakatini esa tanavor
bajaradi, bo‘ylama randalash dastgohlarida tanavor asosiy harakatni
bajarsa, keskich surish harakatini bajaradi (1 1.1-rasm, e).
11.1-rasm. Dastgohlarda kesib ishlashning asosiy turlari: a - y o ‘nish;
b - parmalash; d-frezalash; e - randalash; f-jilvirlash.
0 ‘yish jarayoni, asosan, o‘yish dastgohlarida maxsus keskichlar
bilan bajariladi. Bunda o ‘yish jarayoni uchun keskich asosiy (ilgari-
lanma qaytarma) harakatni, tanavor esa surisfa harakatini bajaradi.
Parmalash jarayoni parmalash dastgohlarida turli tuzilishdagi
parmalar bilan bajariladi. Bu jarayonda asosiy harakat ham, surish
harakati ham parmaga beriladi (1 1.1-rasm, b).
Asosiy harakat parmaning aylanishidan, surish harakati esa uning
o ‘z o ‘qi yo‘nalishida ilgarilanma harakatidan iborat bo‘ladi.
Frezerlash jarayoni frezalash dastgohlarining turli tuzilishlarida
ko‘p tilli asbob - freza bilan bajariladi. Bunda frezaning aylanma
harakati (asosiy harakat) bilan tanavoming
ilgarilanma harakati
(surish harakati) qo‘shilishi natijasida qirindi yo‘niladi (1 1.1-rasm, d).
178
Jilvirlash jarayoni maxsus tuzilishdagi dastgohlarda jilvirlash
toshi
bilan
bajariladi.
Silindrik
yuzalar
doiraviy jilvirlash
dastgohlarida, yassi yuzalar esa tekis jilvirlash dastgohlarida
jilvirlanadi. Silindrik yuzalami jilvirlashda (11.1-rasm, f)
tanavorga
aylanma harakat berish bilan birga, ilgarilanma-qaytar harakat
(bo‘ylama-surish harakati) ham beriladi. Jilvirlash toshi ham aylanma
harakat (asosiy harakat) qiladi, ham ko‘ndalang yo‘nalishda
harakatlanadi, tanavoming har qaytishida kesish
chuqurligi biror t ga
qadar surilib turadi (ko‘ndalang surish harakati). Yassi yuzalami
jilvirlashda asosiy (aylanma) harakat ham, vertikal yo‘nalishda uzlukli
(kesish chuqurligi biror t ga qadar) surish harakati ham jilvirlash
toshiga, bo'ylama surish harakati (ilgarilanma - qaytar harakat) va
ko‘ndalang yo‘nalishda uzlukli surish harakati tanavorga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: